• Rastli grafika
  • Mavzu : Grafik axborotlarni tasvirlash asoslari Kompyuter grafikasining turlari




    Download 14,04 Kb.
    bet1/5
    Sana14.01.2024
    Hajmi14,04 Kb.
    #137097
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    Mavzu Grafik axborotlarni tasvirlash asoslari Kompyuter grafik-fayllar.org


    Mavzu : Grafik axborotlarni tasvirlash asoslari Kompyuter grafikasining turlari Turkumlari va har XIL ko’rinishlari

    Mavzu : Grafik axborotlarni tasvirlash asoslari
    1.Kompyuter grafikasining turlari
    2.Turkumlari va har xil ko’rinishlari.
    Kompyuter grafikasi uch turga bo’linadi: rastli grafika, vektorli grafika va Fraktal grafika. Ular bir-biridan monitor ekranida tasvirlanishi va qog’ozda bosib chiqarilishi bilan farqlanadi.
    Rastli grafika. Rastli grafikada tasvir nuqtalar (kog’ozda), piksellar (nuqtalar ekranda shunday deb ataladi) yordamida hosil qilinadi. Tabiiyki, nuqtalar soni qancha ko’p bo’lsa (ular zich qilib joylashtirilsa), unga asoslangan rasm, shakl, grafik va hokazolar shuncha aniq ko’rinib turadi. Shu munosabat bilan ekranning ruxsat etish qobiliyati tushunchasi kiritilgan bo’lib, unda gorizontal va vertikal yo’nalishlardagi nuqtalar soni muhim ahamiyatga ega va u ekranning ruxsat etish imkoniyati deyiladi.
    Odatda, bunday ko’rsatkich 640x480, 800x600, 1024x768 yoki bulardan yuqori piksellarda beriladi. Tasvir o’lchovi ruxsat etish qobiliyati bilan bog’liqdir. Bu parametr dpi(dots per inch-nuqtalar soni zichligi) bilan o’lchanadi. Ekran dioganali 15 dyuymli (1dyuym=2,54 sm) monitorda tasvir o’lchovi 28x21 sm ni tashkil qiladi. Buni hisobga olsak, 800x600 pikselli monitor ekran ining tasvirlash qobiliyati 72 dpi ga teng bo’ladi. Demak, kompyuter xotirasidagi rangli tasvir ko’p joy olinishini tushunish qiyin emas. Misol uchun 10x15 sm li rasm taxminan 1000x1500 piksellardan iborat bo’ladi.
    Agar har bir rangli nuqtani tasvirlash uchun 3 bayt xotira ishlatilishini hisobga olsak, bitta o’rtacha kattalikdagi rasmning o’zi xotirada taxminan 4 mln. bayt joyni egallaydi. Bunday ma`lumot, xususan, Internet sahifalarini yaratishda e`tiborga olinishi zarur. Shuning uchun ham hozirgi kunda yaxshi multimedia dasturlarini, videorolikni yaratish uchun operativ xotirasi 128 Mbaytdan kam bo’lmagan va mos ravishda, tezligi katta bo’lgan kompyuterlardan foydalanish maqsadga muvofiq.
    Demak, rastli grafika bilan ishlash uchun yuqori unumli kompyuter talab qilinadi.
    Rastli grafikaning kamchiligi sifatida shuni aytish mumkinki, tasvirni mashtablashtirish (kattalashtirish, kichiklashtirish) jarayoni natijasida nuqtalar o’lchovi kattalashishi bilan tasvir aniqligi yomonlashishi mumkin va hatto, tasvir tanib bo’lmaydigan darajada o’zgarishi mumkin.
    Rastli grafika elektron (multimedia) va matbaa nashrlarida keng qo’llaniladi. Nashrlarda turli illyustratciyalarni yaratishda, odatda, skaner orqali olingan raqamli foto yoki videokamera (hozirda bunday fotoapparat va videokameralar keng tarqalgan) yoki rassom, loyihachi tomonidan tayyor-langan tasvirlardan foydalaniladi. Shuning uchun ham rastli grafikada tahrir qiluvchi dastur vositalaridan keng foydalaniladi. Bu dasturlar, odatda, tasvirlarning aniqroq ko’rinishda bo’lishini ta`minlaydi.

    Download 14,04 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 14,04 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu : Grafik axborotlarni tasvirlash asoslari Kompyuter grafikasining turlari

    Download 14,04 Kb.