|
Mavzu : Mobil qurilmalar uchun operatsion tizimlarning qiyosiy tahlili
|
bet | 11/12 | Sana | 13.05.2024 | Hajmi | 1,5 Mb. | | #228180 |
Bog'liq Mobil qurilmalar uchun operatsion tizimlarning qiyosiy tahlili
Shaxsiy kompyuterni ishga tayyorlash va o'chirish tartiblari mavjud. Avvalambor, kompyuterning tarmoq kuchlanishiga mosligini tekshirish kerak. Shaxsiy kompyuterlar 220 yoki 110 kuchlanishli elektr tarmoqlarida ishlashi mumkin. Shaxsiy kompyuterlar uchun kuchlanishning o'zgarishi, ayniqsa keskin o'zgarishlar xavfli bo'lishi mumkin. Shuning uchun maxsus stabilizatorlardan yoki elektr quvvatining uzluksizligini ta'minlovchi - URS qurilmasidan foydalanish tavsiya etiladi. Maxsus URS qurilmasi elektr quvvatini o'zgarmas holda ushlab turadi, hamda elektr manbai o'chirilgandan keyin muayyan vaqt davomida kompyuter ishlashini ta'minlab turadi. Bu vaqt kompyuterda bajarilayotgan ishlarni tugatish uchun yetarlidir. Masalan, kerakli ma'lumotlarni diskka yozib qo'yish yoki programmalar ishini tugatish uchun va hokazo.
Monitor oldida uzoq vaqt o‘tirib ishlaydiganlar kompyuter bilan me’yoridan ortiq muloqatda bo‘lish sog‘liqga zararligini bilishlari kerak. Ayrim kasbiy kasalliklar, ularning olidini olish usullari va kasalliklarni davolash metodlarini bilish foydadan holi emas. Sog‘lik uchun xavfsiz bo‘lgan kompyuter va dasturiy ta‘minotni qanday tanlab olish, ish joyini tashkil qilishni bilish zarur. Kompyuter xonasida tushayotgan yorug‘lik o‘quvchining ish joyiga tepadan va chapdan tushishi, display ekraniga va tugmalar ko‘zni qamashtirmaydigan bo‘lishi maqsadga muvofiq.
Shu lahzalarda o‘quvchilarga yengil kuy eshitish, kursida o‘tirgan holda qo‘l va bo‘yin mushaklari toliqmasligi uchun yengil jismoniy mashqlar bajarish tavsiya etiladi. Har bir o‘quv guruhi shunday kichik, guruhlarga bo‘linishi kerakki, mashg‘ulotda qatnashayotgan o‘quvchilarning umumiy soni 20 tadan oshmasligi darkor. Kompyuter bilan ishlashda insonga ta‘sir ko‘rsatuvchi asosiy omillar:
uzoq vaqt davomida o‘tirib izlash
monitorning elektromagnit nurlari ta‘siri
ko‘z charchashi, kop ishlash
bilaklar bo‘yinlarning toliqishi
axborotni yo’qotib qo‘yish vaziyatlardagi ruhiy zo‘riqish holati.
Kompyuter oldida o‘tirib ishlashda go’yo inson erkin joylashgandek bo‘ladi, biroq bunday holat organizm uchun majburiy va noqulay hisoblanadi.
Bo‘yin, muskullar, bosh, qo‘l va yelka bo‘g‘inlari tarang holatda, shu sababli osteoxondroz, bolalarda esa skolioz yuzaga kelishi mavjud. Ko’p vaqt mobaynida ishlaydigan insonlarda kursi suyanchig‘i va tanasi o‘rtasida issiq kompress hosil bo‘ladi, bu esa inson organizmida gaz, qon turib qolishiga olib keladi, natijada prostatit va gemoroy yuzaga keladi. Bu kasalliklarni davolash uzoq vaqt talab etadi. Kompyuter bilan ishlashda xodimlar, xomilador ayollar, bolalar alohida ehtiyotkorlik bilan harakat qilishlari lozim.
Xomilador ayollarning tartibsiz va me‘yoridan ortiq kompyuter bilan
shug‘ullanishi bola rivojlanishiga ta‘sir ko‘rsatib, bolaning erta tug‘ilishi va turli xil ko‘ngilsizliklarga olib keladi. Xomilador ayollar kompyuterdan 1 oyga 20 soat ishlashi belgilangan. Bundan tashqari, kam harakatli hayot tarzi ko‘pincha semirib ketishiga olib keladi. Elektromagnit nurlari zamonaviy monitorlar salomatlik uchun xavfsiz hisoblanadi, biroq hali to‘la xavfsiz emas. Agarda ish joyingizda eskiroq kompyuter turgan bo‘lsa, yaxshisi undan uzoqroq bo‘ling. Ko‘zlar matn yoli sur‘atning har bir kichik silkinishini qayd etadilar,
ekranning jami yomonlashishiga olib keladi. Ranglarni, shriftni foydalanayotgan dasturlarda oynalar joylashtirishni, ekranni noto‘g‘ri joylashtirish ko‘rish qobilyatiga yomon ta‘sir ko‘rsatadi. Barmoq uchlarining nervlari tugmalarni bosa berishda go‘yo yorilib ketayotgandek bo‘ladi, jonsizlanib qoladi, natijada barmoq uchlari uvishadi, bu esa bilaklar bo‘yinlari va bog‘lovchi aparata zararlanishiga olib kelishi mumkin, keyin esa bilaklar doimiy og‘riydigan bo‘lib qolishi mumkin.
Barcha foydalanuvchilar ham o‘zlarining axborotlari qo‘shimcha nusxasini doimiy ravishda yaratib bormaydilar. Arxiv viruslari ham doimiy xavf tug‘dirib turadilar, eng yaxshisi firmalarning vinchestrlari ham buziladi va eng tajribali dasturchi ham ba‘zida boshqa tugmani bosib yuborishi mumkin. Natijada bunday stress oqibatida infarkt kelib chiqishi mumkin. Bundan tashqari, kompyuter inson psixikasiga ham ta‘sir ko‘rsatadi. Bu mavzuda qator tortushuvlarga sabab bo‘ladi, Masalan, kompyuter o‘yinlariga berilib ketish, internetga qaram bo‘lib qolish-bu muammolar qanchalik jiddiy? Balki bu muammo haqiqatda ham jiddiydir? Bu xususida turli nuqtai nazarlar bildirilgan va bildirilmoqda. Biroq yaxshisi bunday ahvolga olib kelmaslik lozim.
|
| |