• Tasvirning bosma shakldagi o‘lchami (Размер печати)
  • «Навигатор» darchasi bilan ishlash
  • «Action» darchasi bilan ishlash
  • Mavzu: adobe photoshop dasturining oynalari bilan ishlash




    Download 1,55 Mb.
    bet16/19
    Sana18.05.2024
    Hajmi1,55 Mb.
    #240934
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
    Bog'liq
    kurs ish

    To ‘liq ekranli rejim
    Adobe Photoshop dasturi tasvirni birinchi marta ochganda uni maksimal o‘lchamda ochadi. Tasvir bilan ishlash jarayonida uning o'lchamini bir necha marta kattalashtirish yoki kichraytirishga to'g'ri keladi. Ana shunday holatlarda tasvirni xohlagan paytda dastlabki Полноэкранный режим holatiga qaytarish mumkin. Buning uchun quyidagi amallarni bajarish lozim:
    — Menyular satrida Вид menyusi tarkibidagi По размерам экрана buyrug’ini tanlang;
    — Ctrl+ 0 (nol) tugmalarini birgalikda bosing;
    — uskunalar panelidagi Рука tugmasi ustida «sichqoncha» chap tugmasini ikki marta ketma-ket bosing.

    Tasvirning bosma shakldagi o‘lchami (Размер печати)
    Adobe Photoshop dasturi tasvirning printerda chop qilingandagi ko‘rinishini chop qilmasdan avval ekranda ko‘rish imkonini beradi. Buning uchun menyular satrida Изображение menyusi tarkibidagi Размер изображения buyrug‘i tanlanadi. Ammo hamnta vaqt ham tasvirning ekrandagi ko‘rinishi bilan chop etilgandagi oMchamlari aynan mos tushavcrmaydi. Tasvir kattaliklari 0,2% dan 16000% miqdor ohtasidagi sonlar bilan belgilanadi .
    «Навигатор» darchasi bilan ishlash
    Adobe Photoshop dasturida tasvirdagi mayda detallar bilan ishlash jarayonida tasvirni bir necha marta kattalashtirishga to‘g‘ri keladi. Tasvirga kiritilgan o'zgartirishlar sifatli chiqishi uchun Навигатор darchasida amal bajariladi. Навигатор darchasi asosan tasvir odchamlarini o‘zgartirish va tasvirni boshqarish uchun xizmat qiladi. Agar Навигатор darchasi Adobe Photoshop dasturi ishga tushirilgan chog'ida ekranda mavjud bo'lmasa, uni faollashtirish uchun menyular satrida Окно menyusidagi Показать Навигатор buyrug‘ini tanlang.
    «Action» darchasi bilan ishlash
    Action darchasi Adobe Photoshop dasturida ishlashni yanada tezlashtiradi va bir nechta tasvir ustida amalga oshiriladigan bir xil amallarni har safar takrorlashga zaruriyat qoldirmaydi. Adobe Photoshop dasturidagi Action darchasi bilan ishlashni bilsangiz, qisqa fursat ichida ko‘p miqdordagi tasvirni tahrir qilishingiz mumkin. Buning uchun Action darchasida yangi Action ochiladi. Uni kerakli nom bilan nomlagandan so‘ng Record tugmasi bosiladi. Shu daqiqadan boshlab Adobe Photoshop dasturi sizning tasvir ustida bajargan barcha amallaringizni kompyuter xotirasiga ketma- ket joylashtiradi. Tasvir ustida barcha amallar yakunlangandan so‘ng Action darchasidagi Stop tugmasi bosiladi. Adobe Photoshop dasturi sizning barcha amallaringizni tartibli ravishda Action darchasida joylashtiradi. Boshqa tasvirlarga ushbu amallami qo'llash uchun yangi tasvir ochilgandan so‘ng Action darchasidagi Выполнение buyrug‘ini ishga tushirish lozim. Adobe Photoshop dasturi avto- matik tarzda yangi ochilgan tasvirda ham siz amalga oshirgan amallarni hech bir o‘zgarishlarsiz bajaradi. Yangi tasvir yaratish, dublikat olish va tasvirni doimiy xotiraga joylashtirish Adobe PhotoShop dasturida ishlashdan avval yangi fayl tuziladi yoki kompyuter xotirasida mavjud bo‘lgan tasvir ochiladi. Yangi fayl tuzish va avvaldan mavjud bo'lgan fayllarni ochishning quyidagi yo'llari mavjud [45]:
    — Файл > Новый. Menyu satrida Файл menyusini ochib Новый buyrug‘ini tanlang yoki Ctri+N tugmalari kombinatsiya- sidan foydalanib, yangi fayl yarating. Yuqoridagi amal bajarilganidan so'ng Adobe PhotoShop dasturi yangi faylni tashkil etish uchun uning oMchamlari haqidagi ma’lumotlar bitilgan yangi darchani hosil qiladi. Bunda yangi tuzilayotgan fayl nomi, uning oMchamlari kiritilishi talab etiladi. Kcrakli oMchamlar kiritilganidan so'ng OK tugmasini bosish lozim. Adobe PhotoShop dasturi oq rangdagi (bo‘sh) yangi tasvirni tuzadi. Bu tasvirga xohlagan o'zgartirish kiritish yoki boshqa tasvirlardan ayrim detallarni ko'chirib o‘tkazib, umuman yangi tasvirni ijod qilish mumkin.
    — Файл > Открыть. Menyu satrida Файл menyusini ochib Открыть buyrug'ini tanlang yoki Gtrl+O tugmalari kombinatsiya- sidan foydalanib kompyuter xotirasida mavjud bo'lgan faylni oching. Juda kam hollarda Файл - Открыть Как (Ctrl+Alt+O) buyrug'i tanlanadi. Tasvir formation Adobe PhotoShop dasturi 20 dan ortiq formatdagi fayllar bilan ishlash imkoniga ega. Eng ko‘p qoMlaniladigan formatlar:
    — BMP (Windows Bitmap)
    — Windows muhitida ishlovchi kompyuterlarda ekran osti tasvirlarini qo'llovchi dastur Microsoft Paintda keng qo'llaniladi.
    — JPEG (Joint Phonographic Experts Group)
    — hozirgi kunda eng' ko‘p qoMlaniladigan formatlardan biri bo'lib, uning asosiy 49 afzalliklaridan biri maxsus dastur yordamida fayl hajmini yetarlicha siqish imkonining mavjudligidir. Ammo faylni siqib, hajmini kichraytirish jarayonida tasvir sifatida o‘zgarish bo‘ladi. Fayl kuchli siqilganda tasvir sifati yomonlashishi mumkin. Ushbu formatdagi fayllar kompyuter xotirasida ko‘p joy egallamaydi. Hajm jihatidan kichikligi sababli mazkur formatdagi tasvirlar bilan ishlashni ancha osonlashtiradi. Aksariyat raqamli fotokameralar, videokameralar va skanerlar yordamida olingan rasmlar JPEG formatida saqlanadi. TIFF (Tagged Image File Format)
    — bu formatdagi fayllar ham keng qo'llaniladi. Lekin TIFF formatidagi fayllar kompyuter xotirasida ko'p joyni egallaydi. Adobe Photoshop dasturida ushbu formatdagi tasvirlar bilan ishlashda dasturning ishlash tezligi sezilarli ravishda pasayishi mumkin. GIF (Graphics Interchage Format)
    — ushbu formatdagi tasvirlar 256 turdagi rang bilan tasvirlanadi. Bu formatdagi tasvirlar asosan Internet tizimida keng qo'llaniladi. Ranglar bilan ishlash Adobe PhotoShop dasturida uskunalar panelida ranglar bilan ishlash uchun to'rtta uskuna ajratilgan:
    — Основной цвет. Ushbu uskunada qanday rang ko'rsatilgan bo'lsa, Ковш, Линия, Карандаш, Кисть, Аэрограф va shuningdek Alt klavishi bilan birgalikda qo'llanganda Палец uskunalari uchun o'sha rang asosiy hisoblanadi. Основной цвет uskunasidagi rang Пипетка yoki ushbu uskuna ustida «sichqoncha» chap tugmasini ikki marta ketma-ket bosish orqali o'zgartiriladi.
    — Цвет фона. Ko'rsatilgan rang Ластик uskunasi bilan ishlaganda qo'llaniladi. Цвет фона uskunasidagi rang Основной цвет uskunasida rangni o'zgartirish uchun qanday amal bajarilgan bo'lsa, bunda ham xuddi o'sha amalga rioya qilish lozim yoki Пипетка uskunasi bilan Alt klavishini birgalikda bosish orqali rangni almashtirish mumkin.
    — Переключение цветов. Kursorni ushbu tugma ustida bir marta bosish orqali asosiy rang va fon rangi o'rin almashadi.
    — Стандартный цвет. Kursorni ushbu tugma ustida bir marta bosish, asosiy rang va fon rangini standart ranglar
    — qora va oq rangga almashtiradi.
    Ranglarni tanlashda Adobe PhotoShop dasluridu Color yoki Swatches darchalaridan ham foydalanish mumkin.
    RGB (Red, Green, Blue — qizil, ko‘k, yashil) moduli tasvirni ekranda tahrir qilish nuqtayi nazaridan kelib chiqqan holda j'uda qulay va u 24 razryadli ranglar platasi yordamida deyarli barcha 16 million ranglarni monitorda aks ettiradi. RGB ranglar majmuasi bilan ishlangan barcha tasvirlarni xohlagan formatda diskka yozish mumkin. RGB ranglar rhajmuasidagi ayrim ranglar umuman tabiatda uchramaydi.
    CMY В — tabiatda mavjud bo'lgan ranglar majmuasi, quyosh nurlari inson ko'zlari ajrata oladigan barcha ranglarni o‘zida mujassamlashtirgan. Quyosh nurlari biror-bir jisinga tushganda lining ta’siri ostida inson ko'zlari jism shakli va rangini idrok etadi. Misol uchun binolarning’O't o‘chirish burchaklariga osib qo‘yilgan o‘t o'chirgichlar to'q ko'k va zangori ranglar. bilan bo‘yalgan boMishiga qaramay, bizning ko‘zimizga to'q qizil rangda ko‘rinadi. Ranglarning bir-biriga qo'shilishi natijasida boshqa ranglar hosil qilinadi:
    C — havo rang;
    M — binafsha rang;
    Y — sariq rang;
    В — qora rang.
    Bosma mashinalari va bosmaxonalarda tasvirlar yuqorida keltirilgan ranglarning kombinatsiyasidan foydalangan holda to‘la tasvirni ifodalaydi. RGB ranglar majmuasida oq rang uchala ranglarning maksimal aralashmasidan hosil qilinadi. Qora rang esa buning aksi oMaroq olinadi. CMYB ranglar majmuasi bilan ishlaganda qora va oq ranglarni hosil qilish uchun buning aksini bajarish lozim. Ya’ni, to‘rt rangning minimal qo‘shilishida oq rang hosil bo‘ladi. Qora rang esa alohida kanalda mavjud. RGB ranglar majmui keng kodamdagi ranglarni taklif etadi. Lekin ularning ko‘p qismi (ayniqsa, yorqinlari) tasvirni chop etganda monitordagi bilan keskin farq qiladi. Shu bois ham ko‘plab mutaxassislar tasvirni chop etishdan awal uni CMYB tizimiga odkazadilar. Ayrim mutaxassislar esa tasvir bilan CMYB tizimida 51 ishlashni maslahat beradilar. Ammo bu tasvir bilan ishlash turli qiyinchiliklarni tug'diradi. Alia shunday qiyinchiliklardan biri
    — kompyuter juda sekin ishlaydi. Bunga asosiy sabab, Adobe PhotoShop dasturi RGB tizimiga sozlangan bo‘lib, harbir buymqni bajarib, uni RGB tizimidan CMYB tizimiga almashtirgunga qadar kompyuter qo'shimcha vaqt talab qiladi. Bundan tashqari, skaner va monitor RGB tizimida ishlashga mo‘ljallangan. Ranglar bilan ishlovchi barcha uskunalar (rangli printerdan tashqari) RGB tizimida ishlaydi. Shuning uchun yaxshisi tasvirni chop etishdan avval CMYB tizimiga o'tkazib olish maqsadga muvofiq. Tasvir ustida barcha amallami poyoniga yetkazib, menyular satrida Изображение — Настройка tarkibidagi CMYB buyrugMni tanlang. «History» darchasi bilan ishlash Adobe PhotoShop dasturi ishga tushirilganda ekranda History darchasi mavjud bo‘lmasa. Окно menyusida Показать History buyrtig'ini tanlang. History darchasida tasvirga kiritilgan so‘nggi o'zgartirishlar haqidagi ma’lumotlar joylashadi. Tasvir ustida bajarilgan har bir muhim amallar History darchasida ro‘yxatga olinadi. Xohlagan paytda yoqmagan amallarni History darchasi orqali rad etish mumkin. Buning uchun kursor bajarilgan so‘nggi amaldan oldingi buyrug‘i ustida bosiladi yoki Ctrl+Alt+7 klavishlari bosiladi. Adobe PhotoShop dasturi bajarilgan so‘nggi amalni ro‘yxatga oladi, yigirma birinchi amal bajarilgan'da Adobe PhotoShop dasturi avvalgi amallarni o‘chiradi.

    Download 1,55 Mb.
    1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




    Download 1,55 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: adobe photoshop dasturining oynalari bilan ishlash

    Download 1,55 Mb.