Analitik reaktsiyalarning bajarilish usullari




Download 24,24 Mb.
bet77/157
Sana16.12.2023
Hajmi24,24 Mb.
#120531
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   157
Bog'liq
6,20 mavzulr slayd

Analitik reaktsiyalarning bajarilish usullari

Analitik reaktsiya "quruq" va "ho’l" usullar bilan o’tkazilishi mumkin. Quruq usulda tekshiriladigan modda va reaktivlar qattiq holatda olinadi va reaktsiya qizdirish yo’li bilan amalga oshiriladi:


Masalan: Metall tuzlarining alangani bo’yashi, natriy tetraborat (bura) Na2B4O7*10H2O yoki natriy ammoniy gidrofasfat NaNH4HPO4 *4H2O lar ba’zi metallarning tuzlari bilan qorishtirganda rangli marvarid (shisha) hosil bo’ladigan reaktsiyalar quruq usul bilan o’tkaziladigan reaktsiyalar qatoriga kiradi.
Rangli shisha hosil qilish va alangani bo’yash usullari pirokimyoviy usullar deb ataladi.
Eritmalarda o’tkaziladigan moddaning analizi ho’l usul bilan analiz deyiladi. Bunda tekshiriladigan modda oldindan eritilgan bo’lishi kerak. Odatda erituvchi sifatida suv ishlatiladi. Agarda modda suvda erimasa, kislotalarda eritiladi. Kislotada eritilgan modda kimyoviy o’zgarishga uchrab suvda oson eriydigan birorta tuzga aylanadi. 1
Masalan:
CuO+H2SO4  CuSO4+H2O
Fe(OH)3+3HCl  FeCl3+H2O
CaCO3+2HNO3 Ca(NO3)2+H2O+CO2
Ni(OH)2+2HNO3 Ni(NO3)2+2H2O
Sifat analizda faqat biror tashqi effekt, ya’ni reaktsiyaning haqiqatda borayotganligini ko’rsatuvchi har hil o’zgarishlar bilan boradigan reaktsiyalardangina foydalaniladi.
Bunday kimyoviy reaktsiyalarga analitik reaktsiyalar deyiladi:
“Odatda bunday tashqi effektlar :
1) Gaz ajralib chiqishi
2) eritma rangining o’zgarishi
3) CHo’kma tushishi (yoki erib ketishi) dan iborat bo’ladi»
Anorganik moddalarni analiz qilishda ko’pincha tuzlar, kislotalar, asoslarning suvdagi eritmalari bilan ish ko’riladi. Ma’lumki, bu moddalar elektrolitlardir, ya’ni ular suvdagi eritmalarida ionlarga dissocilangan bo’ladi. SHu sababli "ho’l" usul bilan o’tkaziladigan reaktsiyalar odatda, oddiy yoki murakkab ionlar o’rtasida boradi, binobarin bu reaktsiyadan foydalanib, to’g’ridan-to’g’ri elementlarni emas, balki ular hosil qilgan ionlari topiladi, topilgan ionlarga qarab tekshiriladigan moddada tegishli elementlar borligi haqida hulosa chiqariladi.
Masalan: NCl yoki hloridlarning eritmasidan hlorni topish uchun AgNO3 ta’sir ettiriladi. Bunda suzmasimon oq cho’kma AgCl hosil bo’ladi. CHo’kmaga qarab hlor borligi aniqlanadi.
HCl + AgNO3  AgCl + HNO3
CaCl2 + 2AgNO3  2AgCl + Ca(NO3)2
BaCl2 + 2AgNO3  2AgCl + Ba(NO3)2 (1)
va hokazo.
CHo’kmadan tashqari tuzlarning hammasi eritmalarda tegishli ionlarga ajralgan holda bo’ladi, ya’ni:
Ba2+ + 2Cl- +2Ag+ + 2NO3- = 2AgCl + Ba2+ + 2NO3- (2)
Bir hil ionlarni reaktsiya tenglamasidan tushirib qoldirilsa, unda reaktsiya tenglamasi quyidagi ko’rinishda yoziladi:
2Cl- + 2Ag+ = 2AgCl
Tenglamaning ikkala tomonini bir hil songa qisqartirish mumkin bo’lgan hollarda qisqartiriladi, masalan, yuqoridagi reaktsiya tenglamasini ikkiga qisqartirib yoziladi:
Cl- + Ag+ = AgCl ( 3)
(1)-reaktsiyaning molekulyar tenglamasi, (2)-reaktsiyaning molekulyar ionli tenglamasi, (3)-reaktsiyaning molekulyar-ionli qisqartirilgan tenglamasi.



Download 24,24 Mb.
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   157




Download 24,24 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Analitik reaktsiyalarning bajarilish usullari

Download 24,24 Mb.