• 14- mavzu. Materiallarni puxtalashning usullari Reja
  • Tayanch iboralar
  • Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi




    Download 24,24 Mb.
    bet70/157
    Sana16.12.2023
    Hajmi24,24 Mb.
    #120531
    1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   157
    Bog'liq
    6,20 mavzulr slayd

    Nazorat savollari

    1. Nanotexnologiya.ni tushintirib bering.

    2. Nanotexnologiya asosida olingan materiallarga misollar keltiring.

    3. Mustahkamligi yuqori materiallar qanday tayyorlanadi?

    4. Kukun materiallaridan qanday detallar tayyorlanadi?

    5. Kukunlar dispersligi bo’yicha necha turga bo’linadi?



    14- mavzu. Materiallarni puxtalashning usullari
    Reja:



    1. Termik, kimyoviy-termik va boshqa puxtalash usullari haqida dastlabki ma’lumotlar.

    2. Termik ishlov berish po’latlar strukturasini boshqarish usulidir.

    3. Termik ishlov berish turlari.

    4. Sof termik ishlov berish turlari.

    5. Po’latlarga kimyoviy-termik ishlov berish.



    Tayanch iboralar: termik, kimyoviy-termik, puxtalash, yumshatish, normallash, toblash, bo’shatish, mayda donli struktura, yirik donli struktura, qizdirish, harorat, rekristallash.
    Materiallarning puxtaligini oshirishda termik va kimyoviy-termik ishlov berishning ahamiyati. Termik, kimyoviy-termik va boshqa puxtalash usullari haqida dastlabki ma’lumotlar.
    Termik ishlov berish po’latlar strukturasini boshqarish usuli bo’lib, bunda qotishma ma’lum haroratgacha qizdiriladi va turli tezliklarda sovitiladi. Termik ishlovni uch turga ajratish mumkin:

    • sof termik ishlov;

    • termomexanik ishlov;

    • kimyoviy-termik ishlov.

    Sof termik ishlov quyidagilardan iborat:

    • yumshatish;

    • normallash;

    • toblash;

    • bo’shatish;

    Termik ishlovda yuz beradigan struktura o’zgarishlari jarayonning asosini tashkil etadi. Termik ishlov jarayonida qotishmaning ichki tu-zilishiga ta’sir etadigan asosiy omillar quyidagilardir.



    • qizdirish harorati;

    • qizdirish vaqti;

    • qizdirilgan qotishmani sovitish tezligi.

    Buyumni qizdirish harorati ko’zlangan maqsadga ko’ra va po’latning qizdirishdan oldingi ichki tuzilishiga bog’liq holda FeC holat dia-grammasidan aniqlanadi.
    Po’latni qizdirish va sovitish jarayonlarida uning ichki tuzilishida faza o’zgarishlari sodir bo’lishiga olib keladigan harorat kritik harorat deyiladi va tkr bilan belgilanadi.

    Download 24,24 Mb.
    1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   157




    Download 24,24 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi

    Download 24,24 Mb.