|
Matnning lingvistik tahlil qilish Reja
|
bet | 2/8 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 144,48 Kb. | | #241098 |
Bog'liq Karimova Sayyora Badiiy nutq yozma formada nomoyon bo`ladi. Uning og`zaki ko`rinishi esa (aktyor yoki biron kimsa tomonidan o`qilgani) yozma formaga nisbatan ikkilamchi yoki bevosita xarakterga ega. Bu forma matn o`qiyotgan shaxs bilan chambarchas bog`liq bo`lib, uning o`zgarishi bilan u xam o`zgaradi. Badiiy nutqning birligi yoki boshqacha qilib aytganda mezoni- bu tugal xabar ifodalovchi bir butun, badiiy jixatdan nixoyasiga yetgan asardir. Tildagi mavjud xar qanday funktsional uslub tomonidan ifoda etilayotgan xabar kabi badiiy asar matnni ham nutq aktining birin-ketin keluvchi tanlam majmuasi deb qarash mumkin. Bu esa o`z navbatida bir qator obektiv va subektiv, shaxsga aloqador bo`lgan faktorlar bilan izohlanadi. Tilga olib o`tilgan faktorlarning tasiri ko`proq ikki xil nutq doirasida, yani xar kungi og`zaki va badiiy nutqda namoyon bo`ladi. Bu ikki xil nutqning birinchisi, situasiya bilan, norasmiyligi bilan xarakterlansa, ikkinchi g`oyaviy-estetik yo`nalishi va asr xamoxangligi bilan xarakterlanadi. Badiiy ijod-bu borliqni inson tomonidan aloxida olingan maxsulidir. Badiiy nutq stilistikasi ya'ni uslubi uchun muallif tomonidan ishlayotgan til vosita va to`qimalarning o`ziga xosligi, individualligini hamda ularni qay yo`sinda namoyon bo`lishi muximdir. - Badiiy nutq stilistikasi ya'ni uslubi uchun muallif tomonidan ishlayotgan til vosita va to`qimalarning o`ziga xosligi, individualligini hamda ularni qay yo`sinda namoyon bo`lishi muximdir.
- Matnning lingvistikasi uchun esa, matnni tashkil etuvchi kategoriyalar va ularning tarkibi hamda bu kategoriyalarni matn ichidagi o`zaro hamkorligi va ma'lum maqsadga yo`naltirilganligi, matnning tipologiyasini yaratish, qolaversa, bu tipologiya ichida badiiy matnni o`rnini aniqlash kabi masalalar muximdir.
- Matn tilshunoslik, tabiatshunoslik, umuman filologiya fanining tekshirish ob'ekti sanaladi. Bir matn tilshunoslik fani nuqtai-nazaridan tekshirilar ekan, diqqat adabiy til yaruslari-leksik, fonetik, morfologik va sintaktik birliklaridan qay darajada foydalanganliklariga qaratiladi.
- Adabiyotshunoslik nuqtai nazaridan esa matnning janr xususiyatlari shakl va mazmun syujet va kompozisiya, uslub va uslubiy vositalardan foydalangan xolda matnda davr ruxini obrazlar va til shakllari vositasida qanday aks ettirilganligi tahlil qilinadi.
|
| |