• Algoritmning uch turini oddiy misollarda kurib chikaylik. Chizikli algoritmga misollar.
  • Algoritmning asosiy turlari




    Download 61,5 Kb.
    bet5/6
    Sana24.11.2023
    Hajmi61,5 Kb.
    #104990
    1   2   3   4   5   6
    Bog'liq
    ALGORITMLARNING XOZIRGI KUNDAGI O`RNI

    5 Algoritmning asosiy turlari.
    Masala echimining algoritmi ishlab chikilayotgan davrda asosan uch xil turdagi algoritmlardan foydalanib murakkab ko’rinishdagi algoritmlar yaratiladi. Algoritmning asosiy turlariga chizikli, tarmoqlanadigan va takrorlanadigan ko’rinishlari kiradi.
    Chizikli turdagi algoritmlarda bloklar biri ketidan boshqasi joylashgan bo’lib berilgan tartibda bajariladi. Bunday bajarilish tartibini tabiiy tartib deb ham yuritiladi. Yuqorida kurib utilgan misolimiz chizikli turdagi algoritmga misol bo’la oladi.
    Amalda hamma masalalar ham chizikli turdagi algoritmga keltirilib echib bo’lmaydi. Ko’p xollarda biron bir oraliq natijasiga bog’liq ravishda xisoblashlar yoki u yoki boshqa ifodaga ko’ra amalga oshirilishi mumkin ya’ni birorta mantiqiy shartni bajarilishiga bog’liq xolda xisoblashlar jarayoni u yoki bu tarmoq buyicha amalga oshirilishi mumkin. Bunday tuzilishdagi xisoblash jarayonini algoritmi tarmoqlanuvchi turdagi algoritm deb ataladi.
    Ko’pgina xollarda masalalarni echimini topishda bitta matematik bog’lanishga ko’ra o’nga kiruvchi kattaliklarni turli qiymatlariga mos keladigan qiymatlarni ko’p martalab xisoblashga to’g’ri keladi. Xisoblash jarayoning bunday ko’p martalab takrorlanadigan qismiga takrorlanishlar deb ataladi.Takrorlanishlarni uz ichiga olgan algoritmlar takrorlanuvchi turdagi algoritmlar deb ataladi.


    Algoritmning uch turini oddiy misollarda kurib chikaylik.
    Chizikli algoritmga misollar.
    1-misol.
    “x” ning har qanday qiymati uchun y=(Ax+V) (Sx-D) formula
    buyicha “y” ning qiymatlari xisoblansin. Bu masalani echish uchun quyidagi amallar ketma-ketligini, ya’ni shu masalaning algoritmini tuzamiz.

    1. A ni “x”ga ko’paytirib, natija RI bilan belgilansin.

    2. RI ni V ga qo’shib, natija R2 bilan belgilansin.

    3. S ni “x” ga ko’paytirib, natija R3 bilan belgilansin.

    4. R3 dan D ni ayirib, natija R4 bilan belgilansin.

    5. R2 ni R4 ga ko’paytirib, natija “y” ning qiymati deb xisoblansin.

    Bu algoritmni tuzishda ishtirok etgan so’zlarni faqat uzimiz tushinamiz, uni shu xolda mashinaga kiritib bo’lmaydi. EXM bu masalani bajara olishi uchun yuqoridagi algoritmni EXM ishlashi uchun tushunarli bo’lgan tilda yozish kerak.
    EXM da ishlash uchun tushunarli tarzda yozilgan algoritm - dasturlash tili yoki algoritmik til deb ataladi. Xozirgi kunda ko’pgina turli algoritmik tillar mavjud. Bo’lardan eng ko’p qo’llaniladigani “FORTRAN“, “ALGOL“, “PASKAL“, “BEYSIK“, “ADA“, “SI“, “LOGO“,” LISP“ lardir.
    Demak algoritm – qurilayotgan masalani echishga olib keladigan buyruqlar yoki komandalar ketma-ketligini uzimiz tushinadigan tilda aniq va to’g’ri tartibda tuzishdan iborat ekan.

    Download 61,5 Kb.
    1   2   3   4   5   6




    Download 61,5 Kb.