|
Isitish tiziming prinsipial sxemasi
|
bet | 2/3 | Sana | 06.12.2023 | Hajmi | 162,71 Kb. | | #112224 |
Bog'liq Mavzu —3Isitish tiziming prinsipial sxemasi
1-issiqlik almashtirgich (issiqlik generatori); 2-birlamchi issiqlik tashuvchisini uzatilishi (yoqilg‘ini); 3-uzatuvchi magistral quvurlar; 4-isitish asbobi; 5-qaytuvchi magistral quvurlar.
Isitish tizimlari quyidagi turkumlarga bo‘linadi:
Asosiy elementlarning o‘zaro joylashishi bo‘yicha mahaliy va markaziy.
Issiqlik eltuvchining turiga qarab: suv va bug‘, havoli isitish tizimlari mavjud.
Issiqlik eltuvchining harakatlanish usuliga qarab: markaziy, mahaliy, suv va havo bilan tabiiy (issiq va sovuq, suv zichliklarining farqi hisobiga harakatlanuvchi), sun’iy nasosni ishlashi natijasida suvning majburiy harakatlanishi ta’minlanadi.
Issiqlik tashuvchining markazlashgan issiq suv va bug‘ yordamida isitish tizimlari. 100oS gacha isitilgan past temperaturali, 100oS dan yuqori isitilgan, yuqori temperaturali, past bosimli (R=0.1-0.17MPa), yuqori bosimli (R=0.17-0.3MPa) – bug‘li isitish tizimlari bo‘lishi mumkin.
Isitish tizimida issiqlik tashuvchi sifatida, issiqlik energiyasini yaxshi akkumulyatsiya qila oladigan va teplotexnik xususiyatlarini o‘zgartira oladigan, harakatlanuvchi, arzon xonadagi sanitariya holatini yomonlashtirmaydigan, uzatiladigan issiqlikni sozlash xususiyatiga ega bo‘lgan har qanday muhit bo‘la oladi. Undan tashqari, issiqlik tashuvchi isitish tizimidagi talablarga javob beradigan bo‘lishi kerak.
Yuqorida aytilganidek, isitish tizimida issiqlik tashuvchi sifatida suv, suv bug‘lari va havo ishlatiladi.
Isitish tizimining konstruksiyasiga va ishlashiga ta’sir ko‘rsatadigan issiqlik tashuvchilarning asosiy fizik xususityalari 1.2-jadvalda keltirilgan.
Isitish tizimidagi issiqlik tashuvchilarning asosiy xususiyatlari
1.2-jadval
|
| |