|
Eritmani bo’lib-bo’lib va sistematik analiz qilish
|
bet | 79/157 | Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 24,24 Mb. | | #120531 |
Bog'liq 6,20 mavzulr slayd15.3. Eritmani bo’lib-bo’lib va sistematik analiz qilish
Aniqlanishi kerak bo’lgan ionlarni specifik reaktsiyalardan foydalanib tekshirilayotgan eritmaning alohida ulushlaridan bevosita aniqlash, bo’lib-bo’lib analiz qilish deyiladi. Lekin hamma ionlar uchun specifik reaktsiyalar yo’q. Ayrim ionlar ikkinchisini topishga halaqit beradi. Masalan, Ba2+ ioni Ca2+ ni topishga halal beradi. Bunday hollarda har bir alohida ionni ma’lum ketma ketlikda aniqlash reaktsiyalarini ishlab chiqishga to’g’ri keladigan usulidan foydalaniladi. Bunda har bir ionni topishdan oldin uning topilishiga halaqit beradigan boshqa hamma ionlar oldindan topiladi va eritmadan ajratiladi. Yuqoridagi misolni olsak, agar eritmada Ba2+ va Ca2+ ionlari bo’lsa, Ba2+ ionini to’liq cho’ktirib, cho’kmani centrifugalab ajratib tashlanadi. Buning uchun Ba2+ ioniga hos reaktsiya, K2Cr2O7 bilan sariq cho’kmani hosil bo’lishidan foydalaniladi. CHo’kmadan ajratib olingan eritmaga yana ozgina reagent qo’shiladi. Agar cho’kma qaytadan hosil bo’lmasa, eritmada Ba2+ ioni qolmagan bo’ladi va undan Ca2+ ionini (NH4)2C2O4 ta’sirida topish mumkin. Oq Ca2CO4 cho’kmaning hosil bo’lishi, endi eritmada Ca2+ ioni borligini bildiradi.
Sa+2 + (NH4)2S2O4 = SaS2O4 + 2NH4+
Demak, sistematik analiz qilishda ayrim ionlarni topish reaktsiyalari bilan bir qatorda, ularni bir-biridan ajratish reaktsiyalarini o’tkazishga to’g’ri keladi. Ajratish reaktsiyalarida, ko’pincha ajratilayotgan ionlar hosil qiladigan, o’hshash birikmalarning eruvchanligi bir-biridan farq qilishidan foydalaniladi. Masalan, Ba2+ ionini Ca2+ ionidan ajratish. BaCr2O7 va CaCr2O7 eruvchanlik ( = 2,3*10-10 , = 2,3*10-2 ) larining har hilligiga asoslangan va hokazo. 3
|
| |