|
Massa (materiya) ning saqlanish qonuni
|
bet | 2/4 | Sana | 12.02.2024 | Hajmi | 58,65 Kb. | | #155183 |
Bog'liq 1 (3)Massa (materiya) ning saqlanish qonuni.
Energiyaning saqlanish va bir turdan ikkinchi turga aylanish qonunlari kiradi. Materiyaning yo'qolmas, abadiyligi-massaning saqlanish qonunida ifodalanadi. Materiya harakatining abadiyligini esa-energiyaning saqlanish qonuni ifodalaydi.
Yuqoridagi ikkita qonun fizikaning ham, ximiyaning ham, biologiyaning ham umumiy qonunlari hisoblanadi.
Massaning va energiyaning saqlanish qonuni ximiya uchun ayniqsa muhimdir. Chunki, bu paytlari metallar qizdirilganda ular og'irligining ortishi (massaning ortishi), o'tin yonganda uning og'irligining yo'qolishi (massaning kamayishi) kabi hodisalarn izohlab berolmaganlar.
Massaning saqlanish qonuni.
Moddaning aniq xarakteristikalaridan biri uning massasidir. Massa o'lchamining qulay asbobi-tarozi. Ilk tarozilar savdo ishlarida (qimmatbaho metallarni o'lchashda) ishlatilgan. Fanga, aniqrog'i ximiyaga tarozini olib kirgan olim, bu-M.V.Lomonosovdir. Tajribalarda tarozidan foydalanish natijasida u massaning saqlanish qonunini kashf qildi.
Qonun shunday ifodalanadi:
Reaksiyaga kirishgan moddalar massasi reaksiya natijasida hosil bo'lgan moddalar massasiga teng. Bu qonun turli fanlarda amaliy ahamiyatga ega. (qarang: Xodakov Yu.V. “Obshaya ximiya”, N., 1972, str. 17-18, kichik shrift bilan yozilgan).
Energiyaning saqlanish va bir turdan ikkinchi turga aylanish qonuni.
Qonun quyidagicha ifodalanadi:
Energiya yo'qolmaydi va yo'qdan bor bo'lmaydi, bir turdan ikkinchi turga aylanadi xolos. Masalan, elektr energiyaning yorug'lik energiyasiga aylanish, ishqalanish (mexanik) energiyaning issiqlik energiyasiga aylanishi, bolg'a bilan temirga urganda, ba'zan temirning yo'nalishi (bunda bolg'aning kinetik energiyasi temir bo'lagi zarrachalarining ichki aylanma harakat energiyasiga aylanadi) va h.k.
Bu qonunning ochilishiga quyidagi hodisani sabab qilib ko'rsatishadi:
XVII asrda Qora vena qonining o'pkada kislorod bilan boyishi natijasida alvon rangga kirishi ma'lum edi.
1842 yili nemis kema vrachi R. Mayer Afrika tropiklarida bemor matrosdan qon oqizib, qon rangining juda alvon rangda ekanligini ko'rib bu hodisaga e'tiborini jalb qiladi va vena tomiri o'rniga arteriyani kesdimmikin deb o'ylaydi. Chunki arteriya qoni alvon rangda bo'lishi kerak edi. Keyinchalik u bu hodisani quyidagicha tushuntiradi.Issiq iqlimda organizmda temperatura bir xilda saqlanishi uchun, organizm kam energiya ishlab chiqarishi zarur (ya'ni to'qimalarda kislorod ishtirokida ketadigan oksidlanish reaksiyasi sekin ketadi). Sovuq mamlakatlarda esa aksincha.
Demak, organizmdagi oksidlanish prosesslari tropik mamlakatlarda yashovchi kishilar organizmida, sovuq mamlakatlarda yashovchi kishilar organizmidagiga qaraganda sekin ketadi. Bundan ko'rinadiki, janubda yashovchilar qoni shimolda yashovchilar qoniga nisbatan kislorodga kamroq to'yingan, ya'ni o'pkaga kirishdan oldin vena qon kislorodga kam to'yingan bo'ladi, shimolliklarda shuning uchun qoni alvon rangli.
Bulardan shunday xulosa chiqadi:
Organizm t° si bir xil saqlanishi uchun, agar:
energiya ishlab chiqarilishi lozim;
muhit sovuq bo'lsa, ko'p energiya ishlab chiqarilishi zarur;
- da organizm etishmagan energiyani tashqaridan oladi.
Bu xulosalardan D.Mayer issiqlikning mexanik ekvivalentini kashf qildi.
|
| |