|
Mavzu : Hujjatlarni tasniflashning me’yor talablari haqida ma’lumot Reja : Hujjat haqida ma’lumot
|
Sana | 01.12.2023 | Hajmi | 115,4 Kb. | | #109029 |
Bog'liq Hujjatlarni tasniflashning me’yor talablari haqida ma’lumot
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM,FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
XORIJIY FILOLOGIYA FAKULTETI
XORIJIY TIL VA ADABIYOT INGLIZ TILI YO’NALISHI
4-BOSQISH 427-GURUH TALABASI
XUDOYBERDIYEVA SHOXISTANING
DAVLAT TILIDA ISH YURITISH FANIDAN
TAYYORLAGAN
TAQDIMOTI
Mavzu : Hujjatlarni tasniflashning me’yor talablari haqida ma’lumot
Reja :
1.Hujjat haqida ma’lumot
2.Hujjat turlari
3.Hujjatlarga qo’yilga me’yoriy talablar
Ma’lumki, hujjatlar xilma-xil va miqdoran juda ko‘p. Hujjatlarning
maqsadi, yo‘nalishi, hajmi, shakli va boshqa bir qator sifatlari ham
turlichadir. Shunday ekan, hujjatlar tiliga qo‘yiladigan umumiy talablar
bilan bir qatorda har bir turkum hujjatlar oldiga qo‘yiladigan ko‘pgina
lisoniy talablar ham mavjud. Muayyan turdagi hujjat, albatta, o‘ziga xos
lisoniy xususiyat va sifatlar bilan belgilanadi. Bu xususiyat va sifatlarni har
taraflama va chuqur tasavvur qilmasdan turib, mukammal hujjatchilikni
yaratish haqida gap ham bo‘lishi mumkin emas. Shuning uchun bu o‘rinda
hujjatlar tasnifi masalasi alohida ahamiyat kasb etadi.
Hujjatshunoslikda hujjatlar bir necha jihatlarga ko‘ra tasnif qilinadi.
Tasniflashda garchi mutlaqo bir xil guruhlashtirish mavjud bo‘lmasa -da, har
qalay, bir qadar yagonalashgan guruhlashtirish bor. Hujjatshunoslikdagi ana shu an’anaga ko‘ra ish yuritishdagi hujjatlar, eng avvalo, yaratilish o‘rniga ko‘ra tasnif qilinadi, bu jihatdan ichki va tashqi hujjatlar farqlanadi.
Ichki hujjatlar ayni muassasaning o‘zida tuziladigan va shu muassasa
ichida foydalaniladigan hujjatlardir, muayyan muassas aga boshqa tashkilot
yoki ayrim shaxslardan keladiganlari esa tashqi hujjatlardir.
Hujjatlar mazmuniga ko‘ra ikki turli bo‘ladi: 1)sodda hujjatlar —
muayyan bir masalani o‘z ichiga oladi; 2)murakkab hujjatlar — ikki yoki
undan ortiq masalani o‘z ichiga oladi.
Mazmun bayonining shakli jihatidan xususiy (individual), namunali
(tipovoy) va qolipli (trafaretli) hujjatlar farqlanadi. Matnning o‘ziga
xosligi, betakrorligi, hamisha ham bir andazada bo‘lmasligi xususiy
hujjatlarning asosiy belgilaridir (masalan, xizmat yozishmalari va shu
kabilar). Bunday hujjatlarda ham muayyan doimiy tarkib mavjud bo‘lsa -da,
bevosita mazmun bayoni bir qadar erkin bo‘ladi.
Namunali hujjatlar
boshqaruvning muayyan bir xil vaziyatlari bilan bog‘liq, bir-biriga
o‘xshash va ko‘p takrorlanadigan masalalar yuzasidan tuzilgan matnlarni
o‘z ichiga oladi. Qolipli hujjatlar, odatda, oldindan tayyorlangan bosma ish
qog‘ozlariga yoziladi, bunday hujjatlarda ikki turli axborot aks etadi, ya’ni
o‘zgarmas (oldindan tayyor bosma matnda ifodalangan) va o‘zgaruvchi
(hujjatni tuzish paytida kompyuterda yoki qo‘lda yoziladigan) axborotlar;
shuning uchun bu tur hujjatlarga nisbatan ko‘pincha «yozmoq» emas, balki
«to‘ldirmoq» so‘zi ishlatiladi. Shu o‘rinda aytish kerakki, hujjatlarning
qolipli turlarini kengaytirish — ish yuritishni takomillashtirishdagi
istiqbolli yo‘llardan biridir. Chunki bunday qilish hujjat matnlarini bir
xillikka olib kelish va hujjat tayyorlash uchun ketadigan vaqt hamda
mehnatni anchagina tejash imkoniyatini beradi. Qolipli hujjatlar sirasiga,
masalan, ish haqi yoki yashash joyi haqidagi ma’lumotnomalar, ayrim
dalolatnomalar, xizmat safarlari guvohnomalari va boshqa ko‘plab hujjatlarni kiritish mumkin.
Hujjatlar tegishlilik jihatiga ko‘ra, xizmat yoki rasmiy hujjatlar va
shaxsiy hujjatlarga ajratiladi. Xizmat hujjatlari tayyorlanishiga ko‘ra
muassasa yoki mansabdor shaxslarga tegishli bo‘lsa, shaxsiy hujjatlar
yakka shaxslar tomonidan yozilib, ularning xizmat faoliyatlaridan
tashqaridagi yoki jamoat ishlarini bajarish bilan bog‘liq masalalarga
tegishli bo‘ladi (masalan, shaxsiy ariza, shikoyat va h.k.).
Hujjatlarning tayyorlanish xususiyati va darajasi ham benihoya muhim.
Bu jihatiga ko‘ra hujjatlar quyidagicha tasniflanadi: qoralama; asl nusxa;
nusxa; ikkinchi nusxa (dublikat); ko‘chirma. Aksar hujjatlar dastlab
qoralama nusxada tayyorlanadi, bu hujjat muallifi, ya’ni tayyorlovchining
qo‘l yozma yoki dastlabki kompyuterda yozilgan nusxasidir. Bu nusxa
tuzatilib, qayta ko‘chirilishi mumkin. Aytish joizki, qoralama hujjat
huquqiy kuchga ega emas. Asl nusxa har qanday hujjatning asli, birinchi
rasmiy nusxasidir. Asl nusxaning aynan qayta ko‘chirilgan shakli nusxa
deb yuritiladi, odatda nusxaning o‘ng tomonidagi yuqoridagi burchagiga
«Nusxa» degan belgi qo‘yiladi.
Hujjatchilikda, shuningdek, aynan (faksimil) va erkin nusxalar ham
farqlanadi. Aynan nusxa asl nusxaning barcha xususiyatlarini — hujjat
zaruriy qismlarining joylashishi, mavjud shakliy belgilar (gerb, yumaloq
muhr, to‘rtburchak muhr, nishon kabi), matndagi bosma, yozma harf
shakllari va shu kabilarni aniq va to‘liq aks ettiradi, masalan, fotonusxani
shu tur hujjatlar qatoriga kiritish mumkin.
|
| |