• Sovuq oldirishning III darajasida
  • Sovuq oldirishning IV darajasi
  • Sovuq oldirishning II darajasi




    Download 30,52 Kb.
    bet2/4
    Sana13.06.2024
    Hajmi30,52 Kb.
    #263110
    1   2   3   4
    Bog'liq
    Mavzu 17 «Sovuq olish».

    Sovuq oldirishning II darajasi teri yuza qatlamlarining nekrozi bilan yuzaga chiqadi. Isitishdan so’ng shikastlangan kishining oqargan terisi to’q qizil-ko’kimtir tusga kiradi, tezda to’qimalar shishib rivojlanib, sovuq urgan joy atrofiga ham tarqaladi. Sovuq urgan sohada tiniq yoki oq rangli suyuqlik bilan to’lgan pufakchalar hosil bo’ladi. Shikastlangan sohada qon aylanishi asta-sekin tiklanadi, terida sezuvchanlikning buzilishi uzoq vaqtgacha saqlanib qolishi mumkin, biroq ayni vaqtda birmuncha og’riq bo’lishi qayd qilinadi.
    Sovuq urishining bu darajasida umumiy hodisalar ro’y beradi: tana harorati ko’tariladi, et junjikadi, ishtaha va uyqu yomonlashadi. Ikkilamchi infektsiya rivojlanmasa, shikastlangan sohada terining nekrozga uchragan yuza qatlamlari granulyatsiya va chandiq hosil qilmay asta-sekin (15-30 kunda) ko’chib tushadi. Bu joydagi teri uzoq vaqtgacha ko’kimtir, sezuvchanligi past bo’lib qoladi.
    Sovuq oldirishning III darajasida qon ta'minotining buzilishi (tomirlar trombozi) terining hamma qavatlari va yumshoq to’qimalarning har xil chuqurlikda nek­rozga uchrashiga olib keladi. Bunda nechog’li chuqur shikastlanganlik asta-sekin aniqlanadi. Dastlabki kunlari teri nekrozi qayd qilinadi: gemorragik va to’q qo’ng’ir rangli suyuqlik bilan to’lgan pufakchalar paydo bo’ladi. Terining nekrozga uchragan qismi atrofida yallig’langan gardish (demarkatsion chiziq) paydo bo’ladi. Chuqur to’qimalarning shikastlari 3-5 kun o’tgach, avj olayotgan nam gangrena ko’rinishida aniqlanadi. To’qimalarning sezuvchanligi butunlay yo’qoladi, biroq bemorlar azob beradigan og’riqdan nolishadi.
    Sovuq urishining bu darajasida umumiy hodisalar bir muncha ko’p yuzaga chiqadi. Intoksikatsiya bemorning qattiq titrab-qaqshashi va terlashi, kayfiyatining bu­zilishi, atrofdagi hodisalarga befarq qarashida ko’rinadi.
    Sovuq oldirishning IV darajasi to’qimalar­ning hamma qatlamlari, jumladan, suyaklarning ham jonsizlanishi bilan xarakterlanadi. Bunday chuqur sovuq urishda tananing shikastlangan qismini isitib bo’lmaydi, u sovuqligicha qoladi va hech narsani sezmaydi. Teri qora suyuqlik bilan to’lgan pufaklar bilan qoplanadi. Shikastlanish chegarasi asta-sekin aniqlanadi. Ro’y-rost demarkatsion chiziq 10-17 kun o’tgach paydo bo’ladi. Shikastlangan zona tezda qorayadi va quriy boshlaydi (mo’miyolanadi). Nekrozga uchragan sohaning ko’chib tushish protsessi ko’pga cho’ziladi (1—2 oy), jarohat juda sekin bitadi.
    Bu davrda bemorning umumiy ahvoli yomonlashadi, organlarda distrofik o’zgarishlar kuzatiladi. Doimiy og’riq va intoksikatsiya bemorni holdan ketkazadi, qon tarkibi o’zgaradi, bemorlar boshqa kasalliklarga tezda chalinadigan bo’lib qoladilar.

    Download 30,52 Kb.
    1   2   3   4




    Download 30,52 Kb.