Troyan (троянские кони) dasturlar
Kategoriya: Troyan dasturtlar (Trojan_programs)
Xavflilik darajasi: yuqori
Qurtlar va viruslardan farqli ravishda troyan dasturlar o’zlarining nusxalarini
ko’paytirishmaydi. Ular, “zahar” langan elektron pochta , yoki web saytlarga
kirganimizda kompyuterga “kirib” oladi. Ularni ishga tushishi foydalanuvchiga
bog’liq. Ular xam viruslar kabi ishga tushgan zaxoti zararli harakatlarini
boshlab yuboradi.
Xar xil troyan dasturlari kompyuterga tushgandan so’ng o’zlarini xar-xil
tutishadi. «Troyanlar» ning eng asosiy xususiyatlari axborotlarni bloklash,
o’zgartirish va o’chirish, kompyuter yoki kompyuter tarmoqlari ish
faoliyaiga zarar yetkazishlardan iboratdir. Undan tashqari troyan dasturlar
fayllarni qa’bul qilishlari , jo’natishlari, ularni ishga tushirishlari, ekranga
xabar chiqarishi web saxifalarga murojat qilishi , dasturlarni yuklab olishi va
o’rnatishi , kompyuterlarni qayta yuklashlari mumkin.
Zararli utilitalar (hack tools)
Kategoriya: zararkunanda utilitalar (Malicious_tools)
Xavflilik darajasi: o’rtacha
Zararli utilitalar (Malicious_tools) zarar yetkazish uchun maxsus yaratilgan
dasturdir. Lekin zararli utilitalar boshqa zararli dasturlarga o’xshab ishga
tushgan zaxoti zararli ishlarni amalga oshirmaydi va bir qaraganda beziyon
tuyuladi. Bu dasturlar, virus tayyorlash , qurtlar va troyan otlarini yaratish
Masofadagi kompyuter serverga jamoaviy tarmoq xujumi, kompyuterlarni
“ВЗЛОМ” qilish kabi qator funksiyalarni o’z ichiga iladi.
Zararli utilitalar funksiyalariga ko’ra turli-tuman xisoblanadi.
BOSHQA TURKUMDAGI KAFOLATSIZ DASTURLAR
Kategoriya: Boshqa turkumdagi kafolatsiz dasturlar (Riskware)
Havflilik darajasi: o’rtacha
Bu turdagi ko’pchilik dasturlar foydali xisoblanib, ulardan ko’pchilik
foydalanadi.Ular orasidan klient dasturlar IRC, avto qo’ng’iroq qiluvchilar
(Dialers), fayllarni yuklab oluvchilar, faol komyuter tizimlari monitori, parollar
bilan ishlash utilitalari , internet serverlari FTP, HTTP yoki Telnet xizmatlari.
Agar bunday dasturlarga xakerlar ruxsat olsalar yoki shu kabi dasturlarni
foydalanuvchi kompyuterlariga joylasa, xavfsizlik susayadi . Boshqa
turkumdagi kafolatsiz dasturlarni bir necha turkumga bo’lish mumkin .
Ularning turlari jadvalda keltirilgan.
Virus dasturi kompyuterdagi ma'lumotlar butunligini buzishga yoki ularni
o'chirishga mo'ljallangan bo'ladi. Ilk bor virus dasturlari AQShda ishlab
chiqarilgan, chunki aynan bu davlatda shaxsiy kompyuterlar keng tarqalgan
edi. Ilk bor ishlab chiqarilgan virus dasturlari foydalanuvchini hotirjamligini
buzishga va asabiga tegishga qaratilgan edi. Lekin keyinchalik ular zarar
yetkazishni o'zining maqsadi sifatida qabul qilib oldi. Hozirgi paytda butun
dunyo buyicha 200000 dan ortiq virus dasturlari mavjud. Ular kompyuter
viruslari bo'lib, kompyuterdagi ma'lumotlarga zarar etkazadi yoki
kompyuterning ishlash samaradorligini tushirib yuboradi.
|