Mavzu: tikuv kiyim detallarini yelimlab biriktirish




Download 87.83 Kb.
Sana08.11.2023
Hajmi87.83 Kb.
#95819
Bog'liq
aziza
1-Ma\'ruza, 7-mavzu, 3, 3, Asosnoma-SA’DULLAYEV BOTIR QAHRAMON O‘G‘LI, tarix-seminar-test-javoblari, 4-topshiriq-4, fiziologiya(1), Elektr va magnetizm (YaDAK u-n test), 1- Darsga havola, 1 (2), 11 (22), 309928d4b100a5d75adff48a9bfc1ddb, 1-mavzu, 9

Mavzu: TIKUV KIYIM DETALLARINI YELIMLAB BIRIKTIRISH
Kiyim tikish texnologik jarayonida namlab-isitib ishlash anchagina o‘rin egalaydi. U tikuvchilik buyumlarining sifatiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Bunday ishlash yordamida kiyimga ma’lum shakl beriladi va uning ko‘rinishi yaxshilanadi. Namlab-isitib ishlov berish yordamida tikuvchilik buyumlarini ma’lum shaklga kiritish va bezash kiyim tikishga ketadigan vaqtning anchagina qismini oladi. Masalan, ust kiyim tikishga ketadigan umumiy vaqtning 20—25 foizi namlab-isitib ishlash operatsiyalariga sarflanadi. Buyumlarning sifati va tashqi ko‘rinishi ko‘p jihatdan tikish jarayonidagi hamda uzil-kesil pardozlashdagi namlab-isitib ishlashga bog‘liq. Namlabisitib ishlov berishdan asosiy maqsad, buyum detallariga hajmiy-fazoviy shakl berish va har xil choklarni ishlash, uzil-kesil pardozlash, detallarni yelim bilan biriktirishdan iborat. Namlab-isitib ishlov berish jarayonida gazlamaga namlik, issiqlik va bosim bilan ta’sir qilinadi. Bu jarayon uch bosqichdan iborat: 1) tolalarni namlik va issiqlik bilan yumshatish; 2) bosim bilan ma’lum shakl berish; 3) issiqlik va bosim yordamida namlikni ketkazish va shaklini mustahkamlash. Ma’lumki, gazlamadagi iplar unda bo‘yiga va ko‘ndalangiga joylashgan, o‘zaro har xil chalishgan bo‘lib, gazlamaning turli qatlamlarida bo‘lishi mumkin. Gazlamaning tuzilishi shunday bo‘lganidan tolalar uning yuzida yoki ichkarisida bo‘lib, ularda chiyralish, cho‘zilish va qisilish kuchlanishlari bo‘ladi (bu kuchlanishlarga tolalarning chiyratilganligi va iplarning bir-biriga chalishganligi sabab bo‘ladi). Gazlama biror shaklga kiritilayotganda ipdagi tolalar o‘simliklardan yoki hayvonlardan olingan, sun’iy yoki sintetik ekanligini hisobga olish lozim. Namlab-isitib ishlashda gazlamadagi tolalarning molekular bog‘lanishlarini bo‘shashtirib yuboradigan sharoit sun’iy yo‘l bilan yaratiladi. Shunda yetarli darajada turg‘un deformatsiya bo‘lishiga erishish ehtimoli va imkoniyati keskin ortib ketadi. Ishlab chiqarishda bu maqsadga erishish uchun issiqlik va namlikdan foydalaniladi. Har qanday jism qizdirilsa, undagi molekulalarning kinetik energiyasi kuchayib, natijada molekular bog‘lanish bo‘shashadi. Tikuvchilikdagi amorf (shaklsiz) polimer tolalar uch xil fizikaviy holatda bo‘ladi. Bular shishasimon, yuqori elastik va yopishqoq cho‘ziluvchan holatlardir. Bu holatlarning har biriga muayyan fizik xossalar kompleksi mos keladi. Past haroratdagi (tikuvchilik materiallari uchun harorat odam badanining va atrofdagi havoning haroratidir) shishasimon holatda deformatsiya kam va yo‘qoladigan bo‘ladi. Yuqori haroratdagi yopishqoq-cho‘ziluvchan holatda deformatsiya katta, yo‘qolmaydigan bo‘ladi. Buning sababi polimerning yumshab oqishidir. Polimerlarga xos yuqori elastiklik holati, shishasimon va yopishqoq cho‘ziluvchan holatlar orasidagi birorta harorat oralig‘iga to‘g‘ri keladi. Qizdirilganda polimer shishasimon holatdan yuqori elastiklik holatiga o‘tayotganda deformatsiya asta-sekin orta borsa ham, lekin u baribir yo‘qoladi. Yuqori molekular polimer materiallar deformatsiyasining haroratga qanday bog‘liq ekani 3.12-rasmda ko‘rsatilgan. Yuqori elastiklik holatida (II va III orasida), harorat yopishqoq, cho‘ziluvchan holat paydo bo‘ladigan darajaga yetguncha, harorat ko‘tarilishi natijasida deformatsiya kam o‘zgaradi. Demak, namlab-isitib ishlov berish jarayonida materialni qizdirish Ts dan T1 gacha haroratlar oralig‘ida bo‘lishi kerak. T1 dan ortiq qizdirish esa mutlaqo foydasiz, chunki bunda deformatsiya ortmay turib, vaqt va energiya sarf bo‘ladi. Ikkinchi rasmda jun (I), ip (II) va zig‘ir tolali (III) gazlamalar

deformatsiyasining haroratga bog‘liqligi ko‘rsatilgan.


Namlab-isitib ishlash usullari va jihozlari Tikuvchilikda uch xil namlab-isitib ishlash bor: dazmollash, presslash va bug‘lash. Dazmollash. Dazmolning qizigan sathini gazlamaga biroz bosib, namlangan detal bo‘ylab surib, namlab-isitib ishlash dazmollash deb ataladi. Qizdirish usuliga qarab dazmollar bug‘, elektr va bug‘-elektr dazmollarga bo‘linadi. Bug‘ dazmollarining elektr dazmollaridan farqi shundaki, ular detalni dazmollash bilan birga, uni bug‘lab ham beradi. Bug‘ dazmollarida namlab-isitib ishlash dazmol matosiz bajariladi. Bug‘ dazmollarida ishlash uchun maxsus dazmol stollari mavjud (3.13-rasm). Unda nam deyarli ovozsiz so‘riladi, dazmollanayotgan gazlama yaxshi quriydi va yaxshi soviydi. Dazmol stolining yuzasi isitilib, unda nam so‘rilishi uchun vakuum hosil qilingan bo‘ladi. Ish stolining balandligini o‘zgartirib turishga mo‘ljallangan. Bu dazmollash uskunasi komplektida har xil shakldagi dazmollash yostiqchalari bor (3.15-rasm). Bug‘-elektr dazmollar bug‘ dazmol bilan elektr dazmol birlashmasidan iborat bo‘lib, unda oddiy qizdirish yo‘li bilan quruq bug‘ hosil qilinadi. Buning uchun elektr dazmoliga (3.14-rasm, a) o‘rnatilgan egiluvchan shlang orqali suv beriladi va suv isib bug‘ga aylanadi. Dazmolning qizish harorati 60—230°C, dazmol og‘irligi 2,1 kg. U—3, U—5 elektr dazmollarida (3.14-rasm, b) qizish harorati 60— 240°C bo‘lib, barcha turdagi gazlamalarga namlab-isitib ishlov berishga mo‘ljallangan. Presslar namlab-isitib ishlashdagi eng sermehnat operatsiyalarni mexanizatsiyalashtirishga, ish unumini oshirishga, ishlov berish sifatini yaxshilashga va ishchilar mehnatini yengillashtirishga imkon beradi. Presslar bir-biridan yuritmasining tipi, presslash kuchi va yostiqlarining xili bilan farq qiladi. Presslarning yuritmalari mexanik, elektr, pnevmatik va gidravlik bo‘lishi mumkin (3.16-rasm). Presslash kuchiga qarab presslar og‘ir, o‘rtacha va yengil presslarga, vazifasiga ko‘ra universal va maxsus xillarga bo‘linadi. Press yostiqlarining harorati ishlanadigan gazlamaga qarab o‘rnatiladi. Agar gazlama tarkibida har xil tolalar bo‘lsa, yostiqning harorati issiqqa eng sezgir tolaga moslab o‘rnatiladi. Har bir pressda ikkita: ustki va ostki yostiq bo‘ladi. Tikuv buyumlar detallarining chetini buklash uchun buklovchi presslar ishlatiladi. Ular universal yoki muayyan bir ishni bajarishga mo‘ljallangan bo‘ladi. Bug‘lash. Bug‘lash — gazlamani qizdirilgan sathlar ta’sirida emas, balki bug‘ bosimi ta’sirida namlab-isitib ishlash deganidir. Bug‘lash gazlama tolalaridagi kuchlanishni yo‘qotadi, ya’ni tolalarni yaltiramaydigan qiladi. Gazlamalarni tikuv fabrikalarida ishlatishdan oldin bug‘lash—dekotirovka qilinadi. Bug‘langanda gazlamaga nam bug‘ purkaladi. Nam bug‘ gazlamani namlaydi, ham isitadi. Tolalar namdan shishadi va qiziydi. Gaz zarralarining kinetik energiyasi tolalarga mexanik ta’sir etadi. Tayyor kiyimni bug‘li havo manekenida ham dazmollash, ham bug‘lash mumkin (3.17-rasm). Yuqorida aytilgan uch xil namlab-isitib ishlash usullari natijasida tikuvchilik sanoatida quyidagi namlab-isitib ishlash operatsiyalaridan foydalaniladi (3.7-jadval): 1. Yorib dazmollash. 2. Bir tomonga yotqizib dazmollash. 3. Detallar chetini buklash. 4. Dazmollab yupqalashtirish. 5. Kirishtirib dazmollash. 6. Cho‘zib dazmollash. 7. Bo‘rttirib dazmollash. 8. Bug‘lash. Namlab-isitib ishlov berishda kiyim detallari og‘irligining 7,5—15 foizgacha miqdorida namlanadi, biroq kiyimni eng oxirgi dazmollash yoki bug‘lash jarayonida bug‘ning miqdori cheklanmaydi. Kiyim detallarining namlab-isitib ishlashdan oldingi va undan keyingi ko‘rinishining sxematik tasviri.

Download 87.83 Kb.




Download 87.83 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: tikuv kiyim detallarini yelimlab biriktirish

Download 87.83 Kb.