Umuman olganda, tashkilotning kompyuter muhiti ikki xil xavf-xatarga duchor bo’ladi: :1. Ma'lumotlarni yo’qotilishi yoki o’zgartirilishi.
2. Servisning to’xtatilishi.
Tahdidlarning manbalarini aniqlash oson emas.
Ular niyati buzuq odamlarning bostirib kirishidan to kompyuter
viruslarigacha turlanishi mumkin.
Bunda inson xatoliklari xavfsizlikka jiddiy tahdid hisoblanadi.
Kategoriya: viruslar va qurtlar (Viruses_and_Worms)
Xavflilik darajasi: yuqori
Klassik viruslar va qurtlar kompyuter foydalanuvchilariga ruxsat etilmagan
amallarni bajarishadi va o’zlarining nusxasini ko’paytirishadi.Viruslar
fayllarni xar-xil yo’llar bilan zaxarlashi mumkin.
Qaytayozuvchi (Overwriting) viruslar o’zlarining kodlarini zaxarlanadigan
fayllarni o’chirib o’rniga o’zlarining nusxasini yozib qo’yadi. Zaxarlangan fayl o’z
ish faoliyatini tugatadi va uni davolab bo’lmaydi.
Parazit (Parasitic) viruslar fayllarni o’zgartirib o’zlarining kodlarini yozib qo’yadi,
zaxarlangan fayllar bazida qisman yoki to’liq ish qobilyati saqlanib qoladi.
Kompanion-viruslar (Companion)fayllarni o’zgartirmaydi, ammo ularning
egizagini paydo qiladi. Zararlangan fayl ishga tushirilganda, birinchi original
fayl xam ishga tushadi.
Ssilka-viruslari(Link) mavjud bo’lib, ular obyekt mobullarini zararlaydi
(OBJ), bular kompilyator kutubxona fayllarni zaxarlovchi viruslar (LIB) deb
nomlanadi, va dasturlarning textlarini va boshqalarni zararlaydi.
Zararkunanda dasturlarning turlari. Qurt (Chuvalchang) Qurtlarning kodlari xam klassik viruslar singari tizimga tushgan zaxoti o’zining
zararli amallarini bajarishga kirishadi. Ammo unga qurt nomi berilishi bejiz emas
chunki, u bir kompyuterdan boshqasiga “paypaslab” o’tish qobilyatiga ega .
Foydalanuvchi ruxsatisiz xar-xil axborot kanallari orqali o’z nusxalarini
ko’paytiradi.
Qurtlarning xususiyati xam ana shunda, ya’ni tarmoq kanallari orqali
ko’payishidadir.Ko’payish usuliga qarab Qurtlarni bir necha turlarga bo’lish
mumkin.