|
Mavzu: adobe photoshop dasturining oynalari bilan ishlash
|
bet | 15/19 | Sana | 18.05.2024 | Hajmi | 1,55 Mb. | | #240934 |
Bog'liq kurs ishЦвета по умолчанию: bu belgi ustida kursorni bir marta bosish bilan asosiy rang qoraga va tasvir foni ranglari oqqa aylanadi. Марширующие муравьи: bu tugma vordamida Adobe Photoshop dasturida tez niqoblash holati bekor qilinadi. Ekranda belgilash chegaralari chumolilar harakatini eslatuvchi punktir chiziq yordamida aks ettiriladi. Bu Adobe Photoshop dasturida, odatda, standart holat deb ataladi.
Быстрая маска: ushbu tugma ustida «sichqoncha» chap tugmasi bir marta bosilishi bilan Adobe Photoshop dasturi tez niqoblash holatiga o‘tadi va natijada tasvirdagi niqoblanmagan hudud qizil rang bilan bo'yaladi. Ushbu uskuna tasvirdagi turli obyektlarni aniq niqoblashda ishlatiladi. Кисть uskunasi yordamida niqobga ishlov berish mumkin. Bunda qora rang bilan tasvir niqoblanadi, oq rang bilan tasvirdagi niqob o‘chiriladi.
Стандартное окно: uskuna faollashtirilganda tasvir standart holatda bo‘ladi. Полный экран с меню: bu holat tasvir kompyuter ekraniga sig‘magan holda ishlatiladi. Ushbu uskuna faollashtirilganda ekranda faqatgina menyu satri hamda uskunalar paneli qoladi.
Полный экран: ekranda faqat tasvir va uskunalar paneli hamda menyu satri qora fonda qoladi.
2.3 Adobe Photoshop dasturida tasvirlar ,tasvirlar o`lchami va yangi tasvir yaratish, dublikat olish va tasvirni doimiy xotiraga joylashtirish.
Tasvir o‘lchami.
Adobe Photoshop dasturida ekranda tasvirning barcha qismini yoki tasvirdagi kichik detallarni ko'rish uchun xohlagancha kattalashtirish yoki kichraytirish mumkin. Masalan, 100% — bu tasvirdagi piksellar soniga ekrandagi piksellarsoni tengligini anglatadi. Ya’ni, 1:1. 200% ga tasvir kattalashtirilganda ekrandagi bir pikselga katta miqdordagi piksellar miqdorining to'gTi kelayotganligidan dalolat beradi [8, 12].
Tasvirning haqiqiy o‘lchami
Adobe Photoshop dasturida 100% li o‘lcham tasvirning real o'lchami deyiladi. 100% li o‘lchamda tasvir aniq va ravshan ko‘rinadi. Tasvirning real o‘lchami quyidagi amallarni bajarish orqali o‘rnatiladi:
— menyular satrida Вид menyusida Реальный размер buyrug‘ini tanlang; — Ctrl+ AIt+ 0 (nol) tugmalarini birgalikda bosing;
— uskunalar panelidagi Машстаб tugma ustida «sichqoncha» chap tugmasini ikki marta ketma-ket bosing.
|
| |