|
Referat materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi fanidan tayyorlagan
|
bet | 1/4 | Sana | 22.11.2023 | Hajmi | 217 Kb. | | #102993 | Turi | Referat |
Bog'liq pulatlarga-termik-ishlov-berish С.Кунишов
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat Texnika Universiteti Qo’qon filiali
11-21 “TMJ” sirtqi guruh
Talabasi Kunishov Samadjonning
REFERAT
Materialshunoslik va konstruksion materiallar texnologiyasi fanidan tayyorlagan
Mavzu: Po‘latlarga termik ishlov berish
turlari
Po‘latlarga termik ishlov berish
turlari
Reja:
1. Umumiy ma’lumotlar;
2. Po‘latlarni yumshatish, turlari, texnologiyasi;
3. Po‘latlarni normallash;
4. Po‘latlarni toblash, turlari, texnologiyasi;
5. Toblangan po‘latni bo‘shatish.
1. Umumiy ma’lumotlar
Po‘latlarga termik ishlov berish texnologiyasi termik ishlash nazariyasiga asoslangan. Mashinasozlik po‘latlarining ko‘pchilik qismi termik ishlanadi. Termik ishlash natijasida mustaxkamlikning ortishi mashina va mexanizmlarning ishlashini yaxshilash, metallardan unumli foydalanish va tejashning mu im usulidir. Mashina va uskunalarni tayyorlash jarayonida ularning detallariga bir necha marta termik ishlov berish mumkin, lekin ar bir termik ishlov berish texnologiyasi ma’lum maqsadlarni kuzlab tanlanadi. Materiallarning turlari ko‘p bo‘lib, amalda mashina konstruksiyalariga kuyilayotgan talablar am turlichadir. Demak, termik ishlov berish texnologiyasining turlari am ko‘pdir. Ishlab chiqarishning unumdorligini oshirish uchunam termik ishlov berish turlarini tobora kengaytirish kerak bo‘ladi.
Po‘latni termik ishlash turlari jumlasiga yumshatish, normallash, toblash va bo‘shatish kiradi.
2. Po‘latlarni yumshatish
Po‘latni ma’lum aroratgacha qizdirib, shu xaroratda zarur vaqt tutib to‘rgandan keyin pech bilan birgalikda asta-sekin sovitish jarayoni yumshatish deb ataladi.
Yumshatishdan maqsad - po‘latdagi ichki kuchlanishlarni yukotish, uning strukturasini bir jinsli qilish va barqarorlashtirish, po‘latning donalarini maydalashtirish, qattiqligini pasaytirib, kesib ishlanuvchanligini yaxshilash va x.k.
Kuzda tutiladigan maqsadga kura yumshatish ikkiga: birinchi tur va
ikkinchi tur yumshatishga bo‘linadi.
Birinchi tur yumshatishda po‘lat fazalar o‘zgarishi aroratidan (As1 kritik nuqtadan) yuqori (gomogenlash) yoki past aroratgacha (rekristallanish) qizdiriladi. Birinchi tur yumshatishdan ko‘zda tutiladigan maqsad - sovuqlayin bosim bilan ishlangan po‘latda osil bo‘lgan ichki kuchlanishlarni yo‘qotish, po‘latning qattiqligini pasaytirib, plastikligini va qovushoqligini oshirish, ya’ni po‘latni bosim bilan ishlanishdan oldingi olatga kaytarishdan iborat.
Gomogenlash jarayoni katta xajmli quyma mashina vositalaridagi dendrit yoki kristallar orasidagi kimyoviy notekisliklar (likvatsiya) ni yukotish uchun qo‘llaniladi. Buning uchun zagotovkalar pechlarga joylashtirilib, arorat 1100...12000S gacha kutariladi va shu arorat 8...20 soat davomida ushlab turiladi. So‘ngra zagotovkalar pech bilan birgalikda sekin sovitiladi. Bunday termik ishlovga ammasi bo‘lib, 50...100 soat chamasi vaqt ketishi mumkin. Gomogenlash jarayonida donachalar usishi mumkin. Shuning uchun bunday termik ishlovdan keyin qo‘shimcha donachalarni maydalaydigan termik ishlov (ikkinchi tur yumshatish) berishi lozim bo‘ladi.
Birinchi tur yumshatish rekristallizatsion yumshatish deb am ataladi. Po‘latlarni rekristallizatsion yumshatish uchun ularni 650...700oS gacha qizdirish kerak, shu hxaroratda biroz (0,5...1,5 soat) ushlab turib, so‘ngra pech bilan birgalikda sovitiladi. Bunda ferritning qayta kristallanishi bilan bir qatorda sementit am biroz o‘sadi va uning plastikligi oshadi. Po‘lat quymalarda, payvandlashdan keyin, kesib ishlash yoki jilvirlashdan keyin osil bo‘ladigan ichki kuchlanishlarni yukotish yoki kamaytirish uchun material yumshatiladi. Bunday yumshatishning harorati
150...700oS gacha bo‘lishi mumkin. Masalan, jilvirlashdan (160...180oS), kesib ishlashdan (570-600oS) yoki payvandlashdan (650-700oS) keyin material qizdirilib, asta-sekin sovitilganda qoldik mexaniq yoki termik ichki kuchlanishlar kamayadi. Bunday yumshatishga 2-3 soat vaqt ketadi.
Ikkinchi tur yumshatishda po‘lat fazalar o‘zgarishi xaroratidan (As1 yoki As3 kritik nuqtadan) yuqori xaroratgacha qizdiriladi.
Ikkinchi tur yumshatishdan ko‘zda tutiladigan maqsad - po‘lat donalarini maydalashtirish, barqaror va ancha yumshoq struktura xosil qilish, po‘lat strukturasini bir jinsli qilish va boshqalardan iborat.
Ikkinchi tur yumshatishga tula yumshatish, chala yumshatish sferoidlovchi yumshatish, diffuzion yumshatish yoki izotermik yumshatish kiradi. Odatda evtektoiddan oldingi va evtektoid po‘latlarigina to‘la yumshatiladi. Tula yumshatishda evtektoidgacha bo‘lgan po‘latlarni As3dan, evtektoiddan keyingi po‘latlarni As1dan 30...50oS yukorida qizdirib, shu xaroratda bir oz ushlab turib, so‘ngra pech bilan birgalikda sovitiladi. Yuqori xaroratda ushlab turish vaqti faza o‘zgarishiga yetarli bo‘lsa bas, natijada mayda donali austenitni sovitish isobiga perlit donachalari am mayda bo‘ladi.
Qizdirish tezligi materialning tarkibiga va mashina vositalarining shakliga, amda pech turiga bo liq bo‘ladi. Sovitish tezligi asosan material tarkibiga bo liq bo‘lib, po‘latlar uchun 200...250oS/ soat ni tashqil qiladi. Po‘lat tula yumshatilganda uning strukturasi mayda donali bo‘ladi, po‘latdagi ichki kuchlanishlar yuqoladi, po‘lat yumshok bo‘lib qoladi. To‘la yumshatish usulidan qizdirib turib bosim bilan ishlangan po‘latlarni va ba’zan, po‘lat quymalarni qayta kristallash uchun foydalaniladi. To‘la yumshatish natijasida ferrit bilan perlit bir tekis taksimlanadi. Ba’zi xollarda quyma, pokovka buyumlardagi ichki kuchlanishlarni yukotish va mexaniqaviy ishlashdan avval strukturasini yaxshilash uchun chala yumshatish maqsadga muvofik bo‘ladi. Buning uchun evtektoidgacha bo‘lgan po‘latlar As1kritik nuqta bilan As3 nuqta oralig‘idagi xaroratgacha evtektoiddan keyingi po‘latlar esa As1 kritik nuqta bilan Asmkritik nuqta oralig‘idagi xaroratgacha qizdirilib, shu hxaroratda ma’lum vaqt tutib turilgach, asta-sekin sovitiladi. Bu ishlovda faqat perlit strukturasi qayta kristallanadi, qolgan strukturalar (ferrit va sementit) o‘zgarmaydi, shu sababli bu usul chala yumshatish deyiladi. Sferoidlovchi yumshatish (donador perlit xosil qilish) evtektoiddan keyingi po‘latlarni va legirlangan po‘latlarni yaxshi kesib ishlanuvchan qilish maqsadida uning strukturasidagi sementit plastinkalarini sharsimon mayda zarrachalarga aylantirish maqsadida o‘tkaziladi.
Sferoidlovchi yumshatish usuli evtektoid, evtektoiddan keyingi, legirlangan, masalan, xromli po‘latlarga tadbik qilinadi. Bu xil yumshatishning sferoidlovchi yumshatish deb atalishiga sabab shuki, po‘latni yumshatish jarayonida plastinkasimon perlit (sementit) sferoid shakliga kiradi. Sferoidlovchi yumshatish uchun po‘latlar As1 kritik nuqtadan sal (20...30oS) yuqori aroratgacha qizdiriladi, shu xaroratda 3...5 soat tutib turilgandan keyin 650...600oS gacha sekin (soatiga 30...50oS tezlik bilan) sovitiladi, so‘ngra avoda sovitilsa am bo‘ladi.
Austenitda erigan ko‘pgina karbidlar va boshqa qo‘shimchalar po‘latni
sovitishda qo‘shimcha kristallanish markazlari osil qilib, donador struktura olishga kumaklashadi. Po‘lat kanchalik sekin sovitilsa, shunchalik yirik sementit donalari osil bo‘ladi. Plastinkasimon perlitni donador perlitga tula o‘tkazish maqsadida buyumni bir necha marta takror (siklik) yumshatish tavsiya etiladi, chunki, ar bir avvalgi sikldagi yumshatishda osil bo‘lgan sementit zarrachalari kristallanishda qo‘shimcha markazlar xosil qiladi.
Qotishmalar (ayniksa, legirlangan po‘latlar) kimeviy tarkibining
notekisligini (likvatsiyani) yukotish maqsadida diffuzion yumshatiladi. Buning uchun po‘lat buyum As3 kritik nuqtadan180...300oS yuqori xaroratgacha qizdirilib, shu xaroratda 10...15 soat tutib turilgach, sekin sovitiladi.
Izotermik yumshatishda evtektoiddan oldingi po‘lat As3 nuqtadan, evtektoiddan keyingi po‘lat esa As1 nuqtadan 20-30oS yuqori xaroratgacha qizdirilib, shu xaroratda perlit batamom austenitga aylanguncha tutib turiladi, so‘ngra Ar1 nuqtadan 50-100oS past xaroratgacha tez sovitilib, austenit sementit bilan ferritga batamom parchalanguncha tutib turiladi. Izotermik yumshatishning odatdagi yumshatishdan farqi shuki, bunda vaqt kam ketadi, gomogenlik darajasi ancha yuqori struktura osil bo‘ladi. Tarkibida ko‘p miqdor xrom, nikel va boshqa elementlar bo‘lgan po‘latlarda austenit ancha barqaror bo‘ladi, bunday po‘latlardagi austenitni ferrit bilan sementit aralashmasiga aylantirib, po‘latning kesib ishlanuvchanligini yaxshilashning birdan-bir usuli izotermik yumshatishdir.
|
| |