Reja: Ta’lim metodlari va usullari tushunchalari




Download 25.96 Kb.
Sana25.05.2023
Hajmi25.96 Kb.
#64336
Bog'liq
Reja Ta’lim metodlari va usullari tushunchalari
aniq va mavxum otlar, 2 5197634611185721400, Nutq turlari va shakllari, 15-амалий, Assotsiatsiyalar-metodi (2), Baliq-skeleti-metodi (2), Birgalikda-oqiymiz (2), maluotnoma.... tersu, Sobitjon IAKT, 11-sinf-Ona-tili-ish-reja, 9-amaliy mashg\'ulot (1), Mavzu Algebraik masalalarni yechishda tanqidiy tafakkurni rivoj, DIQQAT HAQIDA TUSHUNCHA, Mehnat unumdorligi iqtisodiy o`sish omili sifatida

TA’LIM METODLARI VA VOSITALARI.
Reja:
1. Ta’lim metodlari va usullari tushunchalari.
2. Zamonaviy didaktikada ta’lim metodlari tasnifiga turlicha yondashuvlar.
3. Ta’lim metodlarinig mohiyati va mazmuni.
4. Ta’lim metodlarini tanlab olish shartlari.
5. Ta’lim vositalari va ularning vazifalari.
Tayanch tushunchalar: metod, ta’lim metodi, ta’lim usuli, qoida, intrefaol metod, metodika,
texnologiya, didaktik vosita, ta’limning texnik vositalari.
1.Ta’lim metodlari va usullari tushunchalari. Metod, usul va texnologiya. Ta’lim metodi tushunchasi
anchagina murakkabdir. Shu bois pedagogikada uning tobora aniq talqini xususida munozara haligacha
davom etmoqda. Biroq bu tushunchaga beriladigan didaktlarning turli ta’riflariga qaramay, ularning
nuqtai nazarlarini yaqinlashtiradigan qandaydir umumiylikni ham ta’kidlash mumkin. Ko‘pchilik
mualliflar ta’lim metodini o‘quvchilarning o‘quv bilish faoliyatini tashkil etish usuli, deb hisoblashga
moyildir.
Shu qoidani boshlang‘ich nuqta bilib, mazkur tushunchani yanada batafsil ko‘rib chiqish va uning
ilmiy ta’rifiga kelishga harakat qilamiz.
Metod so‘zi yunoncha tadqiqot, maqsadga erishish yo‘li, usuli deganidir. Metod - eng umumiy
ma’noda - maqsadga erishish usuli, ma’lum tarzda tartibga solingan faoliyat. Ko‘rinadiki, bu o‘rinda ham
o‘qituvchining o‘rgatuvchi ishi va u tashkil etgan o‘quvchilarning faol o‘quv-bilish faoliyati
uyg‘unlashadi.
Ta’lim metodlari deyilganda, o‘rganilayotgan materialni egallashga qaratilgan turli didaktik
vazifalarni hal etish bo‘yicha o‘qituvchining o‘rgatuvchi ishi va o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyatini
tashkil etish usullari yig‘indisi tushuniladi.
Didaktikada, shuningdek, ta’ lim usullari atamasi ham keng qo‘llanadi.
Ta’lim usuli - ta’lim metodining tarkibiy qismi yoki alohida tomoni. Metodlar bilan usullar
munosabati o‘zaro bir-biriga bog‘langan. Usul va metod butun va qism sifatida bir-biriga bog‘lanadi.
Usullar yordamida faqat pedagogik yoki o‘quv vazifasining bir qismi hal qilinadi. Xuddi shu metodik
usullar turli metodlarda foydalanilgan bo‘lishi mumkin. Va aksincha, xuddi shu metod turli o‘ qituvchilar
tomonidan turli usullarda ochib berilishi mumkin.
Masalan, o‘qituvchilar tomonidan ko‘p qo‘llaniladigan mashq manbasiga ko‘ra amaliy metod
hisoblansa, uni qo‘llash esa bir nechta usullar (mashqning qoidasini o‘ qib berish (1-usul), bittasini
namuna sifatida bajarib ko‘rsatish (2-usul), o‘qituvchining namunasi asosida o‘quvchilar tomonidan
mashqning bajarilishi (3-usul), o‘quvchilar tomonidan bajarilgan mashqlarni tekshirish va xatolarini
tuzatish (4-usul) va boshqalar) yordamida amalga oshiriladi.
O‘qituvchilarning ayrimlari esa, “metod” tushunchasining o‘rniga “uslub” tushunchasini ham
qo‘llaydilar. Ammo “uslub”
tushunchasi “metod” atamasining mohiyatini o‘zida to‘liq aks ettira olmaydi. Chunki uslub ko‘proq
xususiy (so‘z borayotgan holatda aynan o‘qituvchiga xoslikni ifoda etadi) tavsifga ega bo‘lib, aniq
maqsadga erishish yo‘li sifatida xizmat qila olmaydi.
Pedagogik texnologiya - bu muayyan loyiha asosida tashkil etiladigan, aniq maqsadga yo‘naltipilgan
hamda ushbu maqsadning natijalanishini kafolatlovchi pedagogik faoliyat japayoni mazmunidir. Har
qanday pedagogik texnologiya, jumladan umummadaniy dunyoqarashni shakllantirishga yo‘naltirilgan
texnologiya ham o‘zaro hamkorlik, muloqot, ularning bir-birlariga ta’sirlari eng zamonaviy talablarga
javob bergan holda, o‘qituvchi ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish va boshqarish tamoyillari, yo‘llari,
umummadaniy dunyoqarashni shakllantirishga xizmat qiluvchi metod va uslublar, talabalar shaxsi
faoliyatni to‘g‘ri tashkil etish, ular bilan hamkorlik qilish, muloqotga kirishish, pedagogik faoliyatini
tashkil etish jarayonida yuzaga keluvchi muammo va qarashlarni birgalikda hal etish, auditoriyada ijodiy
hamkorlik, ishchanlik muhitini hosil qilishga doir shakl va metodlar bilan qurollangan bo‘lishi lozimTa’lim amaliyotida “pedagogik texnologiya” tushunchasi uch darajada qo‘llaniladi:
Umumpedagogik (makro) daraja. Mazkur darajaga muvofiq keladigan texnologiyalar yaxlit
pedagogik jarayonga tegishli bo‘lib, ularga muammoli, tabaqalashtirilgan, integratsion, shaxsga
yo‘naltirilgan, rivojlantiruvchi, modulli, masofali o‘qitish texnologiyalarini misol sifatida keltirish
mumkin. Mazkur texnologiyalar innovatsiya tavsifiga ega bo‘lib, novator o‘ qituvchilar, olimlar va
izlanuvchilar tomonidan ishlab chiqiladi hamda samaradorligi kafolatlanganidan va amaliyotga keng
tatbiq etish imkoniyatiga ega bo‘linganidan so‘ng uni amaliyotchi o‘qituvchilar o‘z faoliyatida
qo‘llaydilar.
Xususiy-metodik (mezo) daraja. Ushbu daraja o‘zida ma’lum bir o‘quv fanini o‘qitish jarayonini
loyihalash va rejalashtirishni o‘zida aks ettiradi. Masalan, boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi o‘qish darsini
har safar texnologik modeli va xaritasini tuzib kelishi kerak. Hozir ko‘p ta’kidlanayotgan texnologik
model loyihalashga, texnologik xarita rejalashtirishga to‘g‘ri keladi. Natijada har bir fanni o‘ qitish
texnologiyasi yuzaga keladi.
Lokal daraja (mikro). Mazkur darajaga tegishli texnologiyalar o‘quv-tarbiya jarayonining ma’lum
tarkibiy qismi, alohida shaxs sifatlarini shakllantirish, maxsus o‘quv ko‘nikma va malakalarini tarkib
toptirishga xizmat qiladi. Masalan, o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashini shakllantirish texnologiyasi,
o‘quvchilarning aqliy qobiliyatini rivojlantirish texnologiyasi va boshqalar.
Metodika - qat’iy ketma-ketlikka (algoritmik xarakterga), ilgari o‘rnatilgan reja (qoida), tizimga aniq
rioya qilish bo‘lib, biror bir ishni maqsadga muvofiq o‘tkazish metodlari, yo‘llari majmuasi. “Metodika”
tushunchasi turli fanlarni o‘qitish bilan ham bog‘ liqlikda qo‘llanilib, ma’lum sohani o‘qitish jarayoni,
mazmuni, qonuniyatlari, tamoyillari, shakl, metod va vositalari yig‘indisini o‘zida ifoda etadi.
“Metodika” va “texnologiya” tushunchalarining bahs doirasi bilan ham bog‘liqlikda ayrim farqli
jihatlarni ajratib ko‘rsatish mumkin. Jumladan, metodik tizim “Qanday o‘qitish?”, “Nima uchun
o‘qitish?”, “Nimaga o‘rgatish?” kabi savollarga javob izlaydi, texnologiya esa, “Qanday tarzda samarali
o‘qitishga erishish mumkin?” degan savolni markazga qo‘yadi. Metodika o‘quv jarayoninin qanday
tarzda tashkil etish lozimligini nazarda tutsa, texnologiya qay yo‘sinda o‘quv jarayonini eng qulay,
maqbul tarzda amalga oshirishga diqqat-e’ tiborni qaratadi.
2. Zamonaviy didaktikada ta’lim metodlari tasnifiga turlicha yondashuvlar. Didaktik tadqiqotlar
ko‘rsatadiki, ta’lim metodlari nomenklaturasi (nomlanishi) va tasnifi ularni ishlab chiqishda tanlangan
yondashuvga bog‘liq holda juda xilma-xil ekanligi bilan xarakterli. Ulardan eng muhimlariga
to‘xtalamiz.
Ta’lim metodlari tasnifi:
An’anaviy (manbasiga ko‘ra) ta’lim metodlari (E.I.Golant, N.M.Verzilin va bosh.)
Og‘zaki Ko‘rgazmali Amaliy Kitob bilan
ishlash
Video-
metod
Hikoya
Suhbat
Tushuntirish
Ma’ruza
Munozara
Illyustratsiya
Demonstratsiya
Mashq
Amaliy
Laboratoriya
Didaktik o‘yin
O‘qish, O‘rganish,
Reja tuzish,
Konspekt qilish
Ko‘rish,
O‘rganish,
Nazorat
qilish
O‘quvchilarning bilish faoliyati tavsifiga ko‘ra ta’lim metodlari tasnifi (I.Ya.Lerner va
M.N.Skatkin).
Ta’lim
metodining
nomlanishi
O‘qituvchi faoliyati O‘quvchi faoliyati
Axboriy-
retseptiv
O‘quv axborotini uzatish,
o‘rganilayotgan ob’ekt bilan o‘
quvchi harakatini tashkil etish
Bilimlarni idrok etish, anglash va
yodda saqlash. 3.Ta’lim metodlarining mohiyati va mazmuni.
Hikoya - o‘qituvchi tomonidan mavzuga oid dalil, hodisa va voqealarning yaxlit yoki qismlarga
bo‘lib, tasviriy vositalar yordamida obrazli tasvirlash yo‘li bilan ixcham, qisqa va izchil bayon qilinishi.
Metodning samarasi ko‘p jihatdan o‘qituvchining nuqt mahorati, so‘zlarni o‘z o‘rnida, ifodali bayon
qilishi, shuningdek, o‘quvchilarning yoshi, rivojlanish darajasini inobatga olgan holda yondashuviga
bog‘liq. Shu bois hikoya mazmuni o‘quvchilarning mavjud bilimlariga tayanishi, ularni kengaytirishga
xizmat qilishi zarur. Hikoyaning axborotlar bilan boyitilishi maqsadga muvofiqdir.
Hikoya qilinayotgan materialni samaralash maxsus reja asosida amalga oshiriladi. O‘qituvchi har bir
darsda uning maqsadini aniq belgilab oladi, undagi asosiy tushunchalarga alohida urg‘u berishga
e’tiborni qaratadi.
Suhbat - savol va javob shaklidagi dialogik ta’lim metodi bo‘lib, u fanga qadimdan ma’lum, xatto
undan o‘z faoliyatida Suqrot ham mohirona foydalangan. Suhbat ta’lim jarayonida ko‘p funktsiyalar
(aqliy fikrlash, hozirjavoblik, muloqot madaniyati va boshqa sifatlarni shakllantiradi) bajaradi, ammo
asosiysi o‘quvchida faollikni yuzaga keltiradi. Suhbat o‘qituvchi fikriga mos harakat qilish, natijada
yangi bilimlarni bosqichma-bosqich egallashga imkon beradi.
Suhbat - faoliyatni endigina boshlagan o‘qituvchi uchun murakkab ta’lim metodi hisoblanadi,
binobarin, savollarni tayyorlash, ularning ketma-ketligini ta’minlash ko‘p vaqt talab etadi, uni tashkil
etishda esa barcha o‘quvchilarning diqqatini jalb etish talab qilinadi. O‘qituvchi oddiy savollar berishi,
o‘quvchilarga ular yuzasidan batafsil o‘ylash uchun vaqt ajratishi, o‘quvchilarning javoblarini esa diqqat
bilan tinglashi, zarur o‘rinlarda ularni sharhlashi lozim. Shu bois suhbatda bilish deduktiv yoki induktiv
yo‘l bilan amalga oshadi. Deduktiv suhbat o‘quvchilarga oldindan ma’lum bo‘lgan qoidalar,
tushunchalar, hodisalar, jarayonlar asosida tashkil etilib, o‘quvchilar tahlil yordamida xususiy xulosalarga
keladilar. Suhbatning induktiv shaklida alohida dalillar, tushunchalarning tahlil asosida umumiy xulosaga
kelinadi.
Suhbat ko‘proq o‘quvchilarni yangi bilimlar bilan tanishtirish, bilimlarni tizimlashtirish va
mustahkamlash, nazoratni tashkil etish hamda o‘zlashtirilgan bilimlarni tashxislashda ijobiy natijalarni
beradi. Suhbat turli ko‘rinishlarda, ya’ni, kirish, yakuniy, individual va guruhli suhbattarzida tashkil
etiladi.
Tushuntirish o‘quv materiali mazmunini isbot, tahlil, umumlashma, taqqoslash asosida bayon
qilishdir. Bu metod hikoyaga nisbatan birmuncha keng qo‘llaniladi. Undan odatda, nazariy materiallar
hamda murakkab masalalarni o‘rganishda foydalaniladi. Tushuntirish jarayonida o‘quv materialining bir
qadar qiyin unsurlari ko‘zga tashlanadi va shu asosda materialning mohiyati ochib beriladi. Tushuntirish
samarasi ko‘p hollarda o‘qituvchining ko‘rgazmali vositalardan oqilona foydalanishiga bog‘liq bo‘ladi.
Ma’ruza - yirik hajmdagi o‘quv materialini og‘zaki bayon qilish metodi sanalib, uning o‘ziga xos
xususiyatlari quyidagilardan iborat: qat’iy mantiqiy ketma-ketlik, uzatilayotgan axborotlarning ko‘pligi,
bilimlar bayonining tizimliligi. Maktab ma’ruzasi mazmunini murakab tizimlar, hodisalar, obyektlar,
jarayonlar, ularning sababli-oqibatli bog‘lanishlari, qonun va qoidalar tashkil etadi. Shu bois ma’ruza
maktab sharoitida yuqori sinflardagina qo‘llaniladi. Chunki u butun dars jarayonini qamrab olishi
mumkin. Ma’ruza metodi tushuntirish va suhbatning asta-sekin kengayib borishidan vujudga keladi va
bir vaqida o‘quvchilarni qisqacha yozib olish (konspektlash)ga o‘rgata boradi.
Ta’lim sifati va samaradorligini ta’minlashda ko‘rgazmali metodlar ham alohida ahamiyatga ega.
Tasvir (illyustratsiya) metodi namoyish metodiga chambarchas bog‘liq bo‘lsada, didaktikada alohida
o‘rganiladi. Illyustratsiya narsa, hodisalar va jarayonlarni ularning ramziy ko‘rinishlari - chizma, port,
rasm, fotosurat, yassi modellar va boshqalar yordamida ko‘rsatishni taqozo etadi.
Namoyish (demonstratsiya) metodi o‘rganilayotgan obyekt harakat dinamikasini ochib berishda qo‘l
keladi va ayni chog‘da predmetning tashqi ko‘rinishi va ichki tuzilishi haqida to‘laqonli ma’lumot
berishda keng qo‘llaniladi. Tabiiy obyektlarni namoyish qilishda odatda uning tashqi ko‘rinishi (shakli,
hajmi, miqdori, rangi, qismlari, ularning o‘zaro munosabatlari)ga e’tibor qaratiladi, so‘ngra ichki tuzilishi
yoki alohida xususiyatlarini o‘rganishga o‘tiladi. Ko‘rsatish ko‘p holatlarda o‘rganilayotgan
obyektlarning subyekti yoki chizmasi yordamida kuzatiladi.
Amaliy metod - o‘zlashtirilgan bilimlarni amaliy masalalar echimini topishga yo‘naltirilgan
jarayonda qo‘llashni taqozo etadi. Bunda nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmasi hosil
qilinadi. Amaliy ishlar sinfda yoki tabiiy sharoitlar - maktab er maydoni, issiqxona, geografik
maydonlarda amalga oshiriladi. Ularni amalga oshirishda sodir etiladigan harakatlar o‘qituvchitomonidan nazorat qilinadi va zarur hollarda yo‘riqnoma yoki maxsus ko‘rsatmani o‘quvchilar e’tiboriga
havola etadi.
Mashq - aqliy yoki amaliy (jismoniy) harakatlarni bajarish ko‘nikmalarini egallash yo‘lidagi ko‘p
marta takrorlanishlar bo‘lib, mashqsiz ko‘nikma hamda malakalarni shakllantirish mumkin emas.
Mashqlar og‘zaki, yozma, gradikaviy (texnik jarayonlar mohiyatini ifodalash), ijtimoiy-foydali, jismoniy
va boshqa turlarga bo‘linadi.
Laboratoriya ishlari o‘quvchilarning jihoz, maxsus uskuna, qurol hamda turli texnikaviy qoliplardan
foydalangan holda tajribalarni o‘tkazish metodlari bo‘lib, ular ko‘proq tabiiy fanlar asoslarini o‘rganishda
qo‘llaniladi. Bu metod o‘quvchilarning asbob-uskunalar bilan ish ko‘rish, o‘lchash ishlarini amalga
oshirish va ularning natijalariga ishlov berish kabi ko‘nikmalarini tezkor shakllantirishga imkon beradi.
Laboratoriya ishlarini bajarish maxsus qurilma va jihozlar, shuningdek, materiallar hamda vaqtni
sarflash, ularni ishga tayyor holatga keltirishni talab etadi. Biroq bu harakatlar o‘quvchilarning yuqori
darajadagi faolligi asosida mustaqil ravishda tajriba va o‘lchash ishlarini tashkil etish bilan
takomillashtirilib boriladi.
Didaktik o‘yin o‘rganilayotgan ob’yekt, hodisa va jarayonlarni modellashtirish asosida o‘quvchining
bilishga bo‘lgan qiziqishi va faollik darajasini rag‘batlantiruvchi o‘quv faoliyati turi. Ayni vaqtda o‘yin
ham ijtimoiy faoliyat ko‘rinishi sanaladi.
4. Ta’lim metodlarini tanlash. Pedagogika fanida, o‘qituvchilarning amaliy tajribasini o‘rganish va
umumlashtirish asosida ta’lim metodlarini tanlashga o‘quvtarbiya jarayoni kechayotgan shart-sharoitlar
va aniq holatlarga bog‘liq muayyan yondashuvlar vujudga keladi. Ta’lim metodlarini tanlashda quyidagi
holatlar inobatga olinishi lozim:
• Ta’limning umumiy maqsadlari.
• Fanning va o‘rganilayotgan mavzuning mazmuni hamda o‘ziga xosliklari.
• Biror fanni o‘qitish metodikasining o‘ziga xosliklari.
• Materialni o‘rganishga ajratilgan vaqt.
• O‘quv mashg‘ulotining maqsadi, vazifalari va mazmuni.
• O‘quvchilarning yoshi va bilish imkoniyatlari.
• O‘quvchilarning tayyorgarlik darajasi.
• Ta’lim muassasasining moddiy ta’minlanganligi.
• O‘qituvchining nazariy, amaliy va metodik tayyorgarligi, pedagogik mahoratni egallaganlik
darajasi.
5.Ta’lim vositalari va ularning vazifalari. Ta’lim vositalari. Ta’lim metodlari ta’ lim vositalari
bilan birgalikda qo‘llaniladi. Ta’lim vositalari - bu yangi bilimlarni o‘zlashtirish uchun o‘qituvchi va
o‘quvchilar tomonidan foydalaniladigan ob’yekt. Ta’lim vositalari katta ahamiyatga ega. Ta’limning
barcha vositalari ta’lim maqsadlarini muvafaqqiyatli amalga oshiradi.
Didaktik vositalar deganda, o‘quv va ko‘rgazmali qo‘llanmalar, namoyishli qurilmalar, texnik
vositalar tushuniladi.
Ta’lim vositalari o‘zida o‘quv-tarbiyaviy maqsadga erishish uchun zarur bo‘lgan moddiy yoki
ma’naviy qadriyatlarni aks ettiradi. Odatda ular ta’lim metodlariga mos holatda foydalaniladi. Biroq agar
metodlar «qanday o‘qitish» savoliga javob bersa, vositalar esa, «uning yordamida niamani o‘qitish»
savoliga javob beradi.
An’anaviy ravishda qo‘laniladigan ta’lim vositalariga darslik, rasmlar, jadvallar, nutq, o‘ quv-
ustaxonasi jihozlari, laboratoriyalar, axborot vositalari, o‘quv jarayonini tashkil eti shva boshqarish
vositalari kiradi.
Didaktik vositalar metodlar singari ta’limiy, tarbiyaviy va rivojlantiruvchi funktsiyalarni bajaradi.
Bundan tashqari o‘quvchilarning o‘quv-bilish faoliyatini hosil qilish, boshqarish va nazorat qilish
vazifalarini bajaradi.
Didaktik vositalar audivizuallik tafsilotida motivatsion, axborot, ta’lim jarayonini boshqarish,
optimallashtirish funktsiyalarini bajaradi.
Fanni o‘qitish bilan bog‘liq holda ta’lim vositasi tanlanadi. O‘qituvchi o‘zining ixtiyori bo‘yicha
ko‘rgazmali material, o‘quv qo‘llanmadan foydalanishi mumkin. Ta’lim vositasini qo‘llashning yana bir
jihati albatta ta’lim jarayonining tarkibiy qismi sifatida aks ettirishidir. Ta’lim vositasini tanlab olish ta’lim metodini tanlab olish bilan bog‘liq. Agar ta’limning faol
metodi(kitob bilan ishlash, mashqlar) foyda-lanilsa, u holda o‘quv qo‘llanmalari, darsliklar va ta’limning
texnik vositalaridan foydalaniladi. Aynan ta’limning aktiv-texnik vositalari amaliy metodlarda
foydalaniladi.
Ta’limning faollikni nisbatan kam talab etadigan metodlari(o‘quvchilar eshitadi, ya’ni hikoya,
ma’ruza, tushuntirish, ekskursiya) ta’limning ko‘rgazmali vositalaridan foydalaniladi. Ta’limning
ko‘rgazmali vositalari pedagogning o‘zi tomonidan tuzilgan bo‘lishi mumkin.
Vositalarning istalgan turidan foydalanishda o‘lchov va mutanosiblikka e’tibor berish kerak. Masalan,
ko‘rgazmali vositalarning soni etarli bo‘lmasligi bilimlarning sifatiga ta’sir ko‘rsatadi, bilishga qiziqishni
pasaytiradi, obrazli idrok etishni rivojlantirmaydi. Ulardan haddan tashqari foydalanish o‘quvchilarning
o‘rganilayotgan fanga engil-elpi qarashiga olib keladi. Murakkab mavzularni o‘rganishda 4-5
demonstratsiya optimal hisoblanadi.
Ta’lim vositalari tasnifi aniq va yagona bo‘lishi mumkin emas. Ta’lim vositasining ahamiyatli tomoni
ularning birgalikda qo‘llanilishidir va hech qachon bir-birini inkor etmaydi.
O‘qituvchining vazifasi - dars jarayonini faollishtirish uchun ta’limning samarali vositasini tanlab
olishdir.
Ta’lim vositalarini tasniflashda turli asoslarga ko‘ra yondashish mumkin:
- faoliyat sub’yektiga ko‘ra;
- faoliyat ob’yektiga ko‘ra;
- o‘quv axborotiga munosabatiga ko‘ra;
- o‘quv jarayonidagi vazifasiga ko‘ra.
Faoliyat sub’yekti bo‘yicha ta’lim vositalari o‘rgatish va o‘rganishga bo‘linadi.
O‘rgatish vositalari. Masalan, namoyishli-tajriba qurollari. Bunday qurollar o‘qituvchi toionidan
mavzuni tushuntirish va mustahkamlash uchun qo‘llaniladi.
O‘rganish vositalari. Masalan, laboratoriya-praktikum qurollari. Bunday vositalar o‘quvchilar
tomonidan yangi bilimlarni egallash uchun qo‘llaniladi.
Didaktik vositalar o‘qituvchi va o‘quvchi uchun xosligiga qarab, ikkiga bo‘linadi. Birinchisiga ko‘ra,
narsalar o‘qituvchi tomonidan ta’limning maqsadlarini samarali realizatsiyalash uchun qo‘llanilsa,
ikkinchisi - bu o‘quvchilarning individual vositalari, darsliklar, daftarlar. Bundan tashqari didaktik
vositalar o‘qituvchi va o‘quvchilar faoliyat turiga ko‘ra sport qurollari, botanika va geografiya
maydonchasi, kompyuterlarga ham bo‘ linadi.
Faoliyat ob’yektlari bo‘yicha ham ta’lim vositalari ikkiga bo‘linadi:
Material ta’lim vositalari. Bu o‘quv qo‘llanmalari, darsliklar, jadvallar, maketlar, modellar, o‘quv-
texnik vositalar, mebel, o‘quv-laboratoriya qurilmalari, ko‘rgazmali vositalar bo‘lishi mumkin.
Ideal ta’lim vositalari - bular pedagog va o‘quvchilar yangi bilimlarni egallashda qo‘llaydigan
vositalar: chizmalar, sxemalar, diagrammalar, tasviriy, san’at, nutq, xat va boshqalar. Ideal vositalar
- bu «fikrlar haqidagi fikrlar»: o‘qituvchi ularni o‘rgatish uchun belgilangan shaklda ko‘rsatishi zarur.
Masalan, materializatsiya - abstrakt simvollar tarzida ko‘rsatiladigan vosita(grafiklar, jadvallar,
chizmalar), verbalizatsiya - nutq bayoni tarzida ko‘rsatiladigan vosita(tahlil, muhokama qilish, dalil
keltirish).
Material va ideal vosita bir-birini to‘ldiradi. Material vosita qiziqish va diqqatni uyg‘otish, amaliy
harakatlarni amalga oishirish bilan bog‘liq bo‘lsa, ideal vositalar - mantiqiy muhokama. Materialni
tushunti-rish, nutq madaniyati, yod olish bilan bog‘ liq.
O‘quv axborotiga munosabatiga ko‘ra ta’lim vositalari yangi materialni o‘rganish vositalari,
takrorlash, mustahkamlash, umumlashtirish vositalari, bilimlarni nazoart qilish vositalari, o‘quv
jarayonini tashkil eti shva boshqarish vositalari va axborot vositalariga bo‘linadi.
O‘quv jarayonidagi vazifasiga ko‘ra ta’lim vositalari kommunikatsiya (muloqot) va o‘quv ishlari
vositalariga tasnif etiladi. O‘quv ishi vazifa, muammo, masalalarni hal etish, turli mashqlarni bajarish
jarayonidir. Ta’lim - kommunikatsiya (muloqot) o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘quv faoliyati
sanaladigan kommunikativ-faoliyatli jarayon. Kommunikatsiya - bu kodlash (o‘qituvchi nutqidagi
atamalarda), uzatish (yozilish) va o‘quvchilarning axborotni qabul qilishi (tushunish va dastlabki eslab
qolish). Didaktik vositalar his qilish, sezish uchun foydalanishiga ko‘ra ham tasnif qilinadi. Bunday
bog‘liqlikka ko‘ra didaktik vositalar vizual (ko‘rish) - haqiqiy(original) narsalar yoki turli obrazli
ekvivalentlari, diagrammalar, kartalar; audial(eshitish) - radio, magnitofon, musiqa asboblari;
audioizual(ko‘rish-eshitish) - ovozli filmlar, televidenie, kompyuterlar, didaktik mashinalar, elektron
darsliklar.
Ta’limning texnik vositalari. TTV - bu o‘zida o‘quv- axborotlarini ekranli-ovozli aks ettiruvchi
asbob va moslamalardir. Ularga quyidagilar kiradi: o‘quv kinofilmlari; diafilmlar; kompyuterlar;
magnitofon tasmalari; radioeshittirish; teleko‘rsatuvlar.
Ta’limning texnik vositalarini quyidagi turlarga ajratish mumkin: axborot; aralash(kombinatsion);
trenajyor; bilimlarni nazorat qilish vositalari; audiovizual vositalar.
Ta’ limning texnik vositalari quyidagi funktsiyalarni bajaradi:
• ta’limning sifati va samaradorligini oshiradi;
• o‘quv jarayonining jadallashuvini ta’minlaydi;
• o‘quvchilarni idrok qilishga yo‘naltiradi;
• o‘quvchilarda bilimlarni egallashga nisbatan katta qiziqish hosil qiladi;
• dunyoqarashni, ishonchni, o‘quvchilarning axloqiy qiyofasini shakllantirishga yordam beradi;
• o‘quv ishiga nisbatan o‘quvchilarda emotsional munosabatni oshirishni ta’minlaydi;
• bilimlarni nazorat, o‘zini-o‘zi nazorat qilishni ta’minlaydi.
Tushunchalarv
Download 25.96 Kb.




Download 25.96 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Reja: Ta’lim metodlari va usullari tushunchalari

Download 25.96 Kb.