|
Energiya va massa o'rtasidagi o'zaro bog'lanish
|
bet | 3/4 | Sana | 12.02.2024 | Hajmi | 58,65 Kb. | | #155183 |
Bog'liq 1 (3)Energiya va massa o'rtasidagi o'zaro bog'lanish.
Bu bog'lanish Eynshteyn formulasi bilan ifodalanadi:
,
Demak, jism nurlanganda, aniqrog'i jism energiyasining har qanday kamayishi uning massasining kamayishiga sababchi bo'ladi. Energiyaning qo'shilishi jism massasining ortishiga sababchi bo'ladi. Ximiyaviy reaksiyalar odatda issiqlik chiqilishi va yutilishi bilan sodir bo'lgani uchun yuqoridagi formulani e'tiborga olsa, ximiyaviy reaksiyalar uchun modda massasining saqlanish qonuni go'yo o'z ahamiyatini yo'qotadi. Masalan, ximiyaviy reaksiyadaissiqlik chiqsa, reaksiyada hosil bo'lgan moddalar massasi reaksiyaga kirishgan moddalar massasidan kam bo'lishi kerak. Reaksiyada issiqlik yutilsa, aksincha massa oshishi zarur.
Yuqoridagi formulada c2 = 9·1020 ga teng, ya'ni g'oyat katta miqdor.
Ximiyaviy reaksiyalardagi energiyaning o'zgarishi esa, c2 ga nisbatan juda kichik miqdor, ya'ni surat maxrajga nisbatan. Ana shuning uchun odatdagi ximiyaviy reaksiyalarda massaning o'zgarishi deyarli sezilmaydi.
Masalan, 1 platforma ko'mir yonganda massaning issiqlik ajralishi hisobiga kamayishi bir necha mg ni tashkil etadi. Lekin yuqorida aytganlarimiz also modda massasi (materiya) yo'qolishi degan gap emas. Bunda materiya bir turdan ikkinchi turga aylanadi xolos. Masalan, modda energiyasi. ma'lumki, energiyasiz materiya, materiyasiz energiya yo'q.
Demak, massa yo'qolmaydi.
Ekzotermik reaksiyalar uchun:
- dastlabki moddalar massasi;
- reaksiya mahsulotlari massasi;
- barcha turdagi nurlanishlar massasi.
Endotermik reaksiyalar uchun:
Bu yerda shuni ham eslatib o'tamiz:
Ximiyaviy reaksiyalarda ko'p energiya ajralsa, massaning kamayishi ham sezilarli bo'ladi. Masalan, termoyadro reaksiyalarda (atom va vodorod bombalari portlaganda)
Massa defekti
Neytron massasi: 1,0089 u.b.
Proton massasi: 1, 0076 u.b.
Yig'indisi: 2 · 1,0089 + 2 · 1,0076 = 4,0033 bo'lishi lozim.
Hosil bo'lgan He yadrosining massasi esa 4,0026 u.b ga teng.
Farqi: 4,0033 – 4,0026 = 0,0304 u.b.
Demak, 0,0304 u.b. massa qayerga ketdi, qayerga “yo'qoldi”? Energiyaga aylandi.
Shuncha massa qancha energiyaga muvofiq keladi? Buni Eynshteyn formulasidan hisoblaymiz:
Demak, materiya va energiya bir-biriga bog'liqdir.
Materiya nima? Materiya engimizdan tashqarida mavjud bo'lgan, engimizga bog'lq bo'lmagan va sezgi organlarimiz orqali idrok qilinishi mumkin bo'lgan ob'ektiv reallikdir.
Modda - materiyaning konkret formasidir.
Ximiya - moddalarning tarkibi, tuzilishi, xossalarini va ularning o'zgarishlarini, bu o'zgarishlarda sodir bo'ladigan prosesslarni o'rganuvchi fandir.
|
| |