|
Polimerlar strukturasi va klassifikatsiyasi
|
bet | 47/157 | Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 24,24 Mb. | | #120531 |
Bog'liq 6,20 mavzulr slayd10.2. Polimerlar strukturasi va klassifikatsiyasi
Yukori molekulalar birikmalar juda kup past malekulyar birikmalaridan tuzilib, uzaro asosiy valentlik boglanish kuchlari bilan boglangan. Katta molekulalari (makromolekulalar) bir xil strukturali zvenolardan tuzilgan birikmalar polimerlar deb ataladi. Bunday molekulalarning massasi 500 dan 1 000000 gachani tashkil etadi.
Polimerlar molekulalarida asosiy zanjir mavjud. Bular juda kup sonli atomlardan kurilgan. Yon (bikin) zanjir esa ancha kiska. CHizigiy makromolekula kurilish sxemasi kuyida berilgan.
CHizig’iy makromolekulalar qurilish sxemasi
Yon (bikin) zanjir vodorod atomini urnini ximik radikallar (-SH3 ;
-S3 H: - C6 H5 ) yoki funktsional gruppalar (- SOOH: - OH: - NH2) olishi mumkin.
Agar polimerlarning asosiy zanjirlari bir xil atomlardan tashkil topgan bulsa, u gomozanjirli polimer deb ataladi. Agar uglerod atomlaridan tuzilgan bo’lsa, karbozanjirli polimer deyiladi. Xar xil atomlardan tashkil topgan bo’lsa, geterozanjirli polimer deyiladi. Masalan : polikarbonat RS. Buning asosiy zanjirida kislorod geteroatomi bor.
Makromolekulalarining formasiga qarab polimerlar quyidagi xillariga bo’linadi:
a) chizig’iy;
b) shaxobchali;
v) pog’anali;
g) setkasimon;
d) fazoviy;
e) parketli.
Polimerlar makromolekulalarining formalari:
a – chizig’iy; b – shaxobchali; s – pog’anali; d – setkali
CHizig’iy makromolekulalarning uzunligi ko’ndalang kesim yuzasiga nisbatan bir necha ming marta katta. Qizdirilganda yumshaydi, sovitilsa qotadi. Qayta qizdirish natijasida qayta yumshaydi. Masalan, poliamid, polietilen.
To’kilgan uch o’lchamli formali makromolekulali polimerlar mo’rtligi va tashqi kuchlarga yuqori turg’unligi (yumshamaydi, ishmaydi) bilan xarakterli.
Qutblanishiga qarab:
a) qutbli;
b) qutbsiz polimerlarga bo’linadi.
Qutbsiz polimerlarning makromolekulalarida xar xil zaryadlarning og’irlik markazi bir-biriga to’g’ri keladi. Qutbli polimerlar makromolekularida elektronlarning ogirlik markazi kuprok elektrmanfiy atom tomoniga surilgan bo’ladi va xar xil nomli zaryadlarning og’irlik markazlari bir-biriga to’g’ri kelmaydi.
Qutbsiz polimerlarning funktsional gruppalari simmetrik joylashgan va atomlarning dipol momenti bog’lanishlari o’zaro yeyilishadi.
|
| |