• Tavakkalchilik.
  • Qimmatlilik.
  • Mavzu: Algebraik masalalarni yechishda tanqidiy tafakkurni rivojlantirish texnologiyasi. Reja




    Download 194.24 Kb.
    bet4/11
    Sana18.09.2023
    Hajmi194.24 Kb.
    #82409
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
    Bog'liq
    Mavzu Algebraik masalalarni yechishda tanqidiy tafakkurni rivoj
    aniq va mavxum otlar, 2 5197634611185721400, Nutq turlari va shakllari, 15-амалий, Reja Ta’lim metodlari va usullari tushunchalari, Assotsiatsiyalar-metodi (2), Baliq-skeleti-metodi (2), Birgalikda-oqiymiz (2), maluotnoma.... tersu, Sobitjon IAKT, 11-sinf-Ona-tili-ish-reja, 9-amaliy mashg\'ulot (1), DIQQAT HAQIDA TUSHUNCHA, Mehnat unumdorligi iqtisodiy o`sish omili sifatida
    Rang-baranglik. O’quvchilarning fikrlash jarayonida turli fikrlar va g‘oyalar paydo bo’ladi. Rang-barang fikr va g‘oyalar yakkayu-yagona javob mavjudligi haqidagi tasavvur bartaraf qilingan chog‘dagina yuzaga keladi. Fikrlarni ifoda qilish chegaralanganda o’quvchilarning fikrlashiga chek qo‘yiladi. Faqat birgina javob mavjud bo’lgan taqdirda xilma-xil vosita va jarayonlardan foydalanish joizki, uning yordamida o’quvchilar ana shu javobni topa olsin.
    Faollik. Tanqidiy fikrlash o’quvchilarning faolligi bilan bevosita bog‘langan. Odatda, o’quvchilar sustkash tinglovchilar bo‘lishadi. Chunki ularda o‘qituvchi bilimli yoki matnda uning bu bilimlari aks etgan, shu tufayli ularning bilim olishlariga o‘qituvchi mas’ul degan ishonch shakllanib qolgan. O‘quv jarayonidagi o’quvchilarning faol ishtiroki va o‘qishlariga o‘zlarining masul ekanligiga tayyorligi tanqidiy fikrlashda kutilgan natijalarni beradi. O’quvchilarni fikr yuritishga, o‘z g‘oyalari va fikrlari bilan o‘zaro o‘rtoqlashishga da’vat etish kabi pedagogik yondashuv ularning faolligini o‘stiradi.
    Mixali Chikjentmixaliy (1975) ta’kidlaydiki, o’quvchilar o‘sha murakkab darajadagi o‘quv jarayonida faol ishtirok etishsa, bilish jarayonida qatnashganligidan katta bahra oladilar va o‘zlarida chuqur qoniqish hissini sezadilar.
    Tavakkalchilik. Erkin fikrlilik tavakkalchilikka asoslanadi. Uning bilim faoliyatida qo‘rqmay tavakkal qiluvchi insonlarni rag‘batlantirib turish joizdir. Fikrlash jarayonida “ahmoqona g‘oyalar” aql bilan tuzilmagan birikma va tushunchalar ilgari surilgan holatlar ham bo‘lishi mumkin. O‘qituvchi uni o‘quv jarayonini tabiiy holati sifatida o’quvchilarga tushuntirishi lozim. O’quvchilarni tavakkaldan holi bo‘lgan, ya’ni g‘oyalar qadrlangan, o’quvchilarning fikrlash faoliyatida faol ishtirokini yuqori motivatsiyalash imkoni bo‘lgan muhitda o‘ylash lozimligi haqida ularda ishonch hosil qilish zarur.
    Qadrlash. Tanqidiy fikrlashning omillaridan biri o’quvchilarning fikrlash jarayonini qadrlashdir. Tashkil etilgan fikrlash jarayonida o’quvchilar o‘z g‘oyalari, tasavvurlarining o‘qituvchi tomonidan qadrlanayotganini tushungan chog‘dagina chuqur ma'suliyat va e’tiborga yarasha javob qaytaradilar. O’quvchilar o‘z fikrlash jarayonini qadrlashni namoyish qilishga harakat qiladilar. Unga va uning oqibatlariga nisbatan jiddiy munosabatda bo‘la boshlaydilar.
    Qimmatlilik. Fikrlash jarayonini tashkil etish davomida o’quvchi ularning fikrlari, o‘z tanqidiy tahlili natijalari qimmatli ekanligini ularning ongiga singdirish zarur. O‘qituvchi o’quvchilardan muayyan materialni shunchaki qayta ishlashni talab qilganda tayyor qoliplardan, andozalardan holi bo’lishi lozim. Bu esa o’quvchilarda o‘zgalar g‘oyalarini mexanik tarzda qayta ishlab chiqish eng muhim va qimmatli ekanligiga ishonch hosil qilishga olib keladi.
    Aslida o’quvchilarga o‘z fikri, o‘ziga taalluqli bo‘lgan g‘oya va tasavvurlar qimmatli ekanligini ko‘rsata olish zarur. O’quvchilarning o‘zlari ham o‘z fikrlarining qimmatbaho ekanligiga ishonch hosil qila olishlari zarur. Ular o‘z fikrining tushuncha va masalani muhokama qilish jarayonida o‘ta muhim, shuningdek, katta-hissa bo‘lib hisoblanishini tan olishlari kerak.

    Download 194.24 Kb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




    Download 194.24 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: Algebraik masalalarni yechishda tanqidiy tafakkurni rivojlantirish texnologiyasi. Reja

    Download 194.24 Kb.