• Isitish tizimini turkumlari
  • 3-Mavzu: Isitish to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar. Issiqlik tashuvchilar




    Download 162,71 Kb.
    bet1/3
    Sana06.12.2023
    Hajmi162,71 Kb.
    #112224
      1   2   3
    Bog'liq
    Mavzu —3


    3-Mavzu: Isitish to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar. Issiqlik tashuvchilar
    Har qanday isitish tizimi yilning sovuq mavsumi bino xonalarida, texnologik jarayonlar talabiga javob beradigan, komfort sharoitlarga mos tushadigan berilgan zaruriy harakatni ta’minlashi kerak.
    Xonaning vazifasiga ko‘ra issiqlik rejimi doimiy yoki o‘zgaruvchan bo‘lishi mumkin. Umumiy isitish davri davomida: turar-joy, uzluksiz rejimi ishdagi sanoat korxonalarida, bog‘cha va kasalxonalarda, mehmonxona va sanatoriy binolarida doimiy issiqlik rejimi saqlanishi lozim.
    Isitish tizimining quvvatini aniqlash uchun yo‘qolgan issiqlik bilan hisobiy rejimda tushgan issiqlik oqimi taqqoslanadi, taxlil qilishda qulay bo‘lishi uchun issiqlik balansini tashkil etuvchilar qiymatini maxsus jadvalga tushiriladi. Umumiy issiqlik oqimi yoki yo‘qolgan issiqlik xonaning issiqlik balansida issiqlikning kamligini yoki ortiqcha issiqlik borligini ko‘rsatadi. Agarda issiqlik yo‘qolishi tushayotgan issiqlik oqimidan ko‘p bo‘lsa, unda xonalarni isitish lozim.
    Isitish tizimining issiqlik quvvati xonadagi issiqlikning kamligini qoplash uchun quyidagicha hisoblanadi:
    Q is.t = ∑Qyo‘q – ∑Qtushgan (1.7)
    bu yerda:
    Q is.t - isitish tizimining hisobiy quvvati, Vt;
    ∑Qyo‘q – xonadagi to‘siq konstruksiyalari orqali yo‘qolgan issiqlik, Vt;
    ∑Qtushgan – xonaga tushadigan issiqlik oqimi, Vt.
    Isitish tizimini turkumlari

    Hozirgi kunda ko‘p qavatli turar joy va jamoat binolarini isitish uchun suvli pastki tarmoqli bir quvurli isitish tizimlardan foydalanilmoqda. Mazkur isitish tizimlari respublikaning yirik shaxarlarida, ayniqsa Toshkent shahrida juda keng tarqalgan bo‘lib, ularda binoning turli qavatlarida joylashgan xonalarning isitish asboblari P-simon tirgaklar yordamida yerto‘lada yotqizilgan magistral quvurlarga ulangan. Isitish tizimi esa o‘z navbatida binoning kiritish tuguni orqali shaharning ikki quvurli ochiq issiqlik tarmoqlariga bevosita bog‘liq bo‘lgan chizmasi bilan ulangan. Bunday tizimlardan foydalanishning ko‘p yillik tajribasi ularning quyidagi kamchiliklarga ega ekanligini ko‘rsatadi:


    1) yilning o‘tish davrida xonalarning ortiqcha isitib yuborilishi, sovuq kunlarda esa suv aylanishini yaxshilash maqsadida uni iste’molchilar tomonidan tarmoqdan to‘kib yuborilishi natijasida, issiqlikni 30 dan 50% gacha ortiqcha sarflanishi;
    2) issiqlik tarmoqlarga isitish tizimini bevosita ulanishi natijasida P-simon quvurlarni vaqt o‘tishi bilan tiqilishi va bino bo‘yicha xonalarni notekis isitish;
    3) isitish asboblarida rostlash moslamalari yo‘qligi sababli, xonalarda kerakli temperaturani ta’minlab bo‘lmasligi va boshqalar.
    Yuqorida qayd etilgan kamchiliklar zamonaviy suv bilan isitish tizimlarida turli xil yo‘llar bilan bartaraf etiladi. Ularni shartli ravishda uchta guruxga ajratish mumkin:
    1. Isitish tizimining chizmasini tubdan o‘zgartirish, ya’ni, yangi prinsipial chizmalarga, yangi issiqlik manbalarga va boshqa yangi texnologik yechimlarga o‘tish.
    2. Isitish tizimlarining chizmalarini qisman o‘zgartirish, yangi zamonaviy jihozlar bilan jihozlash natijasida salmog‘ini oshirish.
    3. Isitish tizimlarining chizmalarini o‘zgartirmasdan turib ularni faqat zamonaviy isitish jihozlari, armatura va quvurlar bilan jihozlash.
    Bu sohada chet el tajribasidan foydalanish maqsadida 1999-2001 yillarda Toshkent shahrida Tacis yo‘nalishi bo‘yicha zamonaviy isitish tizimlari bilan jihozlangan bitta ko‘p qavatli turar joy binosi (Chexova ko‘chasi,30), so‘ngra 11-ta binodan iborat bo‘lgan turar joy mavzesi (Qo‘yliq-2)da tajribaviy namoyish loyihalari EUZ9602 va EUZ9802 amalga oshirildi.
    Chexov ko‘chasi 30 turar joy binosida isitish tizimlarining yangi texnologik yechimlari sinaldi:
    -binoning tomonlari bo‘yicha rostlanuvchi isitish tizimi;
    -mahalliy bir nechta xonadonlarga mo‘ljallangan yangi gaz qozonlar bilan jihozlangan isitish tizimi;
    -yakka xonadonlarni isitish tizimlari;
    -quyosh energiyasidan foydalanadigan isitish tizimlari.
    Sinovlar mahalliy bir nechta xonadonga xizmat ko‘rsatadigan isitish tizimlari va quyosh energiyasidan foydalanadigan tizimlar uning yuqori texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarga ega ekanligini ko‘rsatadi. Lekin bu tizimlardan keng miqyosda foydalanish amaldagi tizimlarni qayta qurish uchun juda katta mablag‘ sarflanishini talab etadi.
    O‘tkazilgan tajribalar issiqlik energiyasini tejamkorligi bo‘yicha 2- variant eng yuqori o‘rinda, so‘ngra 1-variant va oxirida 0-variant ekanligini ko‘rsatdi.
    Xonaning mikroiqlimini sanitariya-gigienik nuqtai nazaridan aniqlovchi isitish tizimlariga quyidagi talablar qo‘yiladi:

    • Xonaning barcha nuqtalarida, tashqi devor yuzalarida va isitish asboblarida temperatura KMK da ko‘rsatilgan chegaralarda ushlab turiladi;

    • Istish tizimlarini loyihalash, qurish va ulardag foydalanishi jarayonida sarf xarajatlar kamaytiriladi;

    • Isitish asboblari qurilish konstruksiyalari bilan uyg‘unlashtiriladi;

    • Yig‘uv ishlarini industrial usullar yordamida bajarish va unifikatsiyalangan tugunlar ko‘llaniladi;

    • Foydalanish jarayonida: shovkinsiz, xavfsizlik, mustaxkamlik, foydalanishda esa soddalik va qulaylik ta’minlanadi;

    • Estetik talablari: xonaning ichki bezagi bilan xil tushishi, isitish tizimi kam yuzani egallashi inobatga olinadi;

    • Xona intereri bilan isitish tizimining uyg‘unlashuvi va imkon kadar kam joyni egallashi ko‘zda tugiladi. Isitish tizimi – kompleks majmualardan tashkil topgan bo‘lib, isitiladigan xonalarga zaruriy issiqlik sarfini uzatish, eltish va ishlab chiqishga mo‘ljallangan.

    Har qanday isitish tizimi 5 ta asosiy elementdan tashkil topadi. 1-issiqlik almashtirgich (issiqlik generatori); 2-birlamchi issiqlik tashuvchisini uzatilishi (yoqilg‘ini); 3-uzatuvchi magistral quvurlar; 4-isitish asbobi; 5-qaytuvchi magstral quvurlar.



    Download 162,71 Kb.
      1   2   3




    Download 162,71 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    3-Mavzu: Isitish to‘g‘risida umumiy ma’lumotlar. Issiqlik tashuvchilar

    Download 162,71 Kb.