• Matnni formatlashning asosiy yo’llari
  • Hujjatni himoyalash
  • Tavsiya etiladigan adabiyotlar
  • Matn protsessorlarining xususiyatlari




    Download 330,19 Kb.
    bet3/3
    Sana22.01.2024
    Hajmi330,19 Kb.
    #143260
    TuriReferat
    1   2   3
    Bog'liq
    Xujjat va matnlar bilan ihlash
    MUSTAQIL ISH , MOBILE ZONE MOBILE ZONE, Maktab ta\'limida jismoniy tarbiya fani maummolar va vazifalar 2021 yil 27-28 may, ona zzz atanga , 1 курс PPS ПРОФИ RPvaPP Мустақил таълим мавзулари, 11111111111, 1-§. Jahonning siyosiy xaritasi, SON SO\'Z TURKUMI SONNING MA\'NO TURLARI, 4-MAVZU. CHIZIQLI KORRELYATSION - REGRESSION TAHLILNI AMALGA OSHIRISHNING BOSQICHLARI, royhatga olish planshet, 2022-04-02 031528.312.ScanFile, Statistika va ekonometrika fanidan mustaqil ta, Kurs ishi Mavzu “Moliya munosabatlarining mohiyati, vazifalari -fayllar.org, Keng polosali simsiz aloqa tizimlarining rivojlanishi
    2. Hujjatlar bilan ishlash.
    Hujjatlarni yaratish
    Fayllar bilan amallar bajarishning asosiy buyruqlari Office tugmachalari menyusida yig’ilgan.
    Faylni yaratish uchun “Создать” bandi mo’ljallangan. Bu bandni tanlagandan keyin, “ Создание документов ” oynasini ko’rish mumkin. Oynaning chap qismida hujjat yaratish shablon o’lchami toifasini ko’rsatishi kerak.
    Oddiy hujjatni yaratish uchun “Пустые и последние” varianti tanlanadi Shundan so’ng oynaning o’ng qismidagi “Новый документ” ni ajrating va “Создать” tugmasini bosing. Natijada ekranda “Документ - номер” nomli yangi bosh hujjat tasvirlanadi.
    Microsoft Word 2013 ning xususiyatlaridan yana biri - joriy hujjat asosida yangi fayl yaratishdir. Buning uchun “Из существующего документа” bandidan foydalanib, diskdan yangi fayl yaratish uchun, kerak bo’ladigan faylni olish mumkin. Bunda olingan faylning tarkibi yangi hujjatda joylashadi.
    Faylni yaratishning bunday usuli mavjud fayl asosida yangi hujjat yaratish uchun qulay hisoblanadi.

    Matnni formatlashning asosiy yo’llari


    Word dasturi matnni bir necha usullar bilan ajratishi mumkin. Buning eng oson yo’li sichqoncha bilan amalga oshirishdir. Agar siz klaviaturani ishlatmoqchi bo’lsangiz, u holda SHIFT tugmasini ushlab turing va kursor bilan boshqarish tugmalarini aralashtiring.
    Wordda matnni belgilashning maxsus rejimi mavjud. Bu rejimga o’tish uchun F8 tugmasini bosish kerak. Shundan so’ng kursorni boshqarish tugmasi yoki PageUp/ Page Down (SHIFTni ushlamay) larni bosish orqali matnni ajratish mumkin.
    Shuningdek, agar ixtiyoriy harfni yoki belgini tersak, unda shu tanlangan belgigacha matn ajratiladi. Ajratish rejimidan chiqish uchun Escape tugmasini bosish kerak.
    Shu tarzda keyingi so’zni ajratish uchun probelni, matnni yoki xat boshi (abzats) oxirigacha ajratish uchun Enter tugmasini bosish kerak. F8 tugmasini bir necha marta bosish bilan so’z, gap, abzats, hatto hamma matnni ajratish mumkin.

    Qo’shimcha formatlash paneli asboblarini tasvirlash quyidagicha amalga oshiriladi: asosiy menyuni chaqiring, “Параметры Word” tugmasini bosing va “Основной” bo’limidagi “Показывать мини-панель инструментов при выделении’^ bayroqcha o’rnating


    Abzatslarni formatlash “Абзац” guruhi yordamida amalga oshiriladi. Matn qatorlari orasidagi masofani berish uchun “Междустрочный интервал” tugmasi mo’ljallangan. Hosil bo’lgan ro’yxatdan qator orasidagi masofani olish zarur.
    Asosan, u birga teng - bu abzatsga bir xil oraliq o‘rnatilganligini bildiradi. Bu qiymatni boshqa qiymatlarga, ya’ni 1.5,2,3 va h.k.ga almashtirish mumkin.
    Bu yerda abzatslarni chapga, o’ngga, o’rtaga va uzunasiga to‘g‘rilash tugmalari mavjud. Ixtiyoriy abzatsni ajratib, unga chegara va bo’yash effektlarini qo’llash mumkin. Chegara - abzatsni belgilovchi yoki uning biror chegarasida joylashgan to‘g‘ri chiziqdir. Chegara turini o’rnatish uchun, “Граница” tugmasi mo‘ljallangan. Abzatsni ramkaga olish uchun, “Внешная граница” bandini tanlang. O’rnatilgan chiziqlarni “Нет границы” buyrug’i yordamida olib tashlash mumkin. “Заливка” tugmasi abzats joylashgan sahifaga fon rangini beradi. “Граница и заливка” tugmasini bosing va hosil bo’lgan menyuda biror nomli bandni tanlang. Natijada, chegara va bo’yashning qo’shimcha parametrlarini o’rnatish oynasi ochiladi.
    Kolontitulni o’zgartirish va olib tashlash
    Agar sizga ma’lum vaqtda kolontitulni, yuqori kolontitulni o‘zgartirish lozim bo’lsa, masalan, “ BcTaBKa” bandidagi “Колонтитула ” guruhidan “Верхний колонтитул ” tugmasini bosing va “ Изменить вставленную колонтитулу” bandini tanlang, yoki kolontitul sohasida sichqonchani ikki marta bosing. Kolontitullar “Удалить верхний колонтитул” va “Удалить нижний колонтитул” bandlari orqali olib tashlanadi.
    Sahifalarni raqamlash
    Word 2013da sahifalarni raqamlashning, tiniq sozlashning hamma kerakli jihozlari bor. Sahifani raqamlash quyidagicha amalga oshiriladi. “Вставкa” bandining “Колонтитулы” guruhidan “Номер страницы ” tugmasini bosing. Natijada, bir necha banddan iborat sahifaning raqami qo’yilish joyini aniqlovchi oyna paydo bo’ladi:

    • sahifa tepasiga;

    • sahifa pastiga;

    • sahifa maydoniga.

    Shundan so’ng, har bir bandda qo’yilgan raqamni imkoniyatli variantlar bilan rasmiylashtiruvchi galereya ochiladi (24-rasm).
    Hujjatga raqamlar asosan, birinchi sahifadan qo’yiladi. Bunda, arab raqamlari ishlatiladi. Bu parametrlarni o‘zgartirish uchun, “Номер страницы” tugmasini bosing va “Формат номеров страниц” bandini tanlang.



    12-rasm. Sahifa raqamini qo’yish.

    Natijada quyidagi vazifalarni bajaruvchi oyna hosil bo’ladi:



    • raqam formatini berish;

    • sahifa raqamiga bo’lim raqamini qo’yish uchun “Включить номер главы” ga bayroqcha qo’yish;

    • qaysi raqamlardan hisobot boshlanishi kerakligini “Нумерация страниц” soha yordamida aniqlash.

    Sahifa raqamlarining elementlari standart bloklardir, shuning uchun ularni
    bloklar kolleksiyasiga qo’shish mumkin. Buning uchun raqam qo’yib va hamma
    zarur parametrlarni sozlab, “Номер страницы” tugmasini bosing va “Вверху
    страницы - Сохранить выделенный фрагмент как номер страницы” yoki
    “Внизу страницы - Сохранить выделенный фрагмент как номер
    страницы” buyrug’ini bajaring. Sahifa raqamini “Удалить” bandi orqali olib
    tashlash mumkin. Faqat birinchi sahifaning raqamini olib tashlash uchun “Разметка
    страницы ” bandiga o’ting va “Параметры страницы” oynasini chaqiring. Unda “Макет” bandini oching va “Первой страницы” ga bayroqcha o‘mating(13-rasm).





    13-rasm. Birinchi sahifa raqamini olib tashlash, so’zlarni ko’chirish


    Hujjatni himoyalash


    Hujjatni o’zgartirishdan saqlash uchun, “Рецензирование” bandining “Защитить документ” tugmasini bosing va “Ограничить форматирование и редактирование” bandini tanlang . Hosil bo’lgan masalalar sohasida “Ограничить набор разрешенных стилей’^ bayroqchani o’rnating va “Настройки” da sichqoncha tugmasini bosing. Ochilgan oynada (28-rasm), hujjat bilan ishlaganda, keyingi ishlarda, qaysi rasmiylashtirish elementlari formatlanishini ko’rsating. Tahrir qilishni chegaralash uchun masalalar sohasida “Разрешить только указанный способ редактирование документа” ga bayroqcha o‘mating va ro’yxatdan “Запись исправлений” bandini tanlang. Shu tarzda, siz hujjatga izohni qo’yishga, matnni olib tashlashga, qo’yishga va aralashtirishga ruhsat berasiz. Sozlashni tugatib, “Да, включить защиту” tugmasini bosing.
    Hujjatlarni taqqoslash
    Word dasturi bir necha foydalanuvchi kiritgan o’zgarishli hujjatlarni taqqoslash imkoniyatiga ega. Bu inkoniyatdan foydalanish uchun “Редактирование” bandidan “Сравнить” tugmasini bosing (29-rasm).
    Agar siz to‘g‘rilashlarni, qo’shishni xohlasangiz, unda menyudan “Объединить” bandini tanlang . Hosil bo’lgan oyna asl-faylni va to’g’rilangan hujjatni, shuningdek qaysi hujjatda o’zgartirishlar tasvirlanishini ko’rsatadi.


    Tavsiya etiladigan adabiyotlar

    1. O’zbеkiston Rеspublikasi «Axborotlashtirish to’g’risida»gi qonuni «Xalq so’zi» 2004

    2. O’zbеkiston Rеspublikasi «Еlеktron xujjatlar aylanishi to’g’risida»gi qonuni «Xalq so’zi» 2004

    3. O’zbеkiston Rеspublikasi oliy ta'limining mе'yoriy xujjatlari.T:2002, 138 b.

    4. M.M. Aripov, J.O’. Muhammadiyev. Informatika, information texnologiyalar.
    5. Toshkent 2005- y. 63-77 betlar.
    6. Qodirov Sh.I. va boshqalar . Informatika fanidan o’quv qo’llanma. Toshkеnt
    2005 y. 31-36 bеtlar.


    Download 330,19 Kb.
    1   2   3




    Download 330,19 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Matn protsessorlarining xususiyatlari

    Download 330,19 Kb.