• Alyuminiy rudalarining kimyoviy tashkil etuvchilari
  • Alyuminiy rudalaridan alyuminiy oksidi olish
  • Alyuminiy va uning qotishmalari




    Download 24,24 Mb.
    bet43/157
    Sana16.12.2023
    Hajmi24,24 Mb.
    #120531
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   157
    Bog'liq
    6,20 mavzulr slayd

    Alyuminiy va uning qotishmalari
    Alyuminiy tabiatda keng tarqalgan metall hisoblanib, u yer qobig’ining 7,45 % ini tashkil etadi. Alyuminiy tog’ jinslarida Al2O3 va Al (ON)3 birikmalari holatida bo’ladi.
    Asosiy alyuminiy rudalariga boksit, kaolin, alunit, nefelin minerallari kiradi. Bu minerallarning kimyoviy tashkil etuvchilari 9.2 –jadvalda keltirilgan.
    9.2–jadval
    Alyuminiy rudalarining kimyoviy tashkil etuvchilari

    Mineral nomi

    Kimyoviy tashkil etuvchilari, %

    Al2O2

    Fe2O3

    SiO2

    TiO2

    CaO

    H2O

    Na2O+K2O3

    SO3

    Boksit

    30–57

    16–35

    3–13

    2–4

    3

    10–12





    Kaolin

    37–40

    1,5

    36–45





    15–20





    Alunit

    20–21

    4-5

    41–42





    6–7

    4,5–5,0

    22–23

    Alyuminiy birikmalaridan alyuminiy olish jarayoni ikki bosqichga ajratiladi:



    • alyuminiy rudalaridan alyuminiy oksidi olish;

    • alyuminiy oksidlaridan alyuminiy olish.

    Alyuminiy rudalaridan alyuminiy oksidi olish
    Tabiiyki, rudaning tarkibidagi begona jinslarning o’lchami va miqdorlari turlicha bo’ladi. SHu bois alyuminiy rudalaridan alyuminiy oksidi olish usullari ham turlichadir:

    • ishqorli usul;

    • kislotali usul;

    • elektrotermik usul.

    Ishqorli usulda dastlab boksit maxsus pechda qizdirilib, keyin maxsus tegirmonlarda kukun holiga kelguncha maydalanadi. So’ngra unga ma’lum miqdorda soda va ohaktosh kukunlari qo’shilib, aralashma hosil qilinadi. Bu aralashma bo’yi 80–150 m, diametri 2,5–5 mli sekin aylanuvchi barabanli pechda 1100°C haroratgacha qizdiriladi.
    Olingan massa maxsus bakda 60°C haroratli suv bilan ishlanadi. Natijada natriy alyuminat va natriy ferritlar suvda eriydi, kaltsiy silikat esa suvda erimay, bak tagiga cho’kadi. Keyin esa bu eritma bakdan chiqarilib, maxsus idishda gidrolizlanadi. Bunda natriy ferrit temir (III) –gidroksid tarzida cho’kib ajraladi. Qolgan eritma suv quyilgan maxsus idishda karbonat angidrid bilan ishlanib, alyuminiy gidroksidi olinadi. Alyuminiy gidroksidi cho’kma tarzida ajraladi, natriy karbonat esa eritmada qoladi. Alyuminiy gidrooksid idishdan olinib, filtrlanadi. So’ngra aylanadigan qiya pechda 950–1200 °C haroratgacha qizdiriladi. Bunda u parchalanib alyuminiy oksidi hosil bo’ladi.



    Download 24,24 Mb.
    1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   157




    Download 24,24 Mb.