|
Matn turlari va tarkibi reja: Publitsistik uslub va uning xususiyatlari
|
bet | 4/4 | Sana | 18.11.2023 | Hajmi | 60,5 Kb. | | #101098 |
Bog'liq MATN TURLARI VA TARKIBIRezyume- Rezyume fransuzcha “résumé” so'zidan kelib chiqqan va sodda qilib aytganda qisqacha izoh ma’nosini bildiradi. Rezyume ishga topshirayotgan inson to'g'risida ma’lumotni taqdim etadi, ya’ni uning ismi, ma’lumot darajasi, ish tajribasi, qizishlari
TESTLAR
1. Mazmun belgisiga koʼra matn tiplari qaysi qatorda toʼgʼri berilgan?
*А.Hikoya mazmunli matn, nasihat mazmunli matn, tasviriy matn, xabar mazmunli matn.
B. Mikromatn, makromatn, gipermatn, minimal matn, maksimal matn.
D. Minimal matn; maksimal matn, nasihat mazmunli matn.
E. Minimal matn, oʼrta matn, xabar mazmunli matn, argumentli matn.
2. Hajm belgisiga koʼra matnning uch tipi mavjudligi haqidagi fikr qaysi asarda berilgan?
*А. «Matnning lingvistik tahlili».
B. «Аdabiyotshunoslik asoslari».
D. «Badiiy matnning lisoniy tahlili».
E. «Tekst lingvistikasi».
3. Qaysi qatorda maksimal matn berilgan?
*А. «Oʼtkan kunlar».
B. «Naʼmatak» (Oybek).
D. «Tilla baliqcha» (А.Oripov).
E. «Sadoqat» (Oʼ.Hoshimov).
4. Qaysi qatorda minimal matn hisoblanadigan asar berilgan?
*А. «Naʼmatak» (Oybek).
B. «Ikki eshik orasi» (Oʼ.Hoshimov).
D. «Bobur» (P.Qodirov).
E. «Oʼtkan kunlar».
5. Qaysi qatorda abzats komponentlari toʼgʼri berilgan?
*А. Xabarning boshlanishi, rivojlantirilishi, yakunlanishi, xulosa yasash.
B. Qisqa xabar, bogʼlovchilar, xabar shakllari, xulosa.
D. Qisqa xabar, bogʼlovchilar, xabarning toʼldirilishi, xulosa.
E. Qisqa xabar, toʼliq xabar, mavzu, reja.
6. Tema-rematik munosabat toʼgʼri belgilangan gapni toping.
*А. Ukamga // tugʼilgan kunida kitob sovgʼa qildim.
B. Ukamga tugʼilgan kunida // kitob sovgʼa qildim.
D. Ukamga tugʼilgan kunida // kitob // sovgʼa qildim.
E. Ukamga tugʼilgan kunida kitob sovgʼa // qildim.
7. Qaysi gapda tema-rematik munosabat toʼgʼri belgilangan?
*А. Bugun // fakultetimizda shoirlar bilan uchrashuv boʼladi.
B. Turgʼun bugun darsga // kelmadi..
D. Havo isib daraxtlar // kurtak yoza boshladi.
E. Turgʼun betobligi uchun // darsga kelmagan ekan.
8. Oʼzgarmas temali bogʼlanish qaysi gapda berilgan?
*А. Аlisher darsga kelmadi. Shanbalikda ham qatnashmadi. Bayram tantanasida ham, teatrda ham koʼrinmadi.
B. Bahor bu yil har qachongidan erta keldi. Daraxtlar ham shunga monand erta kurtak yozdi. Darslarim bugun erta tugadi.
D. Bu xotin butun kecha boʼyi juda tinch va xotirjam uxlaganga oʼxshaydi.
Аsrlar birma-bir oʼtar va axir, Yuksalar qarshimda eng baxtli odam.
E. Qishloqda hamma uni Vali togʼa deydi.
9. Izchil tema-rematik bogʼlanish qaysi gapda misol berilgan?
*А. Qoʼshnimga oʼgʼli mashina olib berdi. Mashinasi kumushrang «Mersedes» ekan. «Mersedes»ni koʼrganlarning koʼzlari qamashadi.
B. Sevgi - ilohiy kuch. Qalbida muhabbat tuygʼusi bor odam razillik qilmaydi. Dunyo shunday ekan. Dod solishdan nima maʼno?
D. Ilk muhabbat bahor osmonidagi bulutga oʼxshaydi. Oppoq. Pokiza. Shaffof.
E. Erkak bilan ayol munosabatida aybni nuqul erkakdan izlash insofdan emaD. Sham yonmasa, parvona yaqin kelmaydi.
10. Qaysi matn tipida «muallif yoki asar qahramoni oʼzi boshidan oʼtkazgan, eshitgan, oʼqigan yoki guvoh boʼlgan biror bir voqeani hikoya qilib beradi» ?
*А. Hikoya mazmunli matnda.
B. Tasviriy matnda.
D. Nasihat mazmunli matnda.
E. Hissiy ifoda mazmunli matnda.
|
| |