|
Mavzu : Mobil qurilmalar uchun operatsion tizimlarning qiyosiy tahlili
|
bet | 8/12 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 1,5 Mb. | | #228180 |
Bog'liq Mobil qurilmalar uchun operatsion tizimlarning qiyosiy tahlili 2.1 An’anaviy Hello World! dasturi
Dasturchilar orasida eng ko’p ommalashgan quyidagicha an’ana mavjud. Aksariyat dasturchilar o’zlarining eng birinchi tuzgan dasturlarini “Hello world!” jumlasini namoyon etishdan boshlaydilar. An’anaga sodiq qolgan holda biz ham hozir “Hello world!” emas-u, “Salom dunyo!” jumlasini namoyish etishni ko’rib chiqamiz. Buning uchun Embarcadero Rad Studio XE7 dasturi o’rnatilgan kompyuterdan uni odatdagidek ishga tushiramiz. Ya’ni quyidagicha:
Пуск Все программы Embarcadero Rad Studio XE7 Delphi XE7
Buyruqlarini ketma-ket beriladi. Hosil bo’lgan Delphi XE7 muloqot oynasidan esa, o’zimiz uchun zarur hisoblangan: harakatga keltiruvchi hamda project fayllarini hosil qilib olish zarur. Buning uchun quyidagi buyruqlar ketmaketligi beriladi.
File New Multi-Device Aplication-Delphi;
Hosil bo’lgan Multi-Device Aplication oynasi bizga yetti xil ko’rinishdagi formani taklif etadi. Ulardan tayyorlayotgan dasturimizga mosini tanlashimiz mumkin.
Ushbu oynada quyidagicha sozlash ishlarini amalga oshiramiz. Style bo’limidan biz uchun kerak bo’lgan Android qismini faollashtirib qo’yamiz. Views bo’limidan esa mavjud qurilmalar orasidan mosini belgilab, faollashtirib qo’yamiz.
Natijada quyidagi muloqot oynasi hosil bo’ladi.
Endi Delphi XE7 muhiti Android operatsion tizimiga dastur tuzish uchun tayyor!
“Salom dunyo!” jumlasini ikki xil usulda namoyish etamiz. Birinchi usulda dastur ishga tushishi bilanoq ushbu jumla qurilma ekranida namoyon bo’ladi. Buning uchun, mavjud forma ustida sichqonchaning chap tugmasini ikki marta chertiladi. Yoki formaning Object Inspector oynasining Events bo’limidan OnCreate hodisasini tanlashimiz ham mumkin.
Hosil bo’lgan kodlar oynasiga quyidagi kodni kiritamiz.
Showmessage(‘Salom dunyo!’)
Kodlar oynasida umuman quyidagicha kodlar aks etadi:
unit Unit1; interface uses
System.SysUtils, System.Types, System.UITypes, System.Classes,
System.Variants,
FMX.Types, FMX.Controls, FMX.Forms, FMX.Graphics, FMX.Dialogs; type
TForm1 = class(TForm) procedure FormCreate(Sender: TObject); private
{ Private declarations } public
{ Public declarations } end; var
Form1: TForm1; implementation
{$R *.fmx}
{$R *.SmXhdpiPh.fmx ANDROID} procedure TForm1.FormCreate(Sender: TObject); begin showmessage('Salom dunyo!'); end; end.
Endi dasturni saqlaymiz, so’ng avvalgi bobdagi kabi kompyuterni hamda android operatsion tizimi o’rnatilgan qurilma yoki virtual qurilmani kompilyatsiya uchun sozlaymiz. F9 klavishini bosganimizda biz istagan jumla qurilma ekranida namoyon bo’ladi. Dastur tayyor!
Ikkinchi usul: Bu usulda dastur ishga tushgandan so’ng hodisa bajarilishi uchun knopka bosilishi lozim. Bunda biz standart komponentalardan foydalanamiz. Sozlangan XE7 muhitining formasiga Tool Palette oynasining Standard bo’limidan TLabel komponentasini tashlaymiz. Bu komponenta matn aks etishi uchun xizmat qiladi. Buni dasturchi o’z xohishidan kelib chiqqan holda formaning ixtiyoriy joyiga joylashtirishi mumkin. TLabel komponentasi faol bo’lgan holda Object Inspector oynasining Properties bo’limidan Text bandini tanlaymiz. Uning o’ng qismiga oynada aks etib turuvchi izohni kiritishimiz mumkin. Hozir
Delphi XE7 dasturi foydalanuvchilari jumlasini kiritamiz. So’ng xuddi shu usulda yana bitta TLabel komponentasini tashlab, uning Text xususiyatidagi matnni o’chirib qo’yamiz.
Yana o’sha Standart componentalar bo’limidan bu gal TButton componentasini tashlaymiz. Uning Text xususiyatini dastur ishlayotgan vaqtda knopkada nima aks etib turishi lozim bo’lsa, shuni kiritiladi. Uni Ok deb kiritamiz. TButtonning OnClik hodisasiga quyidagi kodni kiritamiz.
TLabel2.Text:=’Salom dunyo!’
Bunda dastur ishga tushganda Delphi XE7 foydalanuvchilari izohi dasturda aks etib turadi. Ok tugmasini bosganimizda formaning TLabel2 komponenetasi joylashgan qismida “Salom dunyo!” jumlasi aks etadi. Dastur matning umumiy tuzilishi quyidagicha:
unit Unit1; interface uses
System.SysUtils, System.Types, System.UITypes, System.Classes,
System.Variants,
FMX.Types, FMX.Controls, FMX.Forms, FMX.Graphics, FMX.Dialogs,
FMX.StdCtrls; type
TForm1 = class(TForm)
Button1: TButton;
Label1: TLabel; Label2: TLabel; procedure FormCreate(Sender: TObject); procedure Button1Click(Sender: TObject); private
{ Private declarations } public
{ Public declarations } end; var
Form1: TForm1; implementation
{$R *.fmx}
{$R *.SmXhdpiPh.fmx ANDROID}
procedure TForm1.Button1Click(Sender: TObject); begin
Label2.Text:='Salom dunyo!'; end; end.
Dasturni saqlab yuqoridagi usullarning ixtiyoriy bittasi orqali yo real yoki bo’lmasa virtual qurilma orqali kompilyatsiya qilish mumkin. Izoh: Dastur aynan kompilyatsiya qilish jarayonida d:\... \Android\Debug\Project1\bin\Project1.apk. manzilda .apk kengaytmali faylni hosil qiladi.
Dasturning ishlash jarayoni virtual qurilmada quyidagicha aks etadi.
|
| |