|
Sovuq oldirishda birinchi yordam
|
bet | 3/4 | Sana | 13.06.2024 | Hajmi | 30,52 Kb. | | #263110 |
Bog'liq Mavzu 17 «Sovuq olish».Sovuq oldirishda birinchi yordam. Birinchi yordam shikastlangan kishini va ayniqsa tanasining sovuq urgan qismini zudlik bilan isitishdan iborat. Sovuq urgan bemorni imkon boricha issiq xonaga olib kirish kerak. Avvalo, tananing sovuq urgan qismini isitish, unda qon aylanishini tiklash lozim.
Bunga sovuq urgan sohani spirtga ho’llangan toza qo’l bilan, ba'zan ancha vaqtgacha massaj qilish yo’li bilan erishiladi. Terida sezuvchanlik tiklanishi bilan ishqalashni to’xtatish mumkin. Tananing sovuq urgan qismlarini qor bilan ishqalash mumkin emas, chunki bu sovuq urishini kuchaytiradi, qor zarrachalari esa terini shikastlaydi, bu hol sovuq urgan sohaga infektsiya tushishiga imkon beradi. Terida shish va pufakchalar bo’lganda uni ishqalash va massaj qilish mumkin emas. Bunday hollarda issiq vannalar yordamida isitish lozim. Suv haroratini 20-30 minut ichida asta-sekin 20° dan 40°C gacha oshira borish mumkin. Bunda sovuq urgan joyni sovun bilan kirdan tozalash kerak.
Vannadan va ishqalashdan so’ng shikastlangan sohani quritish (artish), steril bog’lam bog’lash va issiq qilib o’rab-chirmash kerak. Sovuq urgan sohalarga yog’ va malhamlar surtmaslik kerak, chunki bu keyinchalik ularni birlamchi tozalashni ancha qiyinlashtiradi.
Shikastlangan kishini umuman isitish bo’yicha tadbirlar birinchi yordam ko’rsatishda katta ahamiyatga ega. Bemorlarga issiq kofe, choy, sut beriladi. Sovuq urgan kishini tibbiyot muassasasiga tez yetkazish ham birinchi yordam hisoblanadi. Uni transportda olib borishda yana sovqotishiga yo’l qo’ymaslik kerak. Butun organizmni qattiq sovuq urganda umumiy muzlash ro’y beradi. Umumiy sovqotish va muzlash kuch-kuvvatini yo’qotib, yo’lda adashib qolgan, kasalliklardan tinka-madori qurigan yoki juda oriqlab ketgan kishilarda ro’y beradi. Ko’pincha qattiq mastlik holatida bo’lgan shaxslar muzlab qolishadi.
I
Umumiy sovqotish avj olayotgan vaqtda avvaliga charchoqlik, karaxtlik, uyquchanlik sezgisi paydo bo’ladi. Tana harorati bir necha gradusga pasayganda behushlik holati yuz beradi. Shunday holatda sovuq ta'sirining davom qilishi tezda nafas olish va qon aylanishining to’xtashiga olib keladi.
|
| |