Morrisa nomlisidir. 1988 yilda ushbu virus Internet tarmog'idagi 30000 ta
kompyuterdan 6000 tasiga zarar keltirib, "karomat" ko'rsatgan.
Fayl viruslari kompyuterlarda keng tarqalgan viruslar. Ular barcha
viruslarning tahminan 80% ini tashkil etadi. Bu toifa kompyuter viruslari
juda chidamli bo'lib, o'z vaqtida ehtiyot chorasi ko'rilmasa, haqiqiy
epidemiyaga aylanadi. Masalan, RCE-1813 yoki Ierusalem (Quddus), Black
Friday (qora juma) va boshqa o'ta xavfli viruslardir.
\Ko'pchilik tarqalgan fayl viruslari shtammlarga ega, ular baza
versiyalaridan uncha farq qilmaydi. Shuning uchun fayl viruslarini quyidagi
guruhlarga bo'lish mumkin: - Vena guruhi. Uning birinchi S-648 deb
nomlanuvchi vakili Venada topilgan; - CASCADE guruhi. RC-1701 deb
nomlanuvchi birinchi vakili 1988 yil o'rtalarida topilgan; - Quddus guruhi.
RCE-1813 deb nomlanuvchi uning birinchi vakili 1987 yilning oxirida
Quddus universitetida topildi; - TR viruslar guruhi - mazkur viruslar,
taxminlarga ko'ra, Bolgariyada ishlab chiqilgan. O'z navbatida bu guruh uch
kichik guruhga bo'linadi. VACSINE, "musiqali qayta yuklash" va "o'z-o'zini
yeb qo'yuvchilar".
Virusdan himoyalanish usullarini qo'llash
"Virus-himoya vositalari" muammosi xuddi "hujum quroli - himoya quroli"
muammosiga o'xshaydi. Himoya vositalari ko'paygan sari hujum vositalari
ham takomillashib, uni ishlatuvchilar rag'batlantirilmokda. Nachora, hayot
shunday kurashdan iborat. Shuning uchun aytish darkorki, kompyuter
viruslari hali ko'p vaqt dolzarb muammo bo'lib qolaveradi, har ikki tomon
ham rivojlana beradi.