Mavzu : Mobil qurilmalar uchun operatsion tizimlarning qiyosiy tahlili




Download 1,5 Mb.
bet6/12
Sana13.05.2024
Hajmi1,5 Mb.
#228180
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Mobil qurilmalar uchun operatsion tizimlarning qiyosiy tahlili

1.4 Android OTning afzalliklari


Ko’pchilik Androidning ko’p tarmoqli imkoniyatlari va yashirin funksiyalari borligini taxmin qilsalar kerak, lekin iste’molchi Androidning sirlaridan uni boshqarish jarayonida smartfon yoki planshetning qo’shimcha imkoniyatlaridan foydalanilgani kabi xabardor bo’lib, foydalana olmasliklari mumkin. Chunki mavjud muloqot oynalaridan foydalanishning qulayligini oshirish hamda qurilmadan estetik zavq olinishini ta’minlash maqsadida ayrim funksiyalar yashirin tarzda berilgan.
Android dasturining afzalliklari:

  • Android operatsion tizimida ishlovchi mobil qurilmalar Gmail, Google

Docs, Maps va boshqa Google kompaniyasining xizmatlari bilan to‘liq ishlay oladi.

  • Android market hozirgi kunda eng zo‘r dasturiy ta‘minot Web-saytlaridan hisoblanadi va Android uchun juda ko‘p bepul dasturlar mavjud.

  • Android kommunikatorlari yordamida xohlagan mobil aloqa operatorini tanlash imkoniyati mavjud.

  • Android platformasi paydo bo‘lganiga uncha ko‘p vaqt bo‘lmagan bo‘lsa ham, u bir qancha imkoniyatlarni taqdim etadi va shunga yarasha Androidda ishlaydigan qurilmalarning narxi ham unchalik baland emas.

  • Android bu to‘liqligicha ochiq operatsion tizim hisoblanadi.

  • Android ko‘p jarayonli operatsion tizim, ya‘ni unda bir vaqtning o‘zida bir necha dasturlar ishlash imkoniyati mavjud.

  • Android qurilmalarini hammasida virtual klaviatura mavjud. Ba‘zi

Android qurilmalarida ham virtual, ham haqiqiy klaviatura mavjud bo‘ladi.

  • Android operatsion tizimi faqatgina kommunikatorlarda emas, balki planshet kompyuterlar, netbuklar va boshqa gadjetlarda ham ishlay oladi.

Androidning imkoniyatlari, asosan, yosh va o’rta yoshli foydalanuvchilarga mo’ljallangan.
Usta foydalanuvchilarning menga bu kerak emas, bu qiziqarli emas degan fikrga borishlari noto’g’ri. Chunki qurilmalarning sirlarini anglangan sari yangi imkoniyatlari ochilib boraveradi. Kimki bu yo’lni bosib o’tgan bo’lsa oldinga qarab boraversin.
Kelinglar, Androidning yashirin funksiyalarini o’rganamiz.
1. Kontaklar ro’yxatiga murojat qilish. Androidda telefon qo’ng’irog’ining qulaylik darajasi OC Symbianga nisbatan kamroq. Lekin bu masala ancha tez hal bo’lishi mumkin. Ko’p telefon qilinadigan obyektni ish stoliga chiqarib qo’yish kerak. Buni quyidagi tartibda bajaramiz.

  1. Ish stolining bo’sh joyini yangi muloqot oynasi hosil bo’lgunigacha bosib

turamiz.

  1. “Добавить ярлык” ni bosamiz.

s) Keyin bizga nima kerakligini tanlab olamiz. So’ngra “Прямой набор номера”, “Персональное сообщение” ni tanlaymiz. “Прямой набор номера” tugmasi bosilganda to’g’ridan-to’g’ri kerakli obonentning raqami teriladi va qo’ng’iroq qilish mumkin. “Персональное сообщение”da esa –xat yozish imkoniyati tug’iladi.
Kontakt- tugmasini bosganda kerakli obonentga qo’ng’iroq yoki xat yozish mumkin bo’ladi.

  1. Ovoz bilan raqam terish yoki mavjud ro’yhatdan izlash. Ish stolining birida Androidning Google tugmasi o’rnatilgan. Klaviaturada esa mikrafon rasmchali tugmacha bor. Qidiruv haqida hamma narsa ayon. Mikrafon esa odam ovozini yozma ravishda aks etishi uchun ximat qiladi va ekranda tanlangan tilda aks etadi.

  2. Android funksiyalariga tezda kirish. Buning uchun ekranning yuqori qismini bosgan holda qo’lni uzmay pastga qarab harakatlantirishning o’zi kifoya, shunda funksiya menyusi ochiladi. Wi-Fi, Bluetooth, ovoz funksiyasi yoki 3Gga ishlashni GPRS almashinuvini sozlanadi ya’ni, ayni funksiya rasmchasini bir marta bosish orqali u yoqiladi, ikkinchi marta bosish orqali esa, o’chiriladi. Xilma-xillik soni aniq mualliflik qurilmasi yoki jihoz turiga bog’liq.

  3. Ish stolining miqdori. Android OSli jihozning foydalanuvchisi o’zi qancha ish stoli bo’lishini boshqara oladi. Bir nechta ish stoli yaratish uchun ish stolini bo’sh joyini menyu chiqgunga qadar uzluksiz bosib turamiz. So’ng ish stolining miqdorini aniqlash uchun “Настройки начального экрана” bo’limini tanlaymiz va “Допольнительные параметри”buyrug’ini beramiz. Ish stolining sonini o’zgartrishning yana boshqa usullari ham bor.


  4. Download 1,5 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Download 1,5 Mb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu : Mobil qurilmalar uchun operatsion tizimlarning qiyosiy tahlili

Download 1,5 Mb.