• Mavzu : Radiatsiya tasirining inson organizmga va atrof-muhitga zararli tasiri
  • Mavzu : Radiatsiya ta'sirining inson organizmga va atrof-muhitga zararli ta'siri




    Download 20,16 Kb.
    bet1/3
    Sana07.01.2024
    Hajmi20,16 Kb.
    #131765
      1   2   3
    Bog'liq
    mustaqil ish Ismoilxon

    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
    OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
    TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI
    “Akt sohasida iqtisodiyot” kafedrasi

    Hayot faoliyati xavfsizligi”


    fanidan


    AMALIYOT

    Bajardi: “Elektron tijorat ”ta’lim yo‘nalishi


    011-20-guruh
    Abduqaxxorov Ismoilxon
    talabaning F.I.Sh.
    Qabul qildi: Saidova G. A


    Toshkent 2023

    Mavzu : Radiatsiya ta'sirining inson organizmga va atrof-muhitga zararli ta'siri

    Radioaktiv nurlanishlar va ularning xossalari

    Radioaktivlik–atom yadrolarining ion nurlanishlari chiqarishi natijasida boshqa bir atom yadrolarining hosil qilishidir.


    Radioaktiv nurlanishlar ionlovchi nurlanishlar deb ataladi, chunki bu nurlar ta'sir etgan moddalar atom va molekulalarida ionlar hosil bo'ladi. Bunday ionlovchi nurlanishlarga rentgen nurlari, radio va gamma nurlari, alfa va beta nurlari, shuningdek, neyfron oqimlari kiradi.
    Alfa nurlari katta ionlashtirish kususiyatiga ega bo'lgan, harakat doirasi katta bo'lmagan geliy atom yadrosining musbat zaryadlangan zarrachalari hisoblanadi. Harakat doirasi katta bo'lmaganligi sababli inson teri qavatigagina ta'sir qilib, terini yorib kira olmaydi, shuning uchun ham uncha zararli emas.
    Beta nurlari radioaktiv moddalarning atom yadrolari tarqatadigan elektron yoki pozitron oqimidir. Bu nurlarning harakat doirasi ancha keng va yorib kirish qobiliyatiga ega. Shu sababli ham inson uchun xavflidir.
    Gamma nurlari ionlash qobiliyati katta bo'lmasada, katta yorib kirish kuchiga ega bo'lib, yadro reaksiyalari va radioaktiv parchalanish natijasida vujudga keladigan yuqori chastotadagi elektromagnit nurlari hisoblanadi.
    Rentgen nurlari moddalarnk elektron oqimlari bilan bombardimon qilganda ajralib chiqadigan elektromagnit nurlaridir.
    Ularni har qanday elektrovakuum qurilmalarida hosil qilish mumkin. Bu nurlarning nonlanish xususiyatlari oz bo'lsa-da, yorib kirish xususiyati nihoyatda katta.
    Radioaktiv nurianishlarning ma'lum muhitdagi ta'sirini aniq belgilash maqsadida «nurlamshlaming yutilgan dozasi»-Dyu tushunchasi kiritiladi.
    D == W
    ^yu
    m
    bunda, W–nurlantirilgan modda tomonidan yutilgan m ion nurlarining eneigiyasi, J; m – nurlantirilgan moddaning og'irligi, kg.
    Yutilgan doza birligi sifatida rad qabul qilingan. 1 rad-1 kg og'irlikdagi moddaning 0,01 J energiya yutishiga to'gri keladi.
    Rentgen va gamma nurlanishlarining miqdoriy tavsifi ekspozitsion doza hisoblanadi.
    De=Q/m
    bunda, Q – bir xil elektr zaryadlariga ega. bo'Igan, ionlarning yig'indisi, K/; m – hayoning og'iriigi, kg.
    Rentgen va gamma nurlanishlarining ekspozitsion dozasi birligi sifatida kulon/kilogramm (Kl/kg) qabul qilingan.
    Rentgen va gamma nurlanishlarining ekspozitsion dozasi kulon- kilogramm shunday birlikki, u nurlanish bilan tutashgan 1 kg quruq atmosfera havosida 1 Kl miqdordagi elektr zaryadlarining musbat va manfiy belgilari bo'lgan ionlarni vujudga keltiradi.
    Rentgen va gamma nurlanishlarining tizimdan tashqaridagi birligi rentgen hisoblanadi.
    Har xil radioaktiv nurlarning tirik organizmga ta'siri ularning ionlovchi va kirib boruvchi xususiyatlariga bog'liq. Har xil nurlar bir xil dozada, yutilganda biologik ta'siri bir-biridan farq qiladi Shuning uchun radiatsiya xavfini aniqlash maqsadida doza ekvivalenti birligi ber kiritilgan (radaning biologik ekvivalenti). 1 ber–har qanday ion nurlanishlarining biologik hujayralarda rentgen va gamma nurlanishlarining 1 rad ga teng keladigan biologic ta'siridir.
    Dekv = D4 /K,
    bunda, K – sifat koeffitsiyenti. Bu koeffitsiyent ishlatilayotgan nurlanuvchi modda biologik ta'sirining birligi sifatida qabul qilingan rentgen nurlanishlari tafsirini nisbati hisoblanadi.

    Download 20,16 Kb.
      1   2   3




    Download 20,16 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu : Radiatsiya ta'sirining inson organizmga va atrof-muhitga zararli ta'siri

    Download 20,16 Kb.