Axborot texnalogiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi muhammad al- xorazmiy nomidagi toshkent axborot




Download 210,25 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/9
Sana25.11.2023
Hajmi210,25 Kb.
#105169
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Normo\'minova Risolat

II.ASOSIY QISM 
Internetning milliy segmentini monitoring qilish natijasida 130 mingdan 
ziyod kiberxavfsizlikka tahdidlar aniqlangan. Shundan 106 508 ta holat 
botnet tarmoqlari ishtirokchilariga aylangan xostlarga tegishli. 13 882 ta 
holat spam-elektron pochta yoki parolni buzishi sababli turli xizmatlar 
tomonidan qora ro‘yxatga olingan IP-manzillarni blokirovka qilish bilan 
bog‘liq. 8 457 ta holat TFTP (Trivial File Transfer Protocol – fayl 
uzatishning oddiy shakli) protokoli va tegishli portlardan foydalanish bilan 
bog‘liq bo‘lib, ular utentifikatsiya mexanizmlari yo‘qligi sababli begona 
kontentni yuklab olishga olib kelishi mumkin. 2 114 ta holat RDP (Remote 
Desktop Protocol-masofaviy ish stoli protokoli) zaif protokoli ishlatilishi 
bilan bog‘liq. 1 042 ta holat dasturiy ta’minot va ma’lumotlar bazasini 
boshqarish tizimlarida autentifikatsiya mexanizmiga ega bo‘lmagani, 


shuningdek muddati tugagan yoki yaroqsiz imzoga ega SSL-sertifikatlar 
bilan bog‘liq. 
Bu tahlillar kiberxavfsizlik masalasining dolzarbligini yana bir bor 
tasdiqlaydi, boisi dasturiy zaifliklar buzg‘unchiga axborot tizimi yoki veb-
sayt, shuningdek, fayl va ma’lumotlarga masofadan kirish, fuqarolarining 
shaxsiy ma’lumotlari chiqib ketishiga sabab bo‘lishi mumkin. 
Kiberxavfsizlik choralari bu kabi holatlarning oldini oladi. O‘zbekistonda 
“Raqamli O‘zbekiston-2030” dasturini ishlab chiqilishi va hayotga tatbiq 
etilishi, eng avvalo, puxta va mukammal tashkiliy-huquqiy mexanizmlarni 
shakllantirish, qolaversa, innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va 
ishlanmalarni joriy etish bo‘yicha davlat organlari va tadbirkorlik 
sub’ektlarining uzviy hamkorligini ta’minlash, barcha soha va tarmoqlarda 
ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishni raqamli texnologiyalar bilan qamrab 
olish, bu borada zamonaviy bilimlarni chuqur egallagan, intellektual 
salohiyatli kadrlarni yetishtirish, shu orqali, mamlakatda “xavfsiz 
axborotlashgan jamiyat” muhitini yaratishga xizmat qiladi.
Yurtimizda olib borilayotgan barcha islohotlar zamirida xalqimizga 
qulayliklar yaratish maqsadi yotibdi. Kiberxavfsizlikni ta’minlashga alohida 
e’tibor qaratilishi raqamli imkoniyatlardan ishonchli va xavfsiz tarzda 
foydalanishga asos bo‘ladi. 

Download 210,25 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Download 210,25 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Axborot texnalogiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi muhammad al- xorazmiy nomidagi toshkent axborot

Download 210,25 Kb.
Pdf ko'rish