Mineralokeramik materiallar




Download 24,24 Mb.
bet54/157
Sana16.12.2023
Hajmi24,24 Mb.
#120531
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   157
Bog'liq
6,20 mavzulr slayd

Mineralokeramik materiallar. So’nggi yillarda asbobsozlik materiallarining yangi turi mineralokeramik qattiq qotishmalar ishlab chiqarish sanoat miqyosida o’zlashtirildi. Mineralokeramik qattiq qotishmalar turli o’lcham va shakldagi plastinalar tarzida tayyorlanadi va xuddi metallokeramik qattiq qotishmalar kabi, kesuvchi asboblarning tishi uchun ishlatiladi.
Mineralokeramik plastinkalar tarkibida qiyin suyuqlanadigan A1203, Cr203, Si02, Zr02 bo’lgan mineral materialni presslash va 1750–1900 °C haroratda qovushtirish yo’li bilan tayyorlanadi. Bun-day plastinalarning qattiqiigi Rokvell bo’yicha 91–95 ga etadi (HRA = 91–95). Mineralokeramik plastinalar eyilishga chidamli bo’ladi, 1200 °C gacha qizdirilganda ham kesish xossalarini yo’qotmaydi va oksidlanmaydi, shuningdek, boshqa qotishmalarga qaraganda ko’p marta arzon turadi, shu sababli ular po’lat va cho’yan tanavorlardan kichik kesimli qirindi yo’nib, katta (400–500 m/min) tezlik bilan tozalab kesishda keng ko’lamda ishlatiladi. Ammo ular ancha mo’rt, issiqlik o’tkazuvchanligi past va egilishdagi mustahkamlik chegarasi metallokeramik qotishmalarnikidan 4–5 baravar, tezkesar po’latlarnikidan esa 10–12 baravar kichik bo’ladi. Mineralokeramik qotish­malarning issiqlik o’tkazuvchanligi past bo’lganligidan, ular tez va notekis qizdirilsa, darz ketishi mumkin. Ana shu kamchiliklari tufayli mineralokeramik plastinalarning ishlatilishi cheklangan. Mineralokeramik qattiq qotishmalarning IXB–13, H~14, LJ, –18 markalari mavjud. Hozirgi vaqtda mikrolit deb ataladigan LM–332 markali mineralokeramik plastinalar ayniqsa keng ko’lamda ishlatiladi. Ular ish jarayonida 1200 °C gacha qiziganda ham o’z qattiqligini yo’qotmaydi.
Hozirgi vaqtda ko’p –uch, besh va olti qirrali (yoqli) mineralo­keramik plastinalar ishlab chiqarilmoqda. Bunday plastinalarning bir qirrasi o’tmaslansa, charxlab o’tirilmay, ikkinchi qirrasi bilan kesadi-gan qilib o’rnatiladi va hokazo.
Mineralokeramik plastinalar ikki variantda: oldingi yuzasi yassi va qirindi chiqaravchi ariqchali qilib tayyorlanadi. Plastinalar keskich kallagiga yo kavsharlash yo’li bilan yoki mexanik usulda mahkamla-nadi. Mexanik usulda mahkamlanadigan plastinalarda keskich kallagidagi shtir uchun maxsus teshiklar bo’ladi.

Download 24,24 Mb.
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   157




Download 24,24 Mb.