|
–rasm. Po’lat yuzasini uglerodga to’yintirish jarayonining harorat va vaqtga bog’liqligi grafigi
|
bet | 74/157 | Sana | 16.12.2023 | Hajmi | 24,24 Mb. | | #120531 |
Bog'liq 6,20 mavzulr slayd14.3–rasm. Po’lat yuzasini uglerodga to’yintirish jarayonining harorat va vaqtga bog’liqligi grafigi
Po’latlarni uglerodga to’yintirish jarayoni texnikada ta’mirlash sohasida ham qo’llaniladi. Bunda pistako’mir hamda faollashtiruvchi birikmalar ishlatiladi va koks bilan shixta materialini tashkil etadi. SHixtadagi VaCO3, tuzi uglerodning atomar holatda ajralib chiqishini tezlashtiradi. SaCO3 tuzi esa shixta materiallarini bir–biriga yopishib qolishidan saqlaydi. Ishlatilgan shixta materiali elanib, yaroqli qismi yana yangi shixta materialiga qo’shib ishlatiladi.
Po’latni tsementitlash haroratida ushlab turish vaqti talab etilayotgan qatlamning qalinligiga bog’liq bo’ladi. Masalan, qatlamning qalinligi 0,8 mm ga teng bo’lishi talab etilsa, yuqori haroratda tutib turish vaqti 7–8 soatni tashkil etadi. Agar dastlabki austenit donalari mayda bo’lsa, tsementitlash haroratini ko’tarish mumkin.
Gaz muhitida (CO) buyum yuzasini uglerodga to’yintirish, qattiq muhitda to’yintirishga qaraganda bir qator afzalliklarga ega. Bunda kerakli qatlam qalinligini ta’minlash oson, jarayonni bajarish vaqti kam va uni mexanizatsiyalashtirish, avtomatlashtirish mumkin. TSementitlash uchun maxsus uskunalar qo’lanilmaydi, shu pechdan foydalanib termik jarayonlarni ham o’tkazish mumkin.
Suyuq muhitda karbyurizatorda tsementitlashda, qattiq muhitda karbyurizatorda tsementitlashga nisbatan ish unumdorligi 3–5 marta yuqori bo’ladi. Bunda ko’pincha tuz eritmalaridagi elektroliz jarayonidan foydalaniladi. Mashina detallarining ish yuzalari uglerodga to’yintirilgandan keyin toblanadi va past haroratda bo’shatiladi.
Toblash natijasida uglerodli po’lat yuza qatlamining qattiqligi 60–64 NRC ga, legirlangan po’latlarniki esa 58–61 NRC ga teng bo’ladi. Keyin ular past haroratda bo’shatiladi.
Po’lat yuzasini azotga to’yintirish.
Po’lat yuzasini azotga diffuzion to’yintirish azotlash deb ataladi. Azot po’lat tarkibidagi metallar bilan birikib nitridlar hosil qiladi. Buyum yuzasida hosil bo’lgan nitridlar evaziga nisbatan yuqori haroratlarda yuzaning qattiqligi barqaror bo’ladi, korroziyabardoshligi va ishqalanib yeyilishga chidamliligi ortadi.
Azotlash natijasida buyum yuzasida hosil bo’lgan fazalarni tahlil qilishda FeN diagrammasidan foydalanish kerak (14.4–rasm).
|
| |