|
Guruh reagenti. Kationlarning analitik guruhlarga bo’linishi
|
bet | 80/157 | Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 24,24 Mb. | | #120531 |
Bog'liq 6,20 mavzulr slaydGuruh reagenti. Kationlarning analitik guruhlarga bo’linishi.
Sistemali analiz qilishda ionlar murakkab aralashmadan ayrim-ayrim holda emas, guruh-guruh qilib ajratiladi. Bunda ularni guruh reagenti deb, ataluvchi ba’zi reaktivlar ta’siriga bir hil munosabatda bo’lishidan foydalaniladi. Guruh reagentiga quyidagi talablar qo’yiladi: 1) u kationlarni amalda to’liq cho’ktirishi; 2) keyingi analizlarni o’tkazish uchun hosil bo’lgan cho’kma kislotalarda oson eriydigan bo’lishi; 3) ortiqcha qo’shilgan reagent eritmada qolgan ionlarni topishga halal bermasligi kerak.
Kationlarning analitik guruhlarga bo’linishining bir necha usullari bor. Ulardan eng qulayi va ko’proq tarqalgani vodorod sulьfidli va kislota asosli usullar bilan tanishamiz.
Vodorod sulьfidli usul;
Bu usulni 1871 yilda N.A.Menshutkin taklif qilgan.
I guruh: Na+, K+, NH4+, Mg2+ kationlari, guruq reagentiga ega emas.
II guruh: Ba2+, Sr2+, Ca2+ kationlari, guruh reagenti ammoniy karbonat (NH4)2CO3, ammiakli bufer eritma (NH4OH + NH4Cl) ishtirokida, harorat 70-800S.
III guruh: Fe2+, Fe3+, Cr3+, Al3+, Mn2+, Zn2+, Co2+, Ni2+ kationlari, guruh reagenti ammoniy sulьfid (NH4)2S, ammiakli bufer eritma (NH4OH va NH4Cl) ishtirokida, harorat 70-800S.
IV guruh: Cu2+, Cd2+, Hg2+, Bi3+, Sn2+, Sn4+, Sb3+, Sb5+ kationlari, guruh reagenti kislotali muhitda vodorod sulьfid H2S.
V guruh: Ag, [Hg2]2+, Pb2+ kationlari, guruh reagenti hlorid kislota.
2. Vodorod sulьfidsiz guruhlarga klassifikaciyalashning bir necha usullari, jumladan (kislota-ishqorli, acetatli-amidli, ammiakli- fosfatli) usullar mavjud bo’lib, shulardan kislota-ishqorli klassifikaciyalash usulini ko’rib chiqaylik.
Kislota - asosli usul – kationlarni kislota asos ta’sirida hosil qiladigan qiyin eruvchan hloridlar, sulьfatlar, gidroksidlar va eruvchan ammiakli kompleks birikmalariga asoslangan bo’lib, olti analitik guruhga bo’linadi:
I guruh: Ag, [Hg2]2+, Pb2+ kationlari, guruh reagenti 2n HCl.
II guruh: Ba2+, Sr2+, Ca2+ kationlari, guruh reagenti 2n H2SO4
III guruh: Al3+, Sn2+, Sn4+, Cr3+, Zn2+ ,As+3, As+5 kationlari, guruh reagenti 2n NaOH eritmasi.
IV guruh: Mg2+, Mn2+, Fe2+, Fe3+, Bi3+, Sb3+, Sb5+ kationlari, guruh reagenti 25% NH4OH.
V guruh: Cu2+, Cd2+, Ni2+, Co2+, Hg2+ kationlari, guruh reagenti 2 n NaOH bo’lib, hosil bo’lgan cho’kma ortiqcha 25% NH4OH da eriydi (ammiakli kompleks birikmalar hosil qiladi).4
VI guruh: K+, Na+, NH4+ kationlari, guruh reagentiga ega emas.
Demak, analitik kimyoda kationlarni klassifikaciyalash, ular hosil qiladigan birikmalarining eruvchanligi turlicha bo’lishiga asoslangan. Bu esa bir guruh ionlarni boshqasidan ajratishga yordam beradi.
Guruh reagentlaridan foydalanish analizni ancha engillashtiradi, chunki ulardan foydalanilganda analizda qilinishi kerak bo’lgan murakkab ishlar bir necha soddaroq ishlarga bo’linib ketadi.
|
| |