|
Mavzu 1: Kompyuter texnikasi asboblari
|
bet | 3/4 | Sana | 26.01.2024 | Hajmi | 412,56 Kb. | | #146483 |
Bog'liq 1-mavzu Kompyuterning texnik asboblariSistema bloki.
Sistema bloki.
Sistema bloki bu kompyuterning eng asosiy qismi. Uning ichida ona platasi, mikroprotsessor, kattik disk yoki vinchester, tezkor va kesh xotira mikrosxemalari,elektron sxemalar yoki kontrollerlar yoki adabterlar, elektr taminlovchi blok va disk yurituvchilari joylashadi. Bu sistema blokiga xamma tashki qurilmalar bog`lanadi va u ularning ishini taminlaydi.
Mikroprotsessor yoki protsessor- Kompyuterning miyyasi. Kompyuter ishini boshqarish, barcha xisob-kitoblar va buyruqlarni bajarilishini ta’minlaydi. U kichkina, to`rtburchak elektron sxema sekundiga bir necha yuz million amallarni bajaradi. Uning tezligi Megagerslarda xisoblanadi va protsessor nomidan keyin yoziladi, masalan Pentium 700.
Qattik disk yoki vinchester - Doimiy xotira. Malumotlarni doimo saqlash uchun foydalanadi. U vinchester deb nomlanadi. Vinchester nomi birinchi qattik disk nomidan kelib chiqgan (1973 yilda IBM firma tomonidan yaratilgan qattik disk nomi "30/30" bulgan va bu mashxur Winchester miltiqning kalibrga o`xshar edi). Ular xajm va ishlash tezligi bilan farqlanadi.
Tezkor xotira mikrosxemalari - Kompyuterning vaqtinchalik xotirasi. U dasturlar ishlash jarayonida zarur bulgan malumotlarni saqlash uchun foydalanadi. Kompyuter uchirilgandan keyin shu xotiradagi malumotlar yo`qotiladi.
Kesh xotira mikrosxemalari - Kompyuter tomonidan dasturlar ishlash jarayonida ko`p ishlatilgan malumotlarni saqlash uchun foydalanadi. Bu xotira tezkor va doimiy xotira o`rtasida joylashadi.
Kontroller yoki adapterlar - Ular har xil tashqi qurilmalar ishini taminlaydilar. Ishlash xolatlari bilan farqlanadi (video plata, tovush plata, tarmok platasi va boshqalar).
Ona platasi Mother board - Asosiy elektrosxema bo`lib unga protsessor, tezkor va kesh xotira mikrosxemalari, kontroller va adabter elektrosxemalari o`rnatiladi, qattik disk va disk yurituvchilari ulanadi
|
| |