5. Toblangan po‘latni bo‘shatish.
Toblangan po‘latni As1kritik nuqtadan past xaroratgacha qizdirib, shu xaroratda ma’lum vaqt tutib to‘rgandan keyin sekin yoki tez sovitish jarayoni bo‘shatish deb ataladi. Toblangan po‘latni bo‘shatish termik ishlashning oxirgi turi bo‘lib, bunda beqaror struktura barqaror xolatga keladi, ichki kuchlanishlar kamayadi, po‘latning qovushoqligi ortadi.
Po‘lat past, o‘rtacha va yuqori xaroratlarda bo‘shatilishi mumkin.
Past xaroratda bo‘shatish uchun toblangan po‘lat 180...250oS gacha qizdirilib, shu xaroratda biroz ushlab turiladi, so‘ngra sovitiladi. Xosil bo‘lgan struktura bo‘shatilgan martensit bo‘ladi, shuning uchun toblashda erishilgan qattiqlik deyarli o‘zgarmaydi, musta kamlik va qovushoqlik yetarli darajada ortadi. Aksariyat xollarda kam legirlangan, amda uglerodli po‘latlar shunday bo‘shatiladi.
O‘rtacha xaroratda bo‘shatish uchun toblangan po‘lat 350...500oS gacha qizdiriladi, so‘ngra ochiq avoda sovitiladi. Prujinalarning chidamliligini oshirish uchun 400...450oS gacha qizdirilib, shu
xaroratda biroz ushlab turilgandan keyin suvda sovitiladi. O‘rtacha xaroratda bo‘shatilgan po‘lat strukturasi troostit bo‘ladi. Bu xil bo‘shatish aksariyat xolda prujinalar, ressorlar, shtamplarga beriladi.
Yuqori xaroratda bo‘shatish 550...680o S da olib boriladi, buxaroratda 1...3 soat ushlab turiladi, so‘ngra avoda sovitiladi. Bunday bo‘shatish o‘rta uglerodli (legirlangan) po‘latlarga qo‘llaniladi. Yuqori xaroratda bo‘shatilgan po‘lat strukturasi sorbit bo‘ladi. To‘la toblab, yuqori xaroratda bo‘shatish jarayoni yaxshilash (uluchshenie) deb ataladi.
A d a b i yo t l a r
1. Ilxom Nosir. Materialshunoslik. Toshkent., “O‘zbekiston ”,
2002.
2. Mirboboev V.A. Konstruksion materiallar texnologiyasi.
Toshkent. “O‘qituvchi” , 1991.
3. Gulyaev A.P. Metallovedenie. M., “Metallurgiya”, 1991.
4. Turaxonov A.S. Metallar texnologiyasi. Toshkent, “O‘qituvchi”,
1979.
5. Dris M.Ye., Moskalev M.A. Texnologiya konstruksionnыx
materialov i materialovedenie. M., “Vыsshaya shkola”, 1990.
6. Kondratev Ye.T. Texnologiya konstruksionnыx materialov i
materialovedenie. M., “Kolos”, 1983.
7. Nosirov I. Materialshunoslik. Toshkent, “O‘qituvchi”, 1994.
8. Kalandarov R. Konstruksion materiallar texnologiyasi.
Toshkent, “O‘qituvchi”, 1989.
Internet saytlari.
http: // www.rusmet.ru
http: // www.inforg.ru
http: // www.rest.org..by.
|