• Mobil aloqa vositalari: Smartphone, iphone va planshetlar.
  • Mobil aloqa hizmatlari: sо‘zlashuv, mobil internet va pochta




    Download 0.8 Mb.
    bet2/5
    Sana04.02.2023
    Hajmi0.8 Mb.
    #40996
    1   2   3   4   5
    Bog'liq
    6 Mavzu Aloqa va kommunikatsiya
    XXI ASR INNOVATSIYASI.3, 8-mavzu. Zamonaviy avtomatlashtirilgan loyihalash tizim asoslari, AZIM.25
    Mobil aloqa hizmatlari: sо‘zlashuv, mobil internet va pochta. Mobil aloqa hizmatlari mobil aloqa vositalari yordamida abonentlarning sо‘zlashuvi, mobil internet va pochta xizmatlari amalga oshiriladi.
    Sо‘zlashuvtelefon raqami terilganda joriy mobil operator tayanch stansiyaning antennasi chaqirayotgan va chaqirilayotgan abonentlarni aniqlaydi. Shundan sо‘ng ushbu axborot uzib ulagichga (kommutator) yuborilib ikkita abonent bog‘lanadi va ushbu abonentlar orasida sо‘zlashuv (ma’lumot almashinish) amalga oshiriladi. YA’ni ikkita harakatlanuvchi abonentning mobil telefonlar orqali о‘zaro muloqoti - sо‘zlashuvdir.
    Mobil Internet – harakatdagi abonentlar uchun mobil aloqa tarmoqlari orqali Internet resurslaridan foydalanish texnologiyasi. Mobil aloqa tarmoqlarida sо‘rovlar va sо‘zlashish ma’lumotlari axborotlarning paketli kо‘rinishida uzatiladi. Bunda yuqori darajali xizmatni amalga oshirish, ayniqsa biznesni samarali boshqarish imkoniyati yaratiladi. Mobil Internetning qulayligi shundan iboratki, bunda foydalanuvchining qayerda va qanday holatda bо‘lishidan qat’iy nazar u mobil aloqa atrmog‘i orqali Internet xizmatlaridan foydalanishi imkoniyatiga ega bо‘ladi. Mobil Internet xizmatidan foydalanish uchun maxsus simsiz modem qurilmasi yoki ushbu xizmat yoqtirilgan mobil telefon bо‘lishi kerak.
    Mobil pochta - Internet resurslaridan foydalangan holda abonentning mobil telefoni orqali shaxsiy elektron pochta xizmatidan foydalanish imkoniyati. Bunda Internet tarmog‘i yordamida oddiy elektron pochta xizmatidan foydalish kabi mobil telefonlar yoki boshqa mobil aloqa vositalari orqali ixtiyoriy vaqtda ixtiyoriy joyda elektron pochta xizmatidan foydalanish, ya’ni pochta xabarlarini olish, о‘qish va javob yо‘llash mumkin.





    Mobil aloqa vositalari: Smartphone, iphone va planshetlar. Hozirgi kunda mobil telefonlarning va boshqa mobil aloqa vositalarining shunaqa turlari ishlab chiqarilmoqda-ki, bular vazifalari jihatidan personal kompyuterdan qolishmaydi. Bunday mobil aloqa vositalari yordamida hujjatlar bilan ishlash, musiqa tinglash, videoklip tomosha qilish, о‘yinlar о‘ynash, hatto radioeshittirish va televideniyedan ham bahramand bо‘lish mumkin.
    Smartfon (smartphone) inglizchadan tarjima qilinganda “aqlli telefon” ma’nosini anglatadi. Funksionalligi jihatidan chо‘ntak shaxsiy kompyuteriga yaqin bо‘lgan mobil telefon. Bunda chо‘ntak kompyuterining barcha vazifalari mujassamlangan.
    iPhone - tо‘rt diapazonli multimediyali smartfonlar lineykasi. iPhone о‘zida telefonning asosiy vazifalaridan tashqari kommunikator va internet planshetlarning asosiy funksiyalarini ham qamrab olgan.
    Internet planshetlar – bu maxsus mobil qurilma bо‘lib, shaxsiy kompyuterning klassik namunasidir. Planshetlar (masalan iPad) tashqi kо‘rinish jihatidan kompyuterdan butunlay farq qiladi. Planshetlar faqatgina ekrandan tashkil topgan bо‘lib, boshqa qо‘shimcha qurilmalar (sichqoncha, klaviatura) virtual kо‘rinishda tashkil etilgan. Planshetlar tо‘liqligicha mobil aloqa muhiti orqali Internet xizmatlaridan foydalanishga va hujjatlar bilan ishlashga ixtisoslashgan.




    Download 0.8 Mb.
    1   2   3   4   5




    Download 0.8 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mobil aloqa hizmatlari: sо‘zlashuv, mobil internet va pochta

    Download 0.8 Mb.