Mavzu: Ratsional sonlarni ko`paytirish.
Maqsad: O`quvchilarda ratsional sonlarni ko`paytirish qoidalari va ularning tatbiqi bo`yicha bilim, ko`nikmalarini tarkib toptirish.
Darsning tipi: Yangi materialni bayon qilish darsi.
Darsni olib borish metodi: Savol-javob, suhbat, amaliy ishlar va mustaqil ishlar metodlarini kompleks holda qo`llash.
Darsda erishilishi majburiy bo`lgan ta`lim natijalari: O`quvchilar bu mavzuni o`rganishda quyidagi mashqlarni yechishni bilishlari majburiy:
Amallarni bajaring:
(-4) . (-8); (-1,8) . (-2,5); (-1,23) . (-0,5);
(-5) . (+8); 18 . (-0,2); -4,8 . 2,75; (-1) .0,01
2,5 · 4 . (-5) ; (-10) . (-2,4) . ; (-0,28) . 25 . 0,4.
Darsni tashkil qilish: Bo`r, latta, dars xonaning tozaligi, davomat va sinfning ozodaligi ko`zdan kechiriladi. Oquvchilarning diqqatiga e’tibor beriladi.
Mavzuni bayon qilish: Musbat va manfiy sonlardan kishilar qadim zamonlardanoq o`z faoliyatlarida foydalanilgan. “Musbat” va”manfiy” atamalari Mirzo Ulug`bekning shogirdi Mirzo Ulug`bek ilmiy maktabining yirik vakili, buyuk olim Ali Qushchi tamonidan “Kitob-ul Muhammadiya” asarida kiritilgan. Ali Qushchi yozadi:
“Shuni bilish kerakki, har bir son musbat yoki manfiy bo`lishi mumkin”. Har xil ishorali ratsional ikkita sonni ko`paytirish va ko`paytma oldiga “minus” (-) ishorasini qo`yish lozim.
(-5)*(+8)=-[-5]*[+8]=-(5*8)=-40
18*(-0,2)=-[18]*[-0,2]=-(18*0,2)=-3,6
-4,8*2,75=-[-4,8]*[2,75]=-(-4,8*2,75)=-13,2
(-1)*0,01=-[-1]*[0,01]=-(1*0,01)=-0,01
Bir xilishorali ikkita ratsional sonni ko`paytirish uchun ularni modularini ko`paytirish kifoya.
Noldan farqli bir xil ishorali ikkita ratsional sonning ko`paytmasi (ratsional) musbat sondir.
Agar manfiy ishorali ko`paytuvchilar soni toq (juft) bo`lsa, u holda ko`paytma ishorasi manfiy (musbat) bo`ladi.
(-4)*(-8)=[-4]*[-8]=4*8=32
(-1,8)*(-2,5)=[-1,8]*[-2,5]=4,5
(-1,23)*(-0,5)=[-1,23]*[-0,5]=1,23*0,5=0,615
2,5*4*(-5)=10*(-5)=-50
(-10)*(-2,4)*= 24 * = 14
(- 0,28 ) * 25 * 0,4 = (-0,28 ) * 10 = -2,8
|