• Namoyish qilish grafikasi
  • Injenerlik grafikasi
  • Ilmiy grafika
  • Kompyuter grafikasining quyidagi turkumlarini ajratib ko’rsatish mumkin




    Download 14,04 Kb.
    bet3/5
    Sana14.01.2024
    Hajmi14,04 Kb.
    #137097
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Mavzu Grafik axborotlarni tasvirlash asoslari Kompyuter grafik-fayllar.org

    Kompyuter grafikasining quyidagi turkumlarini ajratib ko’rsatish mumkin:
    tijoratga oid
     namoyishlarga oid
     muhandislikka oid
    ilmiy
     ko’rgazmaviy
     animatsion
    Tijoratga oid grafika elektron jadvallarda yoki berilganlar bazasidagi axborotlarni aks ettirish uchun xizmat qiladi. Bu axborotlar ShEHM monitor ekranida grafik, gistogramma, diagramma va xoxlagan boshqa ko’rinishlarda aks ettirilishi mumkin. Bunda grafiklar matn izohlari va ma`lum joylarda shartli belgili izohlar bilan ta`minlanadi.
    Tijorat grafikasiga tegishli bo’lgan amaliy dasturlar paketi tasvirni ekranda tezda va qulay ifodalashga qaratilgan, chunki tijorat-chining asosiy maqsadi axborotlarni qayta ishlash jarayonidagi o’zgarishlarni tezda muhokama qilib, tegishli qarorlar qabul qilishdan iboratdir. Tasavvurni yanada oshirish uchun ushbu paketlarda tasvirni turli xildagi grafika shaklida tasvirlash imkoniyati kiritilgan. Bu esa o’z navbatida barcha turdagi tasvirlarni ekranda birgalikda ko’rib, tahlil qilish imkoniyatini oshiradi. Bu paketlarning eng ahamiyatli tomoni shundaki, ular tasvirlarni turli xil shaklda berishdan tashqari aks ettirilgan grafikalarni tahlil qilish imkoniyatini ham beradi. Shu sababli bu paketlarga turli xil matematik tahlil usullari, jumladan statistik tahlil, ehtimollar nazariyasi, iqtisodiy jarayonlar bashorati kabi usullar kiritilganki, ular berilgan axborot to’plamini tahlil qilish imkonini beradi.
    Namoyish qilish grafikasi - matn, sxema, eskiz kabi hujjatlarni mashinaviy tasvirini hosil qilib uni namoyish etishga tayyorlash uchun xizmat qiladi. Bu erda eng asosiy vazifa - yuqori sifatli va chiroyli ko’rinishdagi tasvirlar hosil qilishdan iborat. Bu turdagi grafikalarning eng afzal tomoni shundaki, undagi tasvirlar to’plami va ko’rinishini tezda o’zgartirish mumkin.
    Injenerlik grafikasi - bunday grafika chizmachilik, loyihalash va konstruktorlik ishlarini avtomatlashtirishda keng qo’llaniladi. Injener-lik grafikasi analiz, sintez, modellashtirish, chizmachilik, boshqarish va shu kabi loyixalashni ishlarini avtomatlashtirishning hamma bosqichlarini o’z ichiga oladi.
    Ilmiy grafika - ilmiy izlanishlar uchun xizmat qiladi va geografik, fizik, biologik va boshqa jarayonlarni tadqiq qilishda qo’llaniladi. Ilmiy grafikaning eng asosiy maqsadi ilmiy izlanishlarda hosil bo’ladigan axborotlarni vizuallashtirish -ko’zga ko’rinarli shaklda ifodalashdir. Ayniqsa bu yo’nalish atom energiyasi manbalarini tadqiq qilishda, kosmonavtika, samolyotsozlikda, geografiyada va okeanologiyada - xulas qamrovi katta bo’lgan, tez kechadigan jarayonlarni o’rganishda juda keng qo’llaniladi. Shuningdek, ilmiy izlanishlar natijalarini kerakli shaklda diagrammalar, xaritalar, jadvallar va turli matematik formulalar shaklida tasvirlashdaishlatilishi mumkin.

    Download 14,04 Kb.
    1   2   3   4   5




    Download 14,04 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kompyuter grafikasining quyidagi turkumlarini ajratib ko’rsatish mumkin

    Download 14,04 Kb.