|
Lens qonuni. Faradey qonuni
|
bet | 2/5 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 183 Kb. | | #242834 |
Bog'liq 12 Elektromagnit induksiya O’zinduksiya O’zaroinduksiyaLens qonuni. Faradey qonuni.
Magnitning shimoliy qutbini g'altakdan uzoqlashtirilganda (1-rasm) kontur orqali o'tayotgan magnit induksiya oqimi kamayadi. Bu kamayishini oldini olish 2-rasm uchun induksiya tokining xususiy maydoni, endi asosiy tokning maydoniga mos yo'nalishi kerak. Bunda parma qoidasiga muvofiq induksion tok soat strelkasi yo'nalishida bo'ladi. Shunday qilib. yuqoridagilardan xulosa qilib. Lens qoidasini yana ham soddaroq ta'riflash mumkin: Yopiq konturda hosil bo'lgan induksion tok shunday yo'nalganki, induksiyalovchi magnit oqim ko'payayotganda induksion tokning xususiy magnit oqimi uni kamaytirishga va aksincha, kamayayotganda uni ko'paytirishga intiladi.
Endi umumiyroq holdan foydalanib induksion elektr yurituvchi kuchni aniqlaylik. EYuK ε bo'lgan manbaga ulangan ixtiyoriy shakldagi kontumi magnit maydoniga joylashtiraylik.
Bu manbaning dt vaqt ichidagi bajargan to'liq ishi:
A=ε Idt (1)
bo'ladi. Bu ishning bir qismi elektr qarshiligi R bo'lgan konturdan Joul issiqligi (Q) sifatida ajralib chiqadi:
A1 =Q = I2Rdt (2)
ikkinchi qismi esa magnit maydonidagi tokli konturni bir vaziyatdan boshqa vaziyatga ko'chirishda sarf bo'ladi. Bunda bajarilgan ish :
A2 =IdФ (3)
teng bo'ladi. Energiyaning saqlanish qonuniga asosan:
A = A1 + A2
yoki ε Idt = I2Rdt + IdФ (4)
Bu tenglamaning har ikki tomonini Idt ga hadlab bo'lsak:
ε = IR + dФ/dt bundan
I= (5)
Bu ifodani EYuK ε bo'lgan tok manbaidan tashqari, yana kontur bilan chegaralangan yuza orqali o'tuvchi magnit induksiya oqimining o'zgarishi tufayli paydo bo'lgan qo'shimcha EYuK li kontur uchun Om qonuni ifodasi deb qarash mumkin. Ana shu qo'shimcha EYuK induksiya elektr yurituvchi kuchidir:
ε = - dФ/dt
Shunday qilib, Faradey xulosasiga muvofiq induksiya elektr yurituvchi kuchi magnit induksiya oqimining o'zgarish tezligiga proporsional bo'lib chiqdi. Bu ifodani Faradey -Maksvell qonuni deb ataladi. Faradey -Maksvell qonuni kontur yuzi orqaii o'tuvchi magnit oqimining har qanday o'zgarishi uchun o'rinlidir. Induksiya elektr yurituvchi kuchining SI dagi birligi kelib chiqadi. Demak, kontur yuzi orqaii o'tuvchi magnit oqim 1 Vb/s tezlik bilan o'zgarsa, konturda vujudga kelayotgan induksiya elektr yurituvchi kuchi 1 V (Tl*m2/c) ga teng bo'ladi.
|
| |