• Foydalanilgan adabiyotlar
  • 15.4 Tortma (gravimetrik ) analiz
  • Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi




    Download 24,24 Mb.
    bet82/157
    Sana16.12.2023
    Hajmi24,24 Mb.
    #120531
    1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   157
    Bog'liq
    6,20 mavzulr slayd

    Nazorat savollari:

    1. Sifat analizining usullari qanday?

    2. Analitik reaktsiyalarning bajarilish usullarini izohlang?

    3. Analitik reaktsiyalarni amalga oshirishning shart-sharoitlari, reaktsiyalarning sezgirligi, o’ziga hosligi qanday amalga oshiriladi?

    4. Eritmani bo’lib-bo’lib va sistematik analiz qilish qanday amalga oshiriladi?

    5. Guruh reagenti. Kationlarning analitik guruhlarga bo’linishi qanday?

    6. Kationlar analitik klassifikatsiyasining D.I.Mendeleevning davriy sistemasiga bog’liqligini izoxlang?



    Foydalanilgan adabiyotlar:

    1. Callister William D. Jr., Materials Science and Engineering, an Introduction. Wiley and Sons. UK 2014

    2. T.Fischer., Materials Science for Engineering Students, 1st Edition  Elsevier UK, 2008

    3. Mikell P.Groover., Fundamentals of Modern Manufacturing Materials, Processes, and Equipment John Wiley and Sons inc USA 2010

    Tekshirilayotgan modda tarkibini tashkil etgan element yoki ion (yoki komponent) lar miqdorini aniqlashga imkon beruvchi usullar to’plamiga miqdoriy analiz usuli deb ataladi.


    Miqdoriy analiz usullari tajriba mashg’ulotlarini bajarishda ishlatiladigan asboblarga ko’ra quyidagilarga bo’linadi:
    1. Gravimetrik analiz
    2. Titrimetrik analiz
    3. Gaz analizi
    4. Fizik-kimyoviy ( yoki instrumental) analiz usullari.
    Ushbu qo’llanmada shulardan (ayrimlari) gravimetrik, titrimetrik va fizik-kimyoviy analiz usullariga to’htalib o’tamiz.6


    15.4 Tortma (gravimetrik ) analiz
    Gravimetrik analiz deb, miqdoriy analizning aniqlanadigan modda miqdorini, tekshiriladigan namuna massasini o’lchash bilan olib boriladigan aniqlash usuliga aytiladi.
    Gravimetrik analiz uch turga bo’linadi:
    1) ajratish , 2) cho’ktirish, 3) haydash
    1) Ajratish usulida aniqlanayotgan modda aralashmadan ajratib tozalanadi va massasi analitik tarozida tortiladi. Masalan: Temir bilan oltingugurtning aralashmasidan temirni magniga tortilish hususiyatidan foydalanib ajratish mumuin.

    1. CHo’ktirish usulida aniqlanadigan modda kimyoviy reaktsiya yordamida tarkibi aniq bo’lgan qiyin eriydigan birikma holida cho’ktiriladi. Bunda cho’kma qizdirilib tarkibi aniq bo’lgan boshqa moddaga aylantiriladi va shu moddaning massasi analitik tarozida tortilib modda miqdori aniqlanadi. Masalan:


    aniklanadigan cho’ktiriladigan tortiladigan
    modda shakl shakl
    3) Haydash usulida aniqlanadigan modda uchuvchan birikma holida haydaladi. Bunda aniqlanadigan modda qizdirish yoki boshqa modda (reaktiv) ta’sirida uchuvchan birikma hosil qiladigan holiga o’tkazish bilan ajratiladi. Haydash usullari to’g’ri va teskari bo’lishi mumkin.
    To’g’ri haydash usullarida aniqlanadagan modda biror o’ziga hos yutuvchiga yutiladi va yutuvchi massasining oshishiga qarab aniqladigan moddaning miqdori hisoblanadi.

    Teskari aniqlash usullarida aniqlanadigan modda to’liq parchalangandan keyin qolgan massasi o’lchanadi. Haydashdan oldingi va keyingi massalar farqi aniqlanadigan modda miqdorini hisoblash imkonini beradi.7

    Download 24,24 Mb.
    1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   ...   157




    Download 24,24 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Materialshunoslik va yangi materiallar texnologiyasi

    Download 24,24 Mb.