3. Po‘latlarni normallash.
Evtektoiddan oldingi po‘latlarni As3 nuqtadan va evtektoiddan keyingi po‘latlarni Asm nuqtadan 30-50oS yuqori xaroratgacha qizdirib, shu xaroratda po‘lat strukturasi to‘liq austenitdan iborat bulguncha tutib turilgandan keyin xavoda sovitish jarayoni normallash deb ataladi.
Normallashdan maqsad evtektoiddan oldingi po‘latlarda mayda donali
Struktura xosil qilish, evtektoiddan keyingi po‘latlarda esa ichki
kuchlanishlarni, naklepni va ikkilamchi sementit turini yukotishdan iborat. Po‘latni uzil-kesil termik ishlashdan, sovuqlayin shtamplashdan yoki kesib ishlashdan oldin unda gomogen (bir jinsli) struktura xosil qilish uchun u normallanadi.
Normallash tula yumshatishdan sovish tezligi bilan farq qiladi, ya’ni normallashda avoda sovitiladi. avoda sovish tezligi pech bilan birgalikda sovitishga qaraganda qattaroq bo‘lganligi uchun perlitga parchalanish jarayoni pastrok xaroratda boradi. Natijada tula yumshatishdagiga qaraganda maydarok struktura (sorbit yoki troostit) xosil bo‘ladi. Shuning uchun qattiqlik va mustaxkamlik yumshatishdagiga nisbatan 15...20 % ga yuqoriroq bo‘ladi. Ba’zi vaqtda (po‘lat tarkibiga karab) normallash faqatgina yumshatish vazifasini bajarmasdan toblash va eskirtirish vazifalarini am bajarishi mumkin.
Kam uglerodli po‘latlar uchun ko‘p xollarda yumshatish o‘rniga normallash o‘tkaziladi. Faqat iqtisodiy nuqtai nazardan emas, balki taxnologik jarayonlarni yengillatish maqsadida am shunday qilinadi. Chunki, po‘lat qattiqligining biroz oshishi kesib ishlashni yengillashtiradi va yuzaning sifati oshadi. Masalan, o‘rta uglerodli legirlangan po‘latlar uchun normallash toblash o‘rniga utsa, unda normallash bilan birgalikda bo‘shatish qo‘shib olib borilib, to‘la yumshatish vazifasini bajaradi.
4. Po‘latlarni toblash.
Konstruksion po‘latlardan tayyorlangan buyumlarning puxtaligini,
asbobsozlik po‘latidan qilingan buyumlarning qattiqligi va keskirligini, shuningdek po‘latlarni yeyilishga va korroziyaga chidamliligini oshirish maqsadida ular toblanadi. Toblashning boshqa sof termik ishlashdan asosiy farqi uni katta tezlik bilan sovitishdadir.
Toblash uchun aroratni bir xillashtirish uchun vaqt ko‘p ketsa po‘latning
yuza qismidagi austenit donachasi usib ketishi mumkin. Amalda qizdirish vaqti va kerakli xaroratni ushlab terish vaqti materialning shakli, uning pechda taxlanish usuli, pechning turi va shunga o‘xshash sharoitlarga bog‘liq bo‘ladi. Zagotovkalarni yuqori aroratli pechlarda qizdirishda metall oksidlanishi mumkin, natijada yuza uglerodga kambagallashadi (uglerod qo‘yadi). Mashinasozlik amaliyotida shunday pechlar am borki, unda xosil bo‘layotgan kimyoviy muxit tekshirib turiladi, ya’ni oksidlanish - qaytarilish reaksiyalari maxsus qurilma orqali boshqarib turiladi.
Uglerodli po‘latlarni toblash uchun qizdirish arorati Fe-Fe3C xolat diagrammasiga muvofik belgilanadi. Evtektoidgacha bo‘lgan po‘latlar ferritning to‘la austenitga parchalanishi uchun As3dan 30-50oS yuqori xaroratgacha, evtektoid va undan keyingi po‘latlar esa As1dan 30-50oS yuqori xaroratgacha qizdirilib, shu xaroratda ma’lum vaqt tutib turilgandan keyin tez sovitiladi.
Po‘latni talab etilgan tezlik bilan sovitishning ahamiyati g‘oyat katta. Austenitning martensitga aylanishi uchun po‘latni tez sovitish kerak, shunday qilinganda austenit parchalanishga ulgurmaydi. Uglerodli po‘latlar uchun sovituvchi muxit sifatida, ko‘pincha, sovuq suvdan, , legirlangan po‘latlar uchun mineral moylar va boshqa eritmalardan foydalaniladi.
Austenitning izotermik parchalanish diagrammasidan ma’lumki, toblash uchun kerak bo‘lgan eng kam sovitish tezligi egri chiziqka o‘rinma o‘tishi kerak. Lekin sovitishni mumkin qadar, ayniksa martensitga parchalanish chegarasida, sekinlatish kerak, chunki ichki termik kuchlanishlarni kamaytirish lozim.
Demak, sovitish muxitlarini tanlash orqali sovitish tezligi boshqariladi. Amalda ko‘p ishlatiladigan sovitish mu itlari to‘risida ma’lumot quyidagi jadvalda keltirilgan. Toblash natijasida erishiladigan eng katta qattiqlik po‘latningtoblanuvchanligi deyiladi, u asosan uglerod miqdoriga bog‘liq. Yuzadan boshlab 50 % martensit va 50% troostitdan iborat qatlamgacha bo‘lgan masofa toblash chukurligi deyiladi. Toblash chukurligi austenitning barqarorligiga bog‘liq. Shuning uchun legirlangan po‘latlarning toblash chukurligi ancha katta bo‘ladi.
Po‘lat to‘ri toblanmasa, unda xar xil nuqsonlar xosil bo‘lishi mumkin: Bu nuqsonlar jumlasiga, masalan, toblangan detal qattiqligining yetarli darajada bo‘lmasligi, mo‘rt bo‘lib kolishi, detal sirtining uglerodsizlanishi va oksidlanishi, detalning tob tashlashi, darz ketishi va boshqalar kiradi.
Toblash muxitlarining sovitish jadalligi
Toblash muxitlari va ularning boshlang‘ich xaroratlari
|
Bug‘ning yuzaga chikishi xarorati
(kaynash)
|
Sovitishning
nisbiy jadalligi
|
Suv,200S
|
400...100
|
1.0
|
Suv,400S
|
350...100
|
0.7
|
Suv,800S
|
280...100
|
0.2
|
NaCI ning suvdagi 10% li eritmasi, 200S
|
650...100
|
3.0
|
NaON ning suvdagi 10% li erit-masi, 200S
|
650...100
|
2.0
|
NaON ning suvdagi 50% li eritma-si, 200S
|
650...100
|
2.0
|
Mineral moylar, 20...2000S
|
500-250
|
0.3
|
|