taʻlimning gumanizasiyalashuvini taʻminlash




Download 20,42 Kb.
bet2/3
Sana02.02.2024
Hajmi20,42 Kb.
#150704
1   2   3
Bog'liq
Mavzu 4 Taʻlimni dasturiy vositalari yordamida rivojlantirish

taʻlimning gumanizasiyalashuvini taʻminlash;

  • oʻquv jarayonining samaradorligini oshirish;

  • taʻlim oluvchining shaxsiy fazilatlarini rivojlantirish (oʻzlashtirganlik, bilimga chanqoqlik, mustaqil taʻlim olish, oʻzini oʻzi tarbiyalash, oʻzini oʻzi kamol toptirishga qaratilgan qobiliyatlilik, ijodiy



    qobiliyatlari, olgan bilimlarini amaliyotga qoʻllay olishi, oʻrganishga boʻlgan qiziqishi, mehnatga boʻlgan munosabati);

    • taʻlim oluvchining kommunikativ va ijtimoiy qobiliyatlarini

    rivojlantirish;

    • kompyuter vositalari va axborot elektron taʻlim resurslari

    yordamida har bir shaxsning alohida (individual) taʻlim olishi hisobiga ochiq va masofaviy taʻlimni individuallashtirish va differensiyalash imkoniyatlari sezilarli darajada kengayadi;



    • taʻlim oluvchiga faol bilim oluvchi subyekt sifatida qarash, uning

    qadrqimmatini tan olish;

    • taʻlim oluvchining shaxsiy tajribasi va individual xususiyatlarini

    hisobga olish;

    • mustaqil oʻquv faoliyatini olib borish, bunda taʻlim oluvchi mustaqil oʻqib va rivojlanib boradi;

    • taʻlim oluvchilarda, oʻzlarining kasbiy vazifalarini muvaffaqiyatli bajarish uchun hozirgi tez oʻzgaruvchan ijtimoiy sharoitlarga moslashuviga yordam beradigan zamonaviy taʻlim texnologiyalaridan foydalanish koʻnikmalarini hosil qilish.

    Multimedia vositalari yordamida shaxsga yoʻnaltirilgan taʻlimni amalga oshirish jarayoni zamonaviy, koʻptarmoqli, predmetga yoʻnaltirilgan multimediali oʻquv vositalarini ishlab chiqishni va foydalanishni talab etadi. Ular tarkibiga keng maʻlumotlar bazasi, taʻlim yoʻnalishi boʻyicha bilimlar bazasi, sunʻiy intellekt tizimlari, ekspert-oʻrgatuvchi tizimlar, oʻrganilayotgan jarayon va hodisalarning matematik modelini yaratish imkoniyati boʻlgan laboratoriya amaliyotlari kiradi.


    Multimedia vositalari taʻlim berishning samarali va istiqbolli quroli (instrumenti) boʻlib, u oʻqituvchiga anʻanaviy maʻlumotlar manbaidan koʻra keng koʻlamdagi maʻlumotlar massivini taqdim etish; koʻrgazmali va uygʻunlashgan holda nafaqat matn, grafiklar, sxemalar, balki ovoz, animatsiyalar, video va boshqalardan foydalanish; axborot turlarini taʻlim oluvchilarning qabul qilish (idrok etish) darajasi va mantiqiy oʻrganishiga mos ravishda ketma-ketlikda tanlab olish imkoniyatini yaratadi.





    Download 20,42 Kb.
  • 1   2   3




    Download 20,42 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    taʻlimning gumanizasiyalashuvini taʻminlash

    Download 20,42 Kb.