Mavzu : Mobil qurilmalar uchun operatsion tizimlarning qiyosiy tahlili




Download 1,5 Mb.
bet1/12
Sana13.05.2024
Hajmi1,5 Mb.
#228180
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Mobil qurilmalar uchun operatsion tizimlarning qiyosiy tahlili


Mavzu : Mobil qurilmalar uchun operatsion tizimlarning qiyosiy tahlili.

Mundarija


KIRISH 1
MAQSAD VA VAZIFALAR 4
ASOSIY QISM I BOB Android operatsion tizimi 7
1.1 Android OT tarixi 7
1.2 Android OTning hayotimizda tutgan o’rni 12
1.3 Android OT uchun dasturiy ta’minotlarni ishlab chiqish imkonini beruvchi dasturlash vositalari: Eclipse, Intellij IDEA, Delphi XE 5 15
1.4 Android OTning afzalliklari 16
2.1 An’anaviy Hello World! dasturi 25
2.2 Player dasturi 31
2.3 Android operatsion tizimi o’rnatilgan qurilmaning texnik imkoniyatlaridan foydalanish. Yoritgich (Fonar) dasturi 42
Hayot faoliyati xavfsizligi 44
XULOSA 47
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 48








KIRISH


.
MASALANING QO’YILISHI VA DOLZARBLIGI
Bugungi kunda ham zamonaviy fan-texnika yutuqlaridan noto’g’ri maqsadlarda foydalanishga bo’lgan urinishlar tobora ko’payib bormoqda. Mana shunday texnologiyalardan biri — bu uyali aloqadir. Bu vosita bugun hayotimizning ajralmas bir qismiga aylanib ulgurgan. U masofalar kesimida biz yashayotgan olamni shunchalar kichraytirib qo’ydiki, bugungi kunda yer sharining narigi burchagi bu chekkasi bilan soniyalar ichida aloqa bog’lay oladi. Shu o’rinda biz qo’l telefonining kundalik ijtimoiy foydali tomonlari haqida to’xtalib o’tirmaymiz, bu haqida shundoq ham yetarlicha ma’lumot tarqatilgan. Ayniqsa, bu uyali aloqa vositalari reklamasida deyarli har kuni to’xtovsiz targ’ib qilinmoqda.
Shunday qilib, qo’l telefoni, aytish mumkinki, «uchinchi» ekranga aylanib ulgurdi. Agar «katta ekran» deb ataladigan kinoteatr ekranlarini shartli ravishda
«birinchi yo’nalishdagi ekran» desak, «zangori ekranni», ya’ni uydagi televizorlarni «ikkinchi yo’nalishdagi ekran» deyish mumkin. Shu ma’noda, qo’l telefoni bugun «uchinchi» yo’nalishdagi ekranni hosil qildi. «Katta ekran» va «zangori ekran» faoliyati huquqiy yo’l bilan tartibga solinadi, ular orqali namoyish etiladigan ko’rsatuvlar badiiy, axloqiy, tarbiyaviy va estetik jihatdan tegishli tarzda nazorat qilinadi, davlat tomonidan turli mafkuraviy tahdidlardan himoyalanadi. Shuningdek, biror mamlakatda zamonaviy texnologiyalarning mavjudligi hali unda axborot jamiyatining yuzaga kelishi uchun yetarli emas. Buning uchun aholi axborot olish borasida keng va teng imkoniyatga ega bo’lishi, jamiyatda yuksak axboriy madaniyat shakllanmog’i zarur.
Yuzaki qaraganda, Tofflerning insoniyat jamiyatini uch davrga tasniflashiga odamlarning tirikchilik tarzi va yashash holati asos bo’lgan, degan xulosaga kelish mumkin. Lekin "uch to’lqin" nazariyasi mohiyatan teranroq tahlil etilsa, davrlar taqsimotida insonlarning tafakkur tarzidagi evrilishlar birlamchi o’rin tutgani ayon bo’ladi. Agrar davrda inson asosan o’zlashtirma mehnat bilan kun ko’rdi - tabiatdagi mavjud ne'matlardan "bor boricha" qabilida foydalandi. Sanoat inqiloblari bosqichida esa uning tafakkur tarzi keskin o’zgardi: qo’l mehnatidan xalos bo’lgan insoniyat texnika yordamida bunyodkorlik va yaratuvchanlik davriga qadam qo’ydi. Toffler "uchinchi to’lqin" deya nomlagan axborot jamiyatida esa izlanuvchanlik, tashabbuskorlik va yangilikka intilish hayot mazmuniga aylandi. Agar industrial davrda odamlar uzog’ini yaqin, og’irini yengil qilgan texnologiya asosiy qadriyat hisoblangan bo’lsa, axborot jamiyatida u o’rnini bilimlarga bo’shatib berdi.
Delphi XE5 muhitida Android operatsion tizimi uchun dasturlar ishlab chiqish mavzusidan hamda yurtboshimizning yurtimizdagi jamiyat hayotini yanada yaxshilashga qaratilgan qarorlaridan kelib chiqqan holda Android OTga dasturlar tuzish, uni o’rganib chiqish va tuzilishi bilan tanishish kabi masalalarni hal etishni o’z oldimizga maqsad qilib qo’yamiz. Bu nima uchun kerak? Hozirda, Android operatsion tizimi tobora keng tarqalib borayotgan operatsion tizimlar qatoriga kiradi. Shuningdek, ushbu operatsion tizimning mobil qurilmalar uchun ham mo’ljallanganligi, shu operatsion tizim uchun tuzilgan dasturlarga bo’lgan ehtiyojni oshiradi. Chunki, zamon qulaylik tomon shiddat bilan ilgarilab bormoqda. Mobil qurilmalar esa, ixchamligi jihatidan doimo bizga hamroh. Doimo yonida bo’lgan qurilmada u uchun zarur dasturlarning mavjud hamda yetarli bo’lishi hozirgi zamon ishbilarmonlarining talabidir. Bu har bir sohaga chuqur kirib borgan operatsion sistema hamda uning natijasi bo’lmish dasturga bo’lgan ehiyoj demakdir. Qolaversa, Android operatsion tizimi mutlaqo bepul hamda ochiq kodli operatsion tizimdir. Bu u uchun istagan dasurchi o’z dasturini tuza olishi hamda Play marketga joylashtirishi mumkinligini anglatadi. Shuningdek, Delphi XE5 muhiti dasturni dasturchi o’zi mukamml bilgan dasurlash tilida tuzish imkonjiyatini beradi. Shunday ekan, nega endi biz va biz kabi yosh dasturchilar bu sohaga befarq bo’lishimiz kerak. Butun dunyo katta qiziqish bilan kutib olayotgan soha hamda u uchun tuzilgan dasturlarga bo’lgan ehtiyojning misli ko’rilmagan darajada yuqori ekanligi ushbu mavzuning dolzarbligini keltirib chiqaradi.
Ushbu masalalarini hal qilishda quyidagi tadqiqot uslublaridan foydalanildi:

  • tadqiqot mavzusiga oid texnologik, psixologik, estetik adabiyotlarni o’rganish;

  • boshqa tildagi veb saytlardagi ma’lumotlarni tahlil qilish, ular foydalangan usullarni amaliyotda tatbiq etib ko’rish;

  • internet forumlari, o’zbek forumlaridagi Android operatsion tizimi bo’yicha fikrlarni o’rganish;

  • Android operatsion tizimi uchun kichik dasturlarni tayyorlash.

Download 1,5 Mb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 1,5 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu : Mobil qurilmalar uchun operatsion tizimlarning qiyosiy tahlili

Download 1,5 Mb.