|
Gravimetrik analizning bajarilish tartibi
|
bet | 84/157 | Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 24,24 Mb. | | #120531 |
Bog'liq 6,20 mavzulr slayd15.5 Gravimetrik analizning bajarilish tartibi
Ko’pchilik hollarda yuqorida, aytib o’tilgan usullardan biri-cho’ktirish usulidan foydalaniladi. Moddalarning miqdorini tortma analizning cho’ktirish usuli bilan aniqlash bo’yicha quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi:
1) analiz uchun namuna olish ;
2) olingan namunani eritish ;
3) cho’ktiriladigan shaklni tanlash ;
4) cho’ktiruvchi modda (reagent) ni tanlash ;
5) cho’ktirish sharoitini tanlash ;
6) cho’kmani ajratish (filьtrlash), yuvish ;
7) cho’kmani quritish va tortiladigan shaklga o’tkazish ;
analiz natijalarini hisoblash .
Analiz uchun namuna olish
Analiz uchun olingan modda miqdori namuna deyiladi. Olinadigan namuna miqdori aniqlash usuliga (makro-, yarimmikro-, mikroanaliz), cho’kmaning hususiyati va tuzilishiga (kristall, amorf) bog’liq.
Tajribalar natijasi shuni ko’rsatadiki hosil bo’ladigan cho’kma kristall tuzilishli bo’lsa, massasi 0,5 g, amorf tuzilishli modda bo’lsa, 0,1 - 0,3 g atrofida bo’lishi kerak. Namunaning massasi cho’ktirish reaktsiyasining tenglamasi asosida quyidagi formula bilan hisoblanadi:
kristall cho’kma uchun -
amorf cho’kma uchun -
MA – aniqlanadigan moddaning molekulyar massasi.
MV – tortiladigan shaklning molekulyar massasi.
a,v – reaktsiya tenglamasidagi stehiometrik koefficientlar.
Namunaning massasi analitik tarozida 0,0001g, to’rt hona (10-4) aniqlikda tortiladi. 9
Olingan namunani eritish
Namunani eritish uchun zarur bo’lgan, tegishli erituvchi oldindan tanlanadi. Modda avval suvda eritiladi. Erimasa kislota yoki ishqorda, ba’zan kislota (ishqor) bilan oksidlovchi aralashmasini qizdirib eritiladi. Modda eritmaga o’tkazilgandan keyin aniqlash davom ettiriladi.
CHo’ktiriladigan shaklni tanlash
CHo’kmaning tortiladigan shaklli kimyoviy formulasiga mos bo’lishi kerak. CHunki qizdirish vaqtida ko’pchilik cho’kmalar kimyoviy o’zgarishlarga uchraydi. SHuning uchun tortma analizda cho’ktiriladigan va tortiladigan shakl tushunchalari ishlatiladi. Tegishli cho’ktiruvchi (reaktiv) ta’sirida eritmadan cho’ktirilgan birikma, cho’ktiriladigan shakl deyiladi. Analizning ohirgi natijasini olish uchun tarozida tortiladigan birikma esa tortiladigan shakl deyiladi. Masalan:
cho’ktiriladigan tortiladigan
shakl shakl
chuktiriladigan tortiladigan
shakl shakl
CHo’ktiriladigan shaklga qo’yiladigan talablar:
a) aniq kimyoviy formulaga mos kelishi;
b) kam eruvchan bo’lishi, ya’ni eruvchanlik ko’paytmasi 1.10-8 dan kichik bo’lishi ;
v) kristall tuzilishga ega bo’lishi;
g) oson yuvilishi va filьtrlanishi;
d) tortiladigan shaklga oson va to’liq o’tishi kerak.
Tortiladigan shaklga qo’yilgan talablar:
a) tortiladigan shaklning tarkibi (aniq biror) kimyoviy formulasiga mos kelishi;
b) tortiladigan shakl kimyoviy jihatdan barqaror bo’lishi, ya’ni O2, havo, oksidlovchilar, SO2, nam ta’sirida o’zgarmasligi;
v) katta molekulyar massaga ega bo’lishi kerak .
|
| |