Mavzu: Algebraik masalalarni yechishda tanqidiy tafakkurni rivojlantirish texnologiyasi. Reja




Download 194.24 Kb.
bet5/11
Sana18.09.2023
Hajmi194.24 Kb.
#82409
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Mavzu Algebraik masalalarni yechishda tanqidiy tafakkurni rivoj
aniq va mavxum otlar, 2 5197634611185721400, Nutq turlari va shakllari, 15-амалий, Reja Ta’lim metodlari va usullari tushunchalari, Assotsiatsiyalar-metodi (2), Baliq-skeleti-metodi (2), Birgalikda-oqiymiz (2), maluotnoma.... tersu, Sobitjon IAKT, 11-sinf-Ona-tili-ish-reja, 9-amaliy mashg\'ulot (1), DIQQAT HAQIDA TUSHUNCHA, Mehnat unumdorligi iqtisodiy o`sish omili sifatida
O‘zaro fikr almashuv. Fikrlash jarayoni o’quvchilarning o‘zaro fikr almashuvini ko‘zda tutadi. O’quvchilarning o‘zaro fikr almashishi ularning bir-biridan o‘rganishdagi o‘rtoqchiligiga asos soladi. O’quvchilardan fikrlovchi sifatida o‘zlarida bo‘lgan yirik fikr va oddiy xatoga bo‘lgan qobiliyatlarini boshqalarga ochib berish talab etiladi.O‘zaro fikr almashishda o’quvchilardan diqqat bilan tinglash, o‘zining qarashlar tizimini so‘zlovchiga zo‘rlab o‘tkazish va boshqa so‘zlovchilarni tuzatib turishdan o‘zini tiyib turishi ham talab etiladi. Bunga javoban o’quvchilar boshqalarning yalpi fikrlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Keng doiradagi munozara oqibati o'laroq o’quvchilar o‘zlariga tegishli bo‘lgan g‘oyalarni tahlil qilish va uni aniqlashga yanada qobiliyati orta boradi hamda ularni o‘z bilimlari va hayotiy tajribalarida yaratgan g‘oyalari tizimiga tirkab boradi. Fikrlash jarayonini tashkil etishda uni o‘tkazishning bir necha modellari mavjud. Ular.
o’ziga ishonch hosil qilish;
ishda faol ishtirok etish;
o’rtoqlar va o'qituvchi bilan fikr almashish;
o‘zgalar fikrini tinglay olish.



    1. Algebraik masalalarni yechish orqali tanqidiy tafakkurni rivojlantiruvchi metodlar.

Tanqidiy fikrlash jarayonida axborotni tahlil qilish va izohlash, g‘oyalarini tahlil qilish, o‘rganilayotgan hikoyalarni o‘z taxminiy rejalari bilan qayta tuzib chiqishga qaratilgan savollardan foydalaniladi. Bu savollar turli sathdagi qiyinchilikda fikrlashning turli ko‘rinishlarini ta’minlashda vosita bo‘lib xizmat qiladi. Eslab qolishga xizmat qiladigan savollar yoki formal sathdagi savollar eng quyi sathdagi savollarga taalluqlidir. Baholash yoki hukm chiqarish natijasida beriladigan savollar fikrlashni ta’minlaydigan ikkinchi sathdagi savollar sifatida qaraladi. Formal sath savollari faktologik axborotlar olish maqsadida beriladi. Ular faqat mexanik eslashni va o’quvchilarda yaxshi javob berish uchun qisqa muddatda ma’lum predmetlar bo‘yicha bilim qismlari (fragment)ni talab qiladi.
Axborotlarni bir shakldan ikkinchi shaklga ko‘chirish o’quvchilardan uni ko‘chim (tranformatsiya) qilishni talab qiladi. Ko‘chirish savollari o’quvchilarga o‘rganayotgan, tavsiflagan va ko‘rgan vaziyatlari, sahnalari va voqealarini o‘zlari namoyish eta olishlari uchun beriladi. Ko‘chirish savollari o’quvchilarni axborotlarni qayta ishlash yoki boshqa shakllarga ko‘chim qilishga ilhomlantiradi. O’quvchilarga sezish, ko‘rish (sensor) tajribasini yaratish, shundan so‘ng esa boshqalarga o‘z ko‘rganlarini yetkazish uchun uni e’lon qilish zarur. Bu fikrlashga tortishning faol ijodiy jarayonidir.
O’quvchilarga g‘oyalar, faktlar, qaydlar va qadriyatlar orasidagi bog‘lanishlarni ochish uchun izohlashga qaratilgan savollar beriladi. Sendrs izohlashga qaratilgan savollarga nisbatan yuqori darajadagi fikrlashni talab qiladigan tayanch savollar, deb qaraydi. Boshqalar esa (Vogn va Estes) tushunishning o‘zigina izohlashdir, deb hisoblaydilar.

Tatbiq qilishga qaratilgan savollar o‘qish (talaffuz) jarayoni yoki o‘rganish tajribasida uchraydigan mantiq muammolarini yechish va chuqur o‘rganish uchun imkoniyat beradi.
Tahlil etishga qaratilgan savollar o’quvchilardan u yoki bu voqeaning ahamiyati yetarli darajada yaxshi yoritilganmi, yo‘qmi degan savolga javob berishga undaydi.
Sintez qilishga qaratilgan savollar yangicha fikrlash asosida ijodiy muammolarni hal qilishga da’vat etadi. Sintez savollari o’quvchilarga o‘zining barcha bilim va tajribalarini muammoning ijodiy yechilishida foydalanishga imkon beradi. Sintez savollari muqobil ssenariylar yaratishni ham taqozo qilishi mumkin.
Baholash savollari yaxshi va yomon, adolatli va adolatsizlik to‘g‘risida hukm chiqarish uchun beriladi. Baholash savollari o’quvchilar, axborotlar sifatini, yangi axborotlarga nisbatan o‘z munosabatini baholay olishi hamda ularni qadrlay olishi uchun beriladi. Tanqidiy fikrlashni rivojlantirish mualliflari fikrlash jarayonini tashkil etishda idrok qilishning 4 tipini farqlaydilar.
Yaxlitligicha idrok etish. Mavzu yoki fan to‘g‘risida umumiy bilim beradigan idrokning shaklidir.
Izohli idrok etish. Bu Blum izohlari darajasiga aynandir. Idrokning bu tipida o’quvchi g‘oya va hodisalarning o‘zaro aloqalarini yoritadi, uning mohiyatini muhokama qiladi, fanning turli sohalariga oid g‘oya va axborotlarni hatto tashqi jihatdan bog‘liq hodisalarni birlashtiradi.
Shaxsiy idrok etish. O’quvchilar o'zlarida avvaldan mavjud bo‘lgan shaxsiy tajriba va bilimlar tuzilmasini yangi bilimlar bilan bog'lab tushunish jarayonini aks ettiradi.
Tanqidiy idrok etish. Mazmunni bir tomonga qo‘yib, uni tahlil qilish, uning nisbiy qimmatini, to‘g‘riligini, foydaliligini va o’quvchilarning bilishi, tushunishi va qabul qilishi doirasida uning ahamiyatini baholashdir. Shunday qilib, axborotlarni chorlash, o‘ylab ko‘rish va fikrlash metodikalaridan foydalanish quyidagi muhim vazifalarni yechish imkoniyatini beradi:
• o’quvchilarga maqsadlarini anglab olishga yordam beradi;
• mashg’ulotlarda faolligini ta’minlaydi;
• samarali munozaraga chorlaydi;
• o’quvchilarning o’zlari savollar tuzishlari va uni savol tarzida bera olishlari uchun yordam beradi;
• o’quvchilarga o’z shaxsiy bilimlarini ifoda qilishga yordam beradi;
• o’quvchilarning shaxsiy mutolaasi motivatsiyasini qo’llab-quvvatlaydi;
• har qanday fikrlarga bo’lgan hurmat kayfiyatini yaratadi;
• o’quvchilarda personajlarga bo’ladigan iztirobni o’stirishga yordam beradi;
• o’quvchilarga qadrlanadigan fikrlashga sharoit yaratadi;
• o’quvchilarning tanqidiy jalb qilinishiga bir qator umidlar bildiriladi.
Klasterlarga bo’lish. Bu pedagogik strategiya bo'lib, o’quvchilarning u yoki bu mavzu bo‘yicha erkin va bemalol o‘ylashlariga yordam beradi. U faqat g'oyalar orasidagi bog‘lanishlarni fikrlashni ta’minlash imkoniyatini beradigan tuzilmani aniqlab olishni talab qiladi. U fikrlashning oddiy shakli emas, balki miya faoliyati bilan zid bog‘lanadi. Klasterlarga bo‘lishdan axborotlarni chorlash bosqichida ham, fikrlash bosqichida ham foydalaniladi. U muayyan mavzu sinchiklab o‘rganilguncha fikrlash faoliyatini ta’minlashda foydalanilishi mumkin. Klasterlarga bo‘lish o’quvchilarning tasavvurlarini yangi bog‘lanishlari yoki ularning grafik ifodalari ko‘rinishlarini ta’minlovchi sifatida ham o‘tganliklarini yakunlash vositasi sifatida qo‘llanilishi mumkin. Bu o‘z bilimlariga, muayyan mavzu to‘g‘risida tasavvuriga va uni tushunishga yo‘l ochadigan nazardagi strategiyadir.
Klasterlarga bo‘lish quyidagi usullarda amalga oshiriladi:
1.Hushingizga kelgan barcha fikrlarni yozib olish. Bu fikrlarni muhokama qilmang, shunchaki yozib olavering.
2. Xatni (matnni) kechiktiradigan imlo va boshqa omillarga ham parvo qilmang.
3. Sizga berilgan vaqt nihoyasiga yetmagunga qadar yozishdan to‘xtamang. Miyangizga fikr kelishi to‘xtab qolsa, toki yangi fikrlar kelgunga qadar qog‘ozda nimalarnidir chizib o‘tiring.
4. Imkoni boricha, bog‘lanishi mumkin bo‘lgan g‘oyalarni tizib chiqing. G‘oyalarni
Download 194.24 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Download 194.24 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Mavzu: Algebraik masalalarni yechishda tanqidiy tafakkurni rivojlantirish texnologiyasi. Reja

Download 194.24 Kb.