|
Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi
|
bet | 71/157 | Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 24,24 Mb. | | #120531 |
Bog'liq 6,20 mavzulr slaydYumshatish
Yumshatishdan maqsad muvozanatda bo’lmagan strukturani muvozanat holatga keltirishdir. Odatda, yumshatish deganda buyumni ma’lum haroratgacha qizdirib, pech bilan birgalikda sovitishga aytiladi.
Yumshatishning quyidagi turlari mavjud:
rekristallash;
chala yumshatish;
to’la yumshatish.
Rekristallash uchun buyum 650–700°C gacha qizdirilib, shu haroratda ma’lum vaqt ushlab turilgandan keyin pech bilan birga sovitiladi. Bunda ferrit qayta kristallanadi va tsementit bir oz o’sadi. Materialning plastikligi ortadi. CHala yumshatish uchun buyum GS chizig’idan 10–30°C yuqori haroratgacha qizdiriladi va ma’lum vaqt ushlab turilgandan keyin pech bilan birga sovitiladi. Bunday termik ishlovdan maqsad plastina ko’rinishidagi perlitni yumaloq shaklga keltirishdan iborat. Uning qattiqligi plastinasimon perlitdan bir oz past bo’lsada, plastikligi yuqoridir.
To’la yumshatish deb donachalarini nisbatan maydalash va qoldiq ichki zo’riqishlarini kamaytirish maqsadida evtektoiddan oldingi po’latlarni GS chizig’idan, evtektoiddan keyingi po’latlarni RSK chizig’idan 30–50°C yuqori haroratgacha qizdirib, shu haroratda ma’lum vaqt ushlab turilgandan keyin pech bilan birga sovitishni aytiladi. Yuqori haroratda ushlab turish vaqti buyum materialida faza o’zgarishlari yuz berishi uchun yetarli bo’lishi kerak. Natijada hosil bo’lgan mayda donali austenit sovishi hisobiga perlit donachalari ham maydalashadi.
Sovitish vaqtini kamaytirish maqsadida austenit eng kam barqarorlikka ega bo’lgan haroratda to’la parchalanguncha ushlab turiladi. Austenit perlitga to’liq parchalangandan so’ng asta–sekin sovitiladi. Bunday termik ishlov berish izotermik yumshatish deyiladi. Bunga to’la yumshatishga qaraganda 2–3 marta kam vaqt ketadi
Normallash
Normallashdan maqsad buyumni keyingi termik ishlov berish uchun tayyorlashdan, o’rtacha uglerodli po’latlarning esa strukturasini yaxshilashdan iborat. Normallash to’la yumshatishdan sovitish tezligi bilan farq qiladi. Normallash deb, po’latlarni GS, SE chiziklardan 30–50°C yuqori haroratda qizdirib, ma’lum vaqt ushlab turilgandan so’ng havoda sovitishga aytiladi. Buyumni havoda sovitish tezligi pech bilan birga sovitishga qaraganda kattaroq bo’lganligi uchun perlitga parchalanish jarayoni pastroq haroratda boradi. Natijada to’la yumshatishga qaraganda buyum strukturasi maydaroq bo’ladi. SHu sababli buyumning mus-tahkamligi va qattiqligi 15–20% yuqori bo’ladi. Normallash po’latni termik ishlashning tayyorlov bosqichi yoki o’rtacha uglerodli po’latlar uchun oxirgi bosqich sifatida qo’llaniladi.
Toblash
Toblashdan maqsad mashinasozlik materiallarining mustahkamligini oshirishdir. Toblashning boshqa sof termik ishlov berishdan asosiy farqi uni katta tezlik bilan sovitilishidadir.
Toblash harorati Fe– Fe3C holat diagrammasiga muvofiq aniqlanadi. Toblash harorati buyumning butun ko’ndalang kesimi bo’yicha bir xil bo’lishi uchun ko’p vaqt ketsa, austenitning o’sib ketish xavfi bor. Buyumni pechda ma’lum haroratda tutib turish vaqti uning shakliga, pechga joylash usuliga va turiga bog’liq.
Xomakilarni yuqori haroratli pechda qizdirganda uglerod kuyadi. Natijada buyumning yuzasida uglerod miqdori kamayadi. Buning oldini olish maqsadida mashinasozlikda ish muhiti nazorat qilib turiladigan pechlar qo’llaniladi. Toblash muhitini to’g’ri tanlash muhim ahamiyatga ega. Austenitning izotermik parchalanish diagrammasidan ma’lumki, toblash uchun kerakli bo’lgan eng kichik sovitish tezligi zgri chiziqqa urinma bo’lmog’i kerak. Lekin sovitish tezligini martensitga parchalanish chegarasida sekinlatishi zarur, shunda buyumda yuzaga keladigan ichki termik kuchlanishlar mumkin qadar kamayadi.
Sovitish muhiti sifatida suv, mineral moylar, tuz eritmalari ishlatiladi. Uglerodli po’latlarni toblashda suv, yuqori legirlangan po’latlarni toblashda esa mineral moylar ishlatiladi.
Agar xomakining ko’ndalang kesimi katta va shakli murakkab bo’lmasa, to’xtovsiz bir muhitda sovitish mumkin (15.1–rasm, 1–egri chiziq).
Yuqori uglerodli po’latlarni toblashda sovitish uchun ikki muhitdan foydalaniladi. Buning uchun po’lat austenitning barqarorligi eng kichik davrdan o’tguncha suv bilan sovitiladi, so’ngra martensitga parchalanish haroratidan 80–100 °C yuqori haroratda moyda sekin sovitiladi (15.1–rasm, 2–egri chiziq).
Agar asbobning tuzilishi murakkab va hajmi katta bo’lsa pog’onali toblash qo’llaniladi (14.1–rasm, 3 egri chiziq).
Bunda asbob suyuq muhitda martensitga parchalanishdan yuqoriroq haroratda ushlab turiladi, so’ngra havoda sovitiladi. SHunday qilinganda martensitga parchalanishdan oldin harorat butun hajm bo’yicha bir xil bo’ladi.
Ko’p hollarda o’rtacha uglerodli po’latlardan tayyorlanadigan mashinalarning murakkab qismlari izotermik haroratda toblanadi. Bunda po’lat beynitgacha tez sovitiladi. Beynit parchalanib bo’lgach, sovitish davom etiriladi (15.1–rasm, 4 egri chiziq). Natijada po’lat strukturasida parchalanmay qolgan austenit paydo bo’ladi. Bunday toblangan po’latlarda plastiklik va qattiqlikning yaxshi mutanosibligi yuzaga keladi.
Mashinasozlik amaliyotida o’z–o’zidan bo’shatish imkonini beradigan toblash usullari mavjud. Buning uchun qizdirilgan buyumning bir qismigina sovitiladi. Sovitilmagan qismning issiqligi hisobiga sovitilgan qism bo’shatish haroratigacha qiziydi. Natijada bo’shatish jarayoni o’z-o’zidan yuz beradi. Bunday toblash usulida turli qismlari har xil qattiqlikka ega bo’lgan buyumlar olinadi.
Toblash natijasida erishiladigan eng katta qattiqlik po’latning toblanuvchanligi deyiladi. U asosan po’latning tarkibidagi uglerod miqdoriga bog’liq bo’ladi. Har xil muhitda sovitilgan po’latning eng katta qattiqligi yuza qattiqligidir. Yuzadan 50% martensit va 50% trostitdan iborat qatlamgacha bo’lgan oraliq toblanish chuqurligi deyiladi. Toblanish chuqurligini aniqlashda diametri 25, uzunligi 100 mm ga teng namunadan foydalaniladi.
|
| |