|
Markazdan qochma kompressorlarning bir qancha turlari
|
bet | 7/7 | Sana | 21.12.2023 | Hajmi | 428,26 Kb. | | #126164 |
Bog'liq 8-Ma\'ruza (2)8.7 Markazdan qochma kompressorlarning bir qancha turlari.
1. Bosimli xaydash turi 1050-13-1 (50-rasm) – bir g‘ildirakli, bir pag‘onali, bir tomonidan oqim kiradigan, diffuzorsiz. Ishchi bosimi 0.02-0.03 MN/m2, foydali ish koyeffitsiyenti –0.95ga teng, n=180 ay/sek da.
2. Bosimli xaydash turi 1200-25-1 (51-rasm) – bir pag‘onali, ikki tomonidan oqim kiruvchi, oxirgi bosim Rox =0.15 MN/m2,unumdorligi Q=108m3/s. Agarda diffuzor ko‘ragini ogish burchagi uzgartirilsa unumdorlik Q=40 m3/s –ga yetadi.
3. Kompressor tipi K-100-61-62 (52-rasm) sovutgichlar kator o‘rnatilgan, oxirgi bosim Rox=0.8 MN/m2, unumdorlik Q=1.5 m3/s.
Markazdan qochma kompressorlarning bir necha qurilmalarida gazning harakati ikkita parallel yo‘nalishda amalga oshiriladi. Bunday mashinalarda bir-biriga bog‘liq bo‘lmagan suruvchi va bosim bilan haydovchi kalta quvurchalar bo‘ladi. 53-rasmda ikki oqimli besh pag‘onali kompressor tasvirlangan.
50-rasm. Bosimli xaydash to‘rining umumiy ko‘rinishi 1050-13-1
51-rasm. Bosimli xaydash turi 1200-25-1
52-rasm. K-100-61-2 kompressori.
53-rasm. Ikki oqimli besh pag‘onali kompressor.
Nazorat savollari.
1. Markazdan qochma kompressor haqida ma’lumot bering?
2. Markazdan qochma kompressor nechta pag‘onali bo‘ladi?
3. Markazdan qochma kompressorda siquv jarayoni qanday amalga oshiriladi?
4. Bosimni o‘zgarishi nimalarga bog‘liq?
5. Kompressorni unumdorligi nimaga bog‘liq?
6. Markazdan qochma kompressorni quvvatiga qanday parametrlar ta’sir kiladi?
7. Markazdan qochma kompressorning asosiy parametrlariga nimalar kiradi?
8. Markazdan qochma kompressor ishi qanday rostlanadi?
9. Markazdan qochma kompressorni qanday turlarini bilasiz?
10. Aylanish chastotasi qanday rostlanadi?
|
| |