|
Markazdan qochma kompressor ishini rostlash
|
bet | 6/7 | Sana | 21.12.2023 | Hajmi | 428,26 Kb. | | #126164 |
Bog'liq 8-Ma\'ruza (2)8.6. Markazdan qochma kompressor ishini rostlash.
Markazdan qochma kompressor ishini rostlash, ya’ni uning asosiy parametrlarini uzgartirish evaziga amalga oshiriladi.
Q va R-larning o‘zgarishi, asosan bosim bilan xaydash tizimini ishiga bog‘liqdir: siqilgan gazlarni olish bosimni pasayishiga olib keladi va kompressorni unumdorligini ko‘tarishni talab etadi. Bosimli xaydash tizimida gazni sarfini kamaytirish mashinani unumdorligini pasayishiga olib keladi.
Rostlash jarayoni tizimda berilgan bosimni ushlab turish yoki sarfni uzgarmas xolatda saklab turishdan iborat.
Markazdan qochma kompressor ishini rostlash xam, markazdan qochma nasosda qo‘llanilgan usullar kabi amalga oshiriladi.
Gazni oqishini drossellab rostlash.
Bosim bilan xaydash tizimini drossellab rostlash.
Bunday tartibda rostlash tizim tavsifini sun’iy uzgartirishdan iborat: bosim bilan xaydash tizimida drossel yoki kulfak bekitilsa, tizimni qarshiligi kuchayadi, bosimli xaydash tizimidagi bosim RA – dan R1-gacha oshadi va unumdorlik QA-dan Q-gacha pasayadi (46-rasm). Bosim bilan xaydash tizimida drosselni ochish bosim tizimida bosimni RA-dan P2-gacha tushiradi va Q unumdorlikni Q2-gacha usishiga mos keladi.
Bu turdagi rostlash iktisodiy nuqtai nazardan tizimdagi gidravlik qarshilikni yengish uchun sarflanadigan elektro energiyasi sarfini oshiradi. Qaysiki kompressorda quvvatni NA-dan N-gacha pasayishi, yukolgan energiya sarfini koplamaydi.
46-rasm. Bosim bilan xaydashda drossellab rostlashning tavsifi.
47-rasm. Surishda drossellab rostlashdagi kompressor tavsifi.
Surish tizmasini drossellab rostlash.
R11=R , k1=k, T1b.x=Tb.x bo‘lganda drossellash usulida rostlashda, quyidagi parametrlarning nisbatidan foydalaniladi.
(141)
(142)
(143)
Surishni rostlashda kompressor tavsiflarini o‘zgarishi 47-rasmda tasvirlangan. Surish tizimida bosimni drossellab R1b.x-qiymatigacha yetkazishda unumdorlik, bosim bilan xaydash, iste’mol quvvati va foydali ish koyeffitsiyenti bir-biriga mos ravishda uzgaradi Q1, P1, N1 va ?1.
Yuqori darajadagi sikuvda surish tizimini drossellab rostlash. Bosim tizimini drossellab rostlashga nisbatan iktisodiy jixatdan tejamlidir. Bunday xolatda energiya miqdorini tejash 6-8 % ga yuqori bo‘ladi. Bundan tashkari surish tizimini drossellash barqarorsiz ishlar chegarasini kamaytiradi va kompressorni ishlash unumdorligini oshiradi.
Gaz oqimiga ta’sirni rostlash.
Kompressor ishining gaz oqimiga ta’sirini surish quvur uzatgichlardagi bo‘ralma oqim kabi amalga oshiriladi. Bunda kompressor diffuzoridagi kovurgani joylashuv xolati uzgartiriladi.
Surish tizimidagi bo‘ralma oqimni tartib bilan rostlash, bosimga asoslangan bo‘lib, markazdan qochma kompressordagi bosim gazning aylanma tezligiga bog‘liq bo‘lib, gazni kompressorga kirishdagi bosimi quyidagi formula orqali ifodalanadi.
(144)
Ishchi g‘ildirak ko‘ragini profillashda bosimning tashkil etuvchilari C,u,cosa=0 teng bo‘lishi kerak.
Ishni bo‘ralma oqim bilan rostlashda, sun’iy xolatdagi musbat tashkil etuvchi u1 xosil kilinadi, qaysiki u kompressorning oxirgi bosimini kamaytiradi va unumdorlikni pasaytiradi.
48-rasmda markazdan qochma kompressorning mashinaga kirishda oqimni burash yuli bilan rostlash tavsifi keltirilgan.
Bo‘ralma oqimni amalga oshirish, oxirgi bosimni, unumdorlikni va iste’mol quvvatlarini R1, Q1, N-gacha o‘zgarishiga olib keladi.
Burash jarayoni ishchi g‘ildirak kirishiga o‘rnatilgan maxsus parrakli apparatlarda sodir bo‘lib, qaysiki bunda burash darajasi uzgartiriladi. Bu usulni qo‘llash natijasida 20% gacha solishtirma energiya tejalishi mumkin.
48-rasm. Surishda bo‘ralma oqim bilan rostlashdagi markazdan qochma kompressorning tavsifi keltirilgan.
Aylanish chastotasini uzgartirib rostlash.
Markazdan qochma kompressorlarning ishida proporsionallik qo‘llaniladi.
Kompressor ishida bu qonun quyidagi nisbatlarda tavsiflanadi.
(145)
bu yerda: va -bosimlar nisbati;
Ni – to‘g‘ridan-to‘g‘ri kompressorda gazni sikish va
ko‘chirish uchun sarflanadigan quvvat.
49-rasmda aylanish chastotasini uzgartirish usulidagi kompressor tavsifi keltirilgan. Bu usulni qo‘llash natijasida sarflanadigan quvvat N-ni tejash mumkin. Tekshiruv ma’lumotlari shuni ko‘rsatadiki, bunday rostlashni amalga oshirishda Q=0.6 QA-ga , solishtirma energiyadan yutish Q=(0.6-0.8) QA yoki 12%dan 27%gacha bo‘ladi.
49-rasm. Xar xil aylanish chastotasidagi tavsif.
|
| |