O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
AXBOROT TEXNALOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARNI
RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL- XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT
TEXNALOGIYALARI UNIVERSITETI
SAMARQAND FILIALI
MUSTAQIL ISH
Mavzu:Kiberxavfsizlikka oid milliy va xorijiy meyoriy-huquqiy hujjatlar tahlili
Bajardi:Normo’minova Risolat
Tekshirdi:Raxmatullayev I.R
SAMARQAND – 2024
Mavzu: Kiberxavfsizlikka oid milliy va xorijiy meyoriy-huquqiy hujjatlar
tahlili.
I.KIRISH
1. Kiberxavfsizlikka oid milliy va xorijiy meyoriy-huquqiy hujjatlar tahlili.
II.ASOSIY QISM
1. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari xavfsizligiga bo’ladigan
tahdidlar taxlili.
2. Zararkunanda dasturlarning turlari.
3. Kompyuter viruslari va viruslardan himoyalanish usullari.
4. Xorijiy davlatlarning elektron raqamli imzo algoritmlari tahlili.
5. Identifikatsiya va autintifikatsiya tushunchasi va vazifalari
III.XULOSA
IV.FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
.
I.KIRISH
Bugungi kunda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari iqtisodiyotning barcha
sohalarida zamonaviy boshqaruv tizimlarining ajralmas qismidir. Iqtisodiyot
tarmoqlarining o‘zgarishi, bu jarayonning raqamlashuvi, mobillashuvi, sohaga
sun’iy intellektning joriy etilishi bilan bog‘liq muhim davrni boshdan
kechirmoqda.
2022 yilga kelib dunyo YaIMning qariyb chorak qismi raqamli sektorga
to‘g‘ri kelishi prognoz qilinayotgan bir sharoitda yangi iqtisodiyotni
rivojlantirish zarurati yanada oydinlashadi. Raqamli iqtisodiyotni
rivojlantirishning muhim omili — mamlakat kiberxavfsizligini
ta’minlashdir.
. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-son
Farmoni bilan tasdiqlangan 2017 — 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida
“Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur
o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish” deb
nomlangan beshinchi yo‘nalish doirasida mamlakatning konstitutsiyaviy tuzumini,
suverenitetini, hududiy yaxlitligini himoya qilishga doir chora-tadbirlarni ro‘yobga
chiqarish, kiberxavfsizlik sohasining normativ-huquqiy asoslarini takomillashtirish
belgilangan.
Xususan, 2020 — 2023 yillarga mo‘ljallangan kiberxavfsizlikka doir milliy
strategiyani, “Kiberxavfsizlik to‘g‘risida” gi qonun loyihasini hamda
O‘zbekiston Respublikasi yagona axborot siyosati konsepsiyasi ishlab
chiqish belgilandi.
Prezidentning 2018 yil 21 noyabrdagi PQ-4024-son Qarori bilan davlat
unitar korxonasi shaklida Kiberxavfsizligi markazi tashkil etildi.
Ta’kidlash joizki kiberxavfsizlik sohasiga tegishli bo‘lgan 17 ta qonun hujjati, 9
ta Prezident Farmon va Qarorlari, 14 ta Vazirlar Mahkamasining Qarori,
shuningdek tegishli normalar va ko‘plab idoralararo me’yoriy-huquqiy hujjatlar
qabul qilingan.
Ochiq ma’lumotlarga ko‘ra 2019 yilda «UZ» milliy domen zonasida
ro‘yxatdan o‘tgan domenlar soni 74 mingtadan oshdi. Xususan, Adliya
vazirligiga O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy
bazasi (Lex.uz) va Davlat xizmatlari portali (Davxizmat.uz) singari yirik
axborot resurslari tegishli.
Ma’lumot uchun: Kiberxavfsizlik bo‘yicha xalqaro global reyting ABI Research va
XEI ning qo‘shma loyihasi bo‘lib, indeks davlatlarning kiberxavfsizlik sohasidagi
ishtiroki darajasini baholash imkonini beradi. Bunda majburiyatlar darajasi besh
sohada baholanadi: huquqiy choralar, texnik choralar, tashkiliy choralar,
salohiyatning rivoji va xalqaro hamkorlik. Kiberxavfsizlik bo‘yicha global
reytinglarda 2020 yil sarhisobiga ko‘ra O‘zbekiston Milliy kiberxavfsizlik indeksi
(National Cyber Security Index) da 90 o‘rinda, Global kiberxavfsizlik indeksi
(Global Cybersecurity Index) da 52 o‘rinda, AKT rivojlanganlik indeksi ( ICT
Development Index) da 95 o‘rinda.
Karantin sharoitida global tarmoqda koronavirusdan saqlanish bo‘yicha
ko‘rsatmalar yorlig‘i ostida dasturiy tizimlarni ishdan chiqaruvchi viruslar
tarqatish holatlari uchradi. Xorijda dori-darmonni onlayn sotish va yetkazib
berishni va’da qilib, oldindan pullarni hisob raqamiga o‘tkazishni so‘rab, sodda
odamlarni aldab ketayotgan moliyaviy firibgarlar soxta onlayn-do‘konlar, veb-
saytlar, ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlar va elektron pochta manzillaridan
foydalanishdi. Bu ham axborot xavfsizligini ta’minlash zaruratini yana bir bor
tasdiqlaydi.
“Kiberxavfsizlik markazi” tahlillariga ko‘ra, 2019 yilda internetning milliy
segmenti veb-saytlarida 268 ta kiberxavfsizlik insidenti aniqlangan. Bu
raqamli olamdagi huquqbuzarliklar soni oldingi yilga qaraganda 44 foizga
kamaygan deganidir. Shulardan 222 tasi kontentni ruxsatsiz yuklash, 45 tasi
defeys (veb-sayt sahifasi boshqa, masalan, reklama joylashtirilgan sahifaga
almashtirilishini anglatuvchi xakerlik hujumi) va bittasi yashirin mayning
(kriptovalyuta platformasidagi yashirin faoliyat) ulushiga to‘g‘ri keladi.
Insidentlarning 69 foizi O‘zbekistondagi xosting-provayderlarida joylashgan veb-
saytlarda aniqlangan, qolgan 31 foizi xorijiy davlatlardagi xosting-
provayderlaridagi saytlarga tegishli. 80 ta holatga nisbatan tekshirish ishlari olib
borilib, aniqlangan zaifliklarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berilgan,
qolgan 188 ta holat veb-sayt egalari tomonidan mustaqil ravishda bartaraf etilgan.
Kibermakonda xavfsizlik bilan bog‘liq muammolarning yuzaga kelishiga kodda
xavfsizlik xatolari mavjud bo‘lgan kontentni boshqarish, eskirgan versiyalar bilan
ishlash, kirish parollarining osonligi, xavfsiz bo‘lmagan manbalardan yuklab
olingan shablonlar, viruslar bilan zararlangan kompyuterlarda veb-saytlarni
boshqarish kabilar sabab bo‘ladi.
|